Oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxssis bo’lishlari uchun nazariy bilim olish bilan birga amaliy bilimlarni ham o’zlashtirishlari kerak


Download 50.18 Kb.
bet11/13
Sana08.03.2023
Hajmi50.18 Kb.
#1251093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
HISOBOT

10-mavzu. Moliyaviy hisobot.
Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va subyektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi. “Sultan techno groups” MCHJ ning yillik aylanma mablag’lari 15 mlrd so’mni tashkil etgani uchun ham u soliqning soddalashgan tartibini to’laydi. Bunda korxona har kvartalda foyda solig’i va QQS to’lab boradi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning mo-liyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Buxgalteriya shaxs,firma uchundir, faqat xarajatlar va daromadlar ta’sirining xolisligi moliyaviy hisobotlarda e’tirof etiladi. Barcha tashqi ma’lumotlarga e’tibor berilmaydi. Shuning uchun firmalar jamiyat, kelajak avlod va jaxonga tartibga soluvchi joriy qilingan muayyan qonun va jarimalarsiz zarar etkazishi mumkin. Tashqi faktorlar mas’uliyatining samaradorligi bunga misoldir, faqat jamoatchilik fikri va siyosiy bosim uni orbitani o‘rtasiga harakatlantiradi, shundan keyin, kutilayotgan kelajak avlodjoriy jamiyatni o‘rnini egallaydi. Agar siyosiy bosim etarlicha kuchli bo‘lsa, muammo unimas’uliyatli ichki orbitasiga uni harakatlantiradigan qonunchilikni tortadi,huquqni muhofaza qilish xodimlari muvofiqligini ta’minlash uchun vakolatli bo‘ladi.7


11-mavzu. Korxonaning moliyaviy holati tahlili.
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv funktsiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan erishiladi.
Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri – uni rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.



Download 50.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling