3-mavzu. Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobi.
Materiallari sotib olish bila bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
materiallarning shartnoma qiymati;
boj to‘lovlari va yig‘imlari;
materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga to‘lanadigan kossiion haqlar;
materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o‘tkizish xarajatlari;
transport-tayyorlov xarajatlari;
transportirovka qilish tavakklchiliklarini sug‘urtalish xarajatlari.
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |