Oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxssis bo’lishlari uchun nazariy bilim olish bilan birga amaliy bilimlarni ham o’zlashtirishlari kerak
-mavzu. Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi
Download 50.18 Kb.
|
HISOBOT
9-mavzu. Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi.
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan yaratiladi. Kompaniya faoliyatini tashkil etish davrida kompaniya ta’sischilari tomonidan o‘z moliyaviy resusrlarini ustav kapitalini shakllantirishga yo‘naltiradi.6 Shuning uchun ham turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tashkil etish bosqichida xususiy kapitalning shakllanishi hisobiga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki, xususiy kapital moliyaviy aktivlar bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Korxonaning xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan uning moddiy va nomoddiy boyliklari, pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalarining jami – korxonaning kapitalidir. Xususiy kapital – bu korxonaning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farqdir. Mol-mulk bilan bog‘liq barcha qarzlar to‘langanidan so‘ng, o‘z kapitalingizni har qanday aktivga egalik qilish huquqiga ega deb hisoblashingiz mumkin. Korxonaning jami xususiy kapitali 1.100 mln $ nitashkil etadi va uning 100% lik ulushi bosh direktor Nematov Sultonga tegishlidir. 21 - sonli BHMSda xususiy kapital tarkibida qonunda sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar bilan birgalikda “sotib olingan xususiy aksiyalar”, “maqsadli tushumlar” hamda “kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi” nomli ko‘rsatkichlar ham sanab o‘tilgan. 5-shakl “Xususiy kapital to‘g‘risida”gi hisobotda ham huddi shu nomli ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumot berish uchun joy ajratilgan. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad hisoblanadi. Foyda olishga intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfatiga ham mos keladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning moddalarini hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun bu moliyaviy natijalarni tasnif etishni bayon qilish uchun “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” nomli 3-son buxgalteriya hisobi milliy standarti qabul qilingan. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma’lumotlarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shunga o‘xshash hisoblari bilan qiyoslashni ta’minlaydi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mamalakat rivojlanishining asosi, korxona faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi – foyda hisoblanadi. Foyda xo‘jalik subyektining yashovchanligi manbaidir. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi hisobi quyidagi schyotlarda yoritiladi: Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz va boshqa to‘lovlar olinadigan schyotlar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi. Download 50.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling