Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


III. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qitishni tashkil etish


Download 282.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana07.11.2017
Hajmi282.6 Kb.
#19556
1   2   3   4

III. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qitishni tashkil etish 

8. Har  yili 1 maygacha  olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan 

davlat  ilmiy-texnik  dasturlari  doirasida  ilmiy-texnik  loyihalarni  amalga  oshirishda  ishtirok  etayotgan  fan 

doktorlari  (keyingi  o‘rinlarda  yetakchi  olimlar  deb  ataladi)  tomonidan  doktorlik  dissertatsiyalarining  tavsiya 

etiladigan  mavzulari  ishlab  chiqiladi,  mavzular  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashida  yoki  ilmiy-tadqiqot 

muassasasining  ilmiy  kengashida  ularning  fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalariga 

muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi. 

9.  Tavsiya  etiladigan  doktorlik  dissertatsiyalari  mavzulari  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot 

muassasasi  tomonidan  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  o‘zlari  tizimiga  kiradigan 

tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishiladi, keyinchalik ushbu mavzular 15 maygacha bo‘lgan 

muddatda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga taqdim etiladi. 

Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasi  1  iyungacha  bo‘lgan  muddatda 

taqdim  etilgan  mavzularni  ularning  davlat  ilmiy-texnik  dasturlariga  muvofiqligi  yuzasidan  ko‘rib  chiqadi, 

keyinchalik  ularni  doktorlik  dissertatsiyalari  mavzularining  tavsiya  etilayotgan  ma’lumotlar  bazasiga  kiritadi. 

Tavsiya  etilayotgan  doktorlik  dissertatsiyalari  mavzularining  ma’lumotlar  bazasi  har  bir  mavzu  bo‘yicha 

mavzuni  ishlab  chiqqan  fan  doktorining  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi  va  ish  joyi  ko‘rsatilgan  holda 

Qo‘mitaning Internet-sahifasida e’lon qilinadi. 

Zaruriyat  bo‘lganda,  Qo‘mita  bilan  kelishilgan  holda,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar 

akademiyasi,  tegishli  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlarning  takliflari  asosida  dissertatsiya  ishlari  mavzulari 

o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi. 

10. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti shaklida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun 

talabgorlar ma’lumotlar bazasidan doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha 

ilmiy ma’ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur. 

Talabgorda  doktorlik  dissertatsiyasi  mavzusi  bo‘yicha  o‘zining  takliflari  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,  u 

tegishli  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashiga  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  ilmiy  kengashiga  murojaat 

qiladi.  Oliy  ta’lim  muassasasi  kengashi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  ilmiy  kengashi  mavzuni  fan  va 

texnologiyalarni  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalariga  muvofiqligi  yuzasidan  bir  oy  muddatda  ekspertizadan 

o‘tkazadi, mavzuni tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga 

kiradigan  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar  bilan  kelishib  oladi  hamda  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar 

institutiga  hujjatlar  qabul  qilish  e’lon  qilinishi  muddatigacha  kamida  bir  oydan  kechikmasdan  Fan  va 



texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasiga  dissertatsiya  ishi  mavzusini  ma’lumotlar 

bazasiga kiritish to‘g‘risida taklif yuboradilar. 

11.  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  o‘z  tasarrufida  oliy  ta’lim  muassasasi 

yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  bo‘lgan  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar  har  yili  1  iyungacha  bo‘lgan 

muddatda  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasiga  keyingi  yildan  boshlab  katta 

ilmiy  xodimlar-izlanuvchilarni  davlat  budjet  mablag‘lari  hisobiga  o‘qitish  uchun  qabul  kvotasi  bo‘yicha 

asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar. 

12.  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar 

bo‘yicha har yilgi qabul kvotasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  Iqtisodiyot  vazirligi  bilan  kelishgan  holda  tasdiqlanadi  va  1 

iyuldan  kechikmasdan  tegishli  ravishda  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  o‘z 

tasarrufida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga 

yuboriladi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ajratilgan 

kvotalarni idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari va tegishli mutaxassisliklar 

bo‘yicha taqsimlaydi. Taqsimlangan kvota tegishli oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot muassasalariga 

1 avgustgacha bo‘lgan muddatda yetkaziladi. 

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqlangan qabul kvotasi asosida 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilga budjet buyurtmanomasini taqdim etadi. 

13.  Oliy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  qabul  kvotalariga  muvofiq  har  yili  1 

sentabrdan kechikmasdan, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini 

qabul  qilish  to‘g‘risida  hujjatlarni  qabul  qilish  muddatlarini,  talab  qilinadigan  hujjatlar  va  topshiriladigan 

imtihonlar  ro‘yxatini,  o‘qitish  haqini  to‘lash  shartlarini  (budjetdan  moliyalashtirish,  to‘lov-kontrakt  asosida 

o‘qitish) va boshqa zarur shartlarni ko‘rsatgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. 

Hujjatlar 15 oktabr — 15 noyabr davrida qabul qilinadi. 

14.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  sifatida  o‘qishga  talabgorlar  oliy  ta’lim  muassasasi  va  ilmiy-

tadqiqot muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 

ariza; 


ma’lumotnoma; 

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; 

oliy  ta’lim  muassasasi  magistraturasi  diplomi  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari 

akademiyasi,  Ichki  ishlar  vazirligi  akademiyasi  yoki  Milliy  xavfsizlik  xizmati  ta’lim  muassasasining 

magistratura  diplomiga  tenglashtirilgan  diplomi  yoxud  fan  nomzodi  diplomi  yoki  magistr  darajasi  joriy 

etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi; 

tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal 

loyihasi; 

ilmiy jurnallarda  va  nashrlarda  e’lon  qilingan  ilmiy maqolalar  (kamida  uchta), ilmiy  va  ilmiy-amaliy 

konferensiyalar,  seminarlar  va  davra  suhbatlari  to‘plamlariga  fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun 

dissertatsiya  tadqiqotining  asosini  tashkil  etishi  mumkin  bo‘lgan  tegishli  ilmiy  yo‘nalishlar  bo‘yicha  boshqa 

ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; 

talabgorning  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  faoliyatga  layoqatini  aniqlash  yuzasidan  o‘tkazilgan  test 

sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi; 

yetakchi  olimlardan  birining  uni  ilmiy  konsultant  sifatida  belgilash  yuzasidan  yozma  roziligi.  Bunda 

tavsiya  etilgan  mavzular  bazasidan  tanlab  olingan  mavzu  bo‘yicha,  qoidaga  ko‘ra,  ushbu  Nizomning

 8-

bandiga 


muvofiq ushbu mavzuni taklif etgan yetakchi olim ilmiy konsultant bo‘lishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Davlat  stipendiyasi  sohiblari  tegishli  hujjat  nusxasini  taqdim 

etadilar. 

15.  Oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasida  rektor  (direktor)  raislik  qiladigan  qabul 

komissiyasi  tashkil  etiladi.  Qabul  komissiyasi  a’zolari  o‘qitish  mutaxassisliklari  bo‘yicha  yetakchi  olimlardan 

rektor (direktor) tomonidan tayinlanadi. 

16. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish uchun kirayotgan shaxslar mutaxassislik, O‘zbekiston 

tarixi,  fanning  bilish  nazariyasi  va  metodologiyasi  hamda  falsafa,  fan  metodologiyasi,  chet  tili  (ta’limning 

oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. 

Kirish imtihonlari savollari qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib  chiqib 

tuziladi  va  ular  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  ilmiy  kengashi  tomonidan 


tasdiqlanadi. Fanning tegishli  yo‘nalishi  bo‘yicha  fan nomzodi ilmiy  darajasiga  ega  bo‘lgan  talabgorlar  kirish 

imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadilar. 

Kirish imtihonlari 1 — 20 dekabr davrida bo‘lib o‘tadi. 

17. Qabul komissiyasi 22 dekabrgacha bo‘lgan muddatda kirish imtihonlari natijalaridan va ajratilgan 

qabul kvotasidan kelib chiqib katta ilmiy xodimlar institutiga qabul qilinganlarni tanlaydi. 

Bir  necha  talabgorlarning  kirish  imtihonlari  natijalari  bo‘yicha  ular  tomonidan  to‘plangan  yakuniy 

ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblariga; 

tegishli mutaxassislik bo‘yicha a’lo baholi diplomga ega bo‘lganlarga; 

mutaxassislik bo‘yicha imtihon natijalariga ko‘ra ko‘p ball to‘plaganlarga; 

ixtiroga  yoki  seleksiya  yutug‘iga  (shu  jumladan  hammualliflikda)  patentga  ega  bo‘lganlarga  ustunlik 

beriladi. 

18.  Tanlash  natijalari  qabul  komissiyasi  majlisining  bayonnomasi  bilan  rasmiylashtiriladi  va  bir  kun 

muddatda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tasdiqlashi uchun 

kiritiladi. Bunda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan bir 

vaqtning o‘zida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutiga kirganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari 

tasdiqlanadi. 

Tasdiqlangan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari «OAK Byulleteni» jurnalida e’lon qilinishi shart. 

19.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilarni  qabul  qilish  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot 

muassasasi  rahbarining  tegishli  kengashlarning  tanlash  natijalarini  va  doktorlik  dessertatsiyalari  mavzularini 

tasdiqlash  to‘g‘risidagi  qarori  asosida  25  dekabrgacha  chiqariladigan  buyrug‘i  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunda 

yangidan qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga 

muvofiq keyingi yilning 1 yanvaridan boshlanadi. 

O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ilmiy konsultantlar ham belgilanadi. 

Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilarni  o‘qishga  qabul  qilish  va  ularning  tasdiqlangan  mavzulari 

to‘g‘risidagi ma’lumot oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus 

ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasiga,  tegishli  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar  tomonidan  Fan  va 

texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga joriy yilning 31 dekabrigacha taqdim etiladi. 

20. Ilmiy konsultant bir vaqtning o‘zida 3 nafardan ko‘p bo‘lgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga 

va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin emas. 

21. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning 

yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining 

ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi. 

22.  Ilmiy  konsultant  tanlangan  mutaxassislik  bo‘yicha  nazariy-metodologik  kursning  o‘quv  rejasini 

ishlab  chiqadi  va  u  ham  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashida  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  ilmiy 

kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi. 

Nazariy-metodologik  dastur  metodologiyaning  umumiy  konsepsiyasini  va  masalalarini,  fan  bo‘yicha 

nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-

izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi. 

23.  Katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilar  va  mustaqil  izlanuvchilarning  maxsus  bilimlarini  oshirish 

maqsadida  o‘qishning  keyingi  yillarida  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  ilmiy 

kengashi  tomonidan  fan  sohalariga  ko‘ra  OAK  tomonidan  belgilanadigan  fanlar  bo‘yicha  malaka  o‘quv 

dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Malaka  o‘quv  dasturlari  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  va  mustaqil  izlanuvchilar  tomonidan 

mustaqil o‘zlashtiriladi. 

24.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  uchun  nazariy  va  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  yuklama  hajmi 

haftasiga  36  soatni  tashkil  etadi,  undan  —  ko‘pi  bilan  12  soati  auditoriya  mashg‘ulotlari  uchun  ajratilishi 

mumkin. 


25.  Katta  ilmiy  xodim-izlanuvchiga  o‘qishga  qabul  qilingan  kundan  boshlab  fan  nomzodi  darajasiga 

ega  bo‘lgan  katta  ilmiy  xodim  lavozim  maoshining  bazaviy  miqdoriga  tenglashtirilgan  miqdorda  lavozim 

maoshi belgilanadi. 

26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish 

qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida 

tayyorlangan  xarajatlar  smetasiga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjetidan  ta’lim  tarmog‘i 

bo‘yicha oliy o‘quv yurtida, fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli 


mablag‘larni  ajratadi.  Ushbu  mablag‘lar  hisobiga  ta’lim  oluvchilarga  belgilangan  tartibda  lavozim 

maoshlarining tegishli to‘lovlari amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy 

xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy 

ta’minoti harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

27.  O‘qishga  qabul  qilingan  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilarga  davlat  budjeti  mablag‘lari  hisobiga 

qonun hujjatlariga muvofiq haqi to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. 

Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta  ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq 

vaqt  kasal  bo‘lish,  homiladorlik  va  tug‘ish  ta’tilida  bo‘lish  davriga,  shuningdek  harbiy  yig‘inlarga  chaqirilish 

munosabati bilan uzaytirilishi mumkin. 

28.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  mutaxassislik,  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi,  chet  tili, 

shuningdek  fan  sohalariga  qarab  OAK  tomonidan  belgilanadigan  fanlar  bo‘yicha  mutaxassislikka  muvofiq 

bo‘lgan  ikki  fan  bo‘yicha  imtihonlarni  topshirganlaridan  keyin  doktorlik  dissertatsiyalarini  himoya  qilishga 

qo‘yiladilar. 

29. Doktorlik dissertatsiyani o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya 

qilgan  shaxslarga  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  budjetdan  tashqari  mablag‘lari 

hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi. 

30.  Ilmiy  konsultantlar  tomonidan  oliy  ta’lim  muassasasida  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  bilan 

olib borilgan ish har bir katta ilmiy xodim-izlanuvchi uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy o‘quv 

soatlariga kiritiladi. 

Ilmiy-tadqiqot  muassasasida  ilmiy  konsultantlarning  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  bilan 

mehnatiga  haq  to‘lash  o‘quv  mashg‘ulotlari  o‘tkazganlik  uchun  mehnatga  soatbay  haq  to‘lashning  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibida  har  bir  izlanuvchiga  bir  yilda  100  soat  hisobidan  kelib  chiqib  fan  tarmog‘i 

uchun ajratiladigan davlat budjeti mablag‘laridan har oylik asosida amalga oshiriladi. 

Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar-xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  bilan  ilmiy 

konsultantlar mehnatiga haq to‘lash o‘qish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 

31.  Dissertatsiya  ishini  o‘qish  muddati  tamom  bo‘lishidan  kamida  6  oy  muddatidan  oldin  himoya 

qilgan  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchining  ilmiy  konsultantiga  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot 

muassasasining  budjetdan  tashqari  mablag‘lari  hisobiga  eng  kam  oylik  ish  haqining  o‘n  besh  baravari 

miqdorida mukofot to‘lanadi. 

32. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning o‘qish muddati ular ishining umumiy stajiga qo‘shiladi. 

IV. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish 

33. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy o‘quv yurti va ilmiy-

tadqiqot muassasasiga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar va tashkilotlar Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni 

muvofiqlashtirish  qo‘mitasi  bilan  birgalikda  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilarning  oliy  ta’lim  muassasasi  va 

ilmiy-tadqiqot muassasasidagi faoliyati samaradorligi monitoringini olib boradilar. 

34. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha 

amalga oshiriladi: 

a) o‘qishning birinchi yilida: 

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi; 

mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish; 

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola e’lon qilinganligi; 

dissertatsiya  mavzusi  bo‘yicha  ilmiy  konferensiyada  yoki  seminarda  (davra  suhbatida)  ma’ruza  bilan 

chiqish; 

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot; 

dissertatsiya  mavzusi  bo‘yicha  tahliliy  umumlashtiruvchi  qisqacha  ma’lumot  natijalari  bo‘yicha 

seminarda so‘zga chiqish (rahbar bilan birgalikda); 

b) o‘qishning ikkinchi yilida: 

mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish; 

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida ikkita ilmiy maqola e’lon qilinganligi; 

dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi; 

dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda); 

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta); 

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot; 

v) o‘qishning uchinchi yilida: 

mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish; 


dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (ulardan ikkitasi — chet 

elda); 


dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi (ulardan biri — chet elda); 

dissertatsiya ishi natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda); 

dissertatsiya  mavzusi  bo‘yicha  konferensiya  yoki  seminarda  ma’ruza  bilan  qatnashish  (kamida  bir 

marta); 


yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot; 

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan dissertatsiya ishi. 

Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  dissertatsiyani  himoya  qilishgacha  OAKning  tegishli  talablariga 

javob  beradigan  miqdorda  e’lon  qilingan  ilmiy  ishlarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Ijtimoiy-gumanitar  va  iqtisodiy 

fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak. 

Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  dissertatsiyani  himoya  qilishgacha  ta’lim  muassasalarida 

o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak. 

35. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi 

yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  ichki  tartibi  va  qoidalari  buzilganda  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar 

lavozimidan  ozod  etilishlari  mumkin.  Ushbu  sabablarga  ko‘ra  o‘qishdan  chetlatilgan  shaxslar  o‘qishga 

tiklanmaydi. 

36  Muntazam  ravishda  (qatorasiga  ikki  marta)  doktorlik  dissertatsiyalarini  himoya  qilish  bo‘yicha 

tegishli  kengashlarga  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  tomonidan  dissertatsiya  ishlari  o‘z  vaqtida  taqdim 

etilishini  ta’minlamagan  ilmiy  konsultantlar  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  ilmiy 

kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan chetlatiladilar. 

37.  Monitoring  yakunlari  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  tegishli  ilmiy 

kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning yakka 

tartibdagi rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta 

maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  o‘z  tasarrufida  oliy  ta’lim  muassasasi  va  ilmiy  tadqiqot 

muassasasiga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 



V. Mustaqil izlanuvchilik tartibida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash 

38. Mustaqil izlanuvchilikka bakalavr yoki magistr darajasiga, yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, yoki 

oliy harbiy ma’lumotga, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga, 

kamida  besh  yil  amaliy  ish  stajiga  ega  bo‘lgan,  ilmiy  izlanishlarga  layoqati  bo‘lgan  va  muayyan  ilmiy 

yutuqlarga ega bo‘lgan (ixtiro uchun patentlar, e’lon qilingan ilmiy materiallarga ega bo‘lgan, ilmiy-texnologik 

ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar. 

39.  Oliy  ta’lim  muassasasi  va  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  har  yili  1  sentabrdan  kechikmay  mustaqil 

izlanuvchilikka talabgorlar hujjatlarini qabul qilish boshlanishi to‘g‘risida  ommaviy axborot vositalarida e’lon 

beradilar. Hujjatlar 15 oktabr — 15 noyabr mobaynida qabul qilinadi. 

Mustaqil  izlanuvchilikda  talabgor  quyidagi  hujjatlarni  ilova  qilgan  holda  ariza  bilan  oliy  ta’lim 

muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga murojaat qiladi: 

ish joyidan tavsifnoma; 

ma’lumotnoma; 

oliy ta’lim yoki fan nomzodi to‘g‘risidagi diplomning nusxasi; 

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; 

talabgorning  ilmiy  va  ilmiy-tadqiqot  faoliyatga  layoqati  yuzasidan  test  sinovidan  o‘tganligini 

tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi; 

ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati. 

40.  Talabgorlar  mustaqil  izlanuvchilikka  har  yili  25  dekabrgacha,  mutaxassislik  bo‘yicha  suhbat 

natijalari  va  tegishli  kafedra  (bo‘lim,  laboratoriya)ning  xulosasi  bo‘yicha  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-

tadqiqot  muassasasi  rahbarining  buyrug‘i  bilan,  shuningdek  ta’limning  o‘rganilgan  oldingi  darajasida  chet  tili 

bo‘yicha imtihon natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi. 

41. Mustaqil izlanuvchilarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik 

yordam  berish  maqsadida  mustaqil  izlanuvchilarni  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  buyruqda  ularning  yetakchi 

olimlardan ilmiy konsultantlari belgilanadi. 

42.  Mustaqil  izlanuvchilar  ular  rasmiylashtirilgandan  keyin  bir  oy  muddatda  ilmiy  rahbar  bilan 

kelishgan  holda  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  ilmiy  kengashiga  doktorlik 

dissertatsiyasini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejalarini tasdiqlash uchun taqdim etadilar. 

43.  Izlanuvchilarning  dissertatsiyalari  mavzulari  ular  rasmiylashtirilgandan  keyin  uch  oy  mobaynida 

oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanishi kerak. 



44. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturining o‘quv rejasini 

ishlab  chiqadi. O‘quv rejasi  ham  mustaqil  izlanuvchi  rasmiylashtirilgandan  keyin bir  oy  muddatda  oliy ta’lim 

muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashida tasdiqlanadi. 

Nazariy-metodolik  dastur  ushbu  fan  bo‘yicha  umumiy  konsepsiyani  hamda  ilmiy-tadqiqotlarning 

metodologiyasi,  nazariy  asoslari  va  usullarini  o‘z  ichiga  oladi.  Nazariy  dastur  mustaqil  izlanuvchi  tomonidan 

ilmiy konsultant yordamida o‘qishning birinchi yili mobaynida o‘zlashtiriladi. 

Keyingi  yillarida  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  ilmiy  kengashi 

tomonidan fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab 

chiqiladi va tasdiqlanadi. Malaka o‘quv dasturlari mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi. 

45. Mustaqil izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘quv yuklamasi hajmi haftasiga 

12 soatni tashkil etadi, undan — ko‘pi bilan 4 soati auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin. 

46.  Mustaqil  izlanuvchilar  faoliyati  samaradorligi  monitoringini  olib  borish  tartibi  ushbu 

Nizomning 

34-bandi 

talablariga o‘xshash. 

Monitoring  yakunlari  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasining  tegishli  ilmiy 

kengashlarida  ko‘rib  chiqiladi.  Kengashlarning  tavsiyasi  bo‘yicha  mustaqil  izlanuvchilarning  yakka  tartibdagi 

rejasiga  o‘zgartirishlar  kiritilishi  mumkin.  Ilmiy  konsultantlar  faoliyatini  nazorat  qilish  Oliy  va  o‘rta  maxsus 

ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tadqiqot muassasasiga ega 

vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 

Yakka  tartibdagi  rejalarni  muntazam  ravishda  bajarmaydigan  va  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-

tadqiqot ichki qoidalarini buzuvchi mustaqil izlanuvchilar izlanuvchilikdan chetlatilishi mumkin. 

47.  Yakka  rejalarni  muvaffaqiyatli  bajargan  va  mutaxassislik,  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi,  chet 

tili,  shuningdek  fan  sohalariga  qarab  OAK  tomonidan  belgilanadigan  fanlar  bo‘yicha  malaka  imtihonlarini 

topshirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladilar. 

Mustaqil  izlanuvchilar  dissertatsiyani  himoya  qilishgacha  OAKning  tegishli  talablariga  javob 

beradigan  miqdorda  e’lon  qilingan  ilmiy  ishlarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  ijtimoiy-gumanitar  va 

iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak. 

48.  Ilmiy  konsultantlar  tomonidan  oliy  ta’lim  muassasasida  mustaqil  izlanuvchilar  bilan  ishlash 

ularning o‘quv yuklamasi umumiy hajmiga kiritiladi va har oylik asosida har bir izlanuvchi uchun bir yilga 50 

soat  hisobidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ushbu  muassasalarning  budjetdan  tashqari 

mablag‘laridan haq to‘lanadi. 

Ilmiy  tadqiqot  muassasasida  ilmiy  konsultantlarning  mustaqil  izlanuvchilar  bilan  mehnatiga  haq 

to‘lash har oylik asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibida  har  bir  izlanuvchiga  bir  yilda  50  soat  hisobidan  ushbu  muassasalarning 

budjetdan tashqari mablag‘laridan amalga oshiriladi. 

Ilmiy  konsultantlarning  mustaqil  izlanuvchilar  —  xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar 

bilan mehnatiga haq to‘lash o‘qishga tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 

49.  Katta  ilmiy  xodim-izlanuvchi  sifatida  o‘qigan,  biroq  dissertatsiya  himoya  qilmagan  shaxsga 

mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi. 

50.  Bir  necha  oliy  ta’lim  muassasasi  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasida  bir  vaqtning  o‘zida  mustaqil 

izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. 



Download 282.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling