Oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxssis bo’lishlari uchun nazariy bilim olish bilan birga amaliy bilimlarni ham o’zlashtirishlari kerak
-mavzu. Tayyor mahsulot (ish, xizmat, tovar)lar va ulaming sotilishini hisobga olish
Download 50.18 Kb.
|
HISOBOT
8-mavzu. Tayyor mahsulot (ish, xizmat, tovar)lar va ulaming sotilishini hisobga olish.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga muvofiq tayyor mahsulot xo‘jalik yurituvchi subyektlarida bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiradi.4 Tayyor mahsulot— korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsulotidir. Texnologik ishlov berinshing barcha bosqichlaridan o‘ttan, tasdiqlangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq keladigan (uning sifatini tasdiqlaydigan sertifikat yoki boshqa hujjat bilan ta’minlangan), texnik nazorat bo‘limi qabul qilgan va omborga topshirilgan yoki xaridorga yuklab jo‘natilgan mahsulot tayyor mahsulot deb hisoblanadi.5 Tayyor mahsulot— korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidir. Korxonada mahsulot (ish, xizmat)ni sotish hisobini tashkil qilish va yuritish vazifalariga quyidagilar kiradi: mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish; sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish; Mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan muomallarining manbalari: mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishini hisobga olishga doir qonunchilik; tayyor mahsulotni rejalashtirish va tayorlash bo‘yicha korxonadagi hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarish, jo‘natish va sotilishiga doir dastlabki hujjatlar va shartnomalar; 4010, 2810, 9010, 9110 schyotlar va boshqa schyotlardagi ma’lumotlar; 10,11 - sonli jurnal - order, 16 - sonli qaydnoma ma’lumotlari; 2-sonli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”dagima’lumotlar. Tayyor mahsulotni buxgalteriya hisobida haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettirish oson bo‘lishiga qaramay (faqat bitta schyotdan -2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyotidan foydalaniladi) tashkilotlar mazkur usuldan kam foydalanadilar. Tayyorlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi mahsulot ishlab chiqarishga doir barcha xarajatlar - to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar ham, bilvosita xarajatlar ham aniqlanadigan hisobot oyi oxiridagina shakllanishi mumkin. Shu sababli ushbu usuldan foydalanish chog‘ida mahsulot tannarxini uni ishlab chiqarish va omborga berishning borishiga qarab aniqlash amalda mumkin emas, bu hol, agar bir oy mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot ana shu davrda realizatsiya qilinsa, qo‘shimcha noqulayliklar tug‘diradi. Natijada turli vaqtda ishlab chiqarilgan bir turdagi mahsulotning u bo‘yicha hisobga qabul qilingan tannarxi turlicha bo‘lishi mumkin. Sotilgan mahsulot 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromadlar”, 9020-“Tovarlarni sotishdan olinadigan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” hisobvaraqlarida hisobga olinadi. 9040-“Sotilgan tovarlarning qaytarilishi” va 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag‘ida sotilgan tovarlarning qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar aks ettiriladi. 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarining kreditida 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalangan holda mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi. Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”; K-t 6410-“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”: K-t 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromad”. 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi. Download 50.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling