Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. Shartli reflekslarning tormozlanishi
Download 83.5 Kb.
|
Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. Shartli reflekslarni (1)
Ikkinchi signal tizimi markazlari
1.So‘z bo ‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi pastki peshona pushtasining orqa qismida (44 - soha, Brok pushtasi) joylashgan bo‘lib, harakat markazining pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so‘z bo‘g‘ini, so‘zlarni hosil qilishda ishtirok etadigan lab, til, hiqildoq mushaklaridan keladigan qo‘zg‘alishlar tahlil qilinadi. Bu markaz jarohatlanganda odam har xil tovushlar chiqaradi, ammo ulardan so‘z hosil qila olmaydi. Buni harakat afaziyasi deyiladi. 44 sohaning oldida 45 soha joylashgan bo‘lib, u jarohatlanganda odam so‘zlardan gap tuza olmaydi. Buni agramatizm deyiladi. 2.Og‘zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi eshituv a’zosi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, eshituv analizatoriga yaqin joyda, yuqori chakka pushtasining orqa qismida (42 - soha, Verneke markazi) joylashgan. Bu markaz yordamida odam so‘zlash vaqtida tovush past balandligini tartibga solib turadi va boshqa odamni tushinadi. Agar u jarohatlansa odamning tovushni eshitish qobiliyati yo‘qolmagan holda, so‘zlarni tushinish qobiliyati yo‘qoladi. Buni so‘z soqovligi yoki sensor afaziya deyiladi. 3.Odam o‘z taraqqiyotida faqat so‘zlashni emas, balki yozishni ham o‘rgangan. Harflarni yozish qo‘lning ma’lum bir harakatini talab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog‘liq. Shuning uchun yozma so‘zning harakat analizatori o‘zagi o‘rta peshona pushtasining orqa qismida markaz oldi pushtaga yaqin joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo‘lni ma’lum bir maqsad bilan qilinadigan harakati markazi (40 - soha gyrus supramarginalis) bilan bog‘langan. U markaz jarohatlanganda umumiy harakat yo‘qolmaydi, ammo qo‘lning harflarni yoki shakllarni yozaoladigan nozik harakatlari yo‘qoladi. Bu holatni agrafiya deyiladi. 4.Yozma so‘zning ko‘ruv analizatori o‘zagi pastki tepa bo‘lagida (gyrus angularis 39 soha) joylashgan bo‘lib, ko‘ruv analizatori bilan bevosita bog‘liq. Bu markaz jarohatlanganda, odamni ko‘rish qobiliyati yo‘qolmagan holda, o‘qish qobiliyati yo‘qoladi. Bu holni alektsiya deyiladi. Odamning ikkinchi signal sistemasi markazlari ikkala yarimsharda bo‘ladi, lekin bir tomonda ko‘proq taraqqiy etgan (o‘naqaylarda chap tomonda, chapaqaylarda o‘ng tomonda) bo‘ladi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling