Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 121.55 Kb.
bet2/8
Sana06.02.2023
Hajmi121.55 Kb.
#1169620
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amir Temur davlat boshqaruvi tizimida sud-huquq

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..................................................................
Ilovalar................................................................................................................
K I R I SH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Amir Temur Vatan farzandi. Vatan farzandlari odatda shaxsiy manfaatlarini chetga surib qo’yib, xalqi, millati uchun astoydil xizmat qiladilar. Vatan farzandlari katta ma’naviy salohiyatga ega bo’ladilar. Ularning ma’naviy imkoniyatlari bir kishiga xizmat qilish doirasidan chiqib, ulkan qudratli ijtimoiy kuchga aylanadi. Natijada u, ijtimoiy kuch eliga, xalqiga, vataniga xizmat qila boshlaydi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov ma’naviy omillarining ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati haqida gapirib “ma’naviyat-insoniyatning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch- qudratidir”1-deb ta’kidlashlari yuqoridagi fikrimizga asosdir. Demoqchimizki, Sohibqiron Amir Temur bin Muhammad Tarag’ay Bahodirxon o’g’li ham, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ham Vatan ozodligi, mustaqilligiga, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga xizmat qilgan katta ma’naviy salohiyat sohiblaridirlar. Ular o’zi tabiatan shunday insonlardirlar.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Amir Temur tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferentsiyadagi nutqlarida “Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo’lsa, zamon ehtiyoji hayotiga olib keladi va ul zotlarning fazilat – xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi... Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo’lgan desa, xato qiladi. Nega deganda hech narsa to’satdan paydo bo’lmaydi. Hamma narsaning o’z qonuniyati bor”,2 - deb alohida ta’kidlagan edi. Agar ana shu ilmiy haqiqat me’zoniga amal qilsak, O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishishida va uni siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy kabi jihatlardan mustahkamlashda uning sarbonining alohida o’rni, hissasi bor. Katta ma’naviy imkoniyatga ega bo’lgan insonlar ulug’ ishlarni rejalashtiradilar. O’zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.Karimov ana shunday katta ma’naviy salohiyatga ega bo’lgan yirik davlat rahbari, xalqaro siyosiy arbobdir. Demoqchimizki, Islom Karimovni buyuk intellekt, mentalitet sohibi-millat, Vatan, zamon berdi, yetishtirdi. Millat vataniga xizmat qilgan ulug’-zakovat sohiblari bo’lgan farzandlari bilan faxrlanadi.
Istiqlol Amir Temurni yuqori davlat siyosati darajasida ulug’ladi. O’z navbatida sohibqiron Amir Temur ham yana Vatan mustaqilligiga ma’naviy xizmat qilib kelmoqdalar. Amir Temurni “o’ldiramiz” deganlarning o’zlari o’lib ketdilar. U – qizil, kaltabin “dohiy”lar tushunmadilarki, millat, Vatan dardi bilan yashagan ulug’ insonlarni o’ldirib bo’lmaydi. Chunki ular hayotliklaridayoq hech qachon “o’lmaslik” chorasini ko’rib qo’yganlar. Bu tarixning hech qayerida yozilmagan, hamma ham darhol hazm qila olmaydigan falsafasidir. Sohibqiron Amir Temurning Vatan, millat oldidagi buyuk xizmatlaridan biri – ajnabiy hukmdorlar tomonidan toptalgan milliy davlatchilik institutini qayta tiklab, qonun va adolat asosida yanada rivojlantirganligidadir. Amir Temurning milliy davlatchilik siyosati deganda – uni boshqaruv tizimi, ichki va tashqi idora tartiblari nazarda tutiladi. Istiqlol yillarida bu xususda juda ko’p kitoblar, maqolalar yozilgan. Jumladan, Amir Temur davlatchiligi, uning mohiyati va ahamiyati, xalqaro nufuzi masalasi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlari, maqola va nutqlarida har tomonlama ilmiy, siyosiy qamrovda tahlil qilib berilgan. U kishining “Ehtirom”, “Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo’laversin”, “Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir”, “Azaliy buyuklik maskani”, “Sohibqiron kamolga yetgan yurt”, “Adolat va qudrat timsoli”, “Amir Temur – faxrimiz g’ururimiz” va boshqa o’nlab maqola,3 rasmiy hujjatlarda Amir Temur davlatchilik siyosatining barcha jabhalari haqiqat mezonida, istiqlolchasiga ilmiy, xolisona izohlab berildi.

Download 121.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling