Oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxssis bo’lishlari uchun nazariy bilim olish bilan birga amaliy bilimlarni ham o’zlashtirishlari kerak


-mavzu Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar


Download 50.18 Kb.
bet3/13
Sana08.03.2023
Hajmi50.18 Kb.
#1251093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
HISOBOT

1-mavzu Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar.
Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag‘lar, xo‘jalik jarayoni, uning ta’siri ostidagi xo‘jalik mablag‘larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir”.
Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
-mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarning tushunishi uchun qulay va xolis axborotni taqdim etish;
-mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarga kutilajak daromadlar bilan bog‘liq summalar, vaqt va tavakkalchiliklar haqida fikr yuritishga yordam beradigan axborotni taqdim etish;
-korxonaningxo‘jalikresurslari,uningmajburiyatlari, mulk tarkibi va uning hosil bo‘lish manbalari, shuningdek, ularning o‘zgarishlari haqidagi axborotni taqdim etish.


2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
Hozirgi vaqtda "YOG’-MOY" AJ - bu yosh, ishonchli rivojlanayotgan kompaniya, mintaqaviy oyna ishlab chiqarish bozorida yaxshi tanilgan. Ishning asosiy maqsadi xaridorlarning tobora ortib borayotgan ehtiyojlariga javob beradigan sifatli oynalarni ishlab chiqarishdir. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, xoh u o‘z mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi. Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari, to‘lovlar, hisob-kitoblar va kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:

  • korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur axborot bilan ta’minlash;

  • mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to‘lovlar va hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

  • hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;

  • pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;

  • pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘tkazish;

  • kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish;

  • qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobga olish.

Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag‘larining to‘liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to‘lov intizomiga rioya etish, pul mablag‘lari, to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o‘chirish.
Korxona naqdsiz pul mablag’lari obi hisob kit “ Hamkorbank” ning Buxoro shahar filialida olib boriladi. Kassa operasiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan operasiyalarni majmuasidir.
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi.
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi.
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul mablag‘lari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1)bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitantsiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
• hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart.
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlariniqayd etish daftari”da va “Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzosi bo‘lishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to‘lovnomalar (schyotlar) va boshqalarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining ijozat beruvchi imzosi bo‘lgan hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bo‘lishi shart emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xodimlari ro‘yxatida turmaydigan shaxslarga pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida yoziladigan chiqim kassa orderi bo‘yicha beriladi.
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida kassa daftarini yuritadi,unda tashkilotning barcha kelib tushgan va berilgan naqd pullari hisobga olinadi.



Download 50.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling