Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Download 121.55 Kb.
|
Amir Temur davlat boshqaruvi tizimida sud-huquq
1.2. Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi
kundagi ahamiyatiAmir Temur saroyida bo’lgan Ispaniya elchisi Klavixo “Amir Temurning otasi chigatoylardan bir aslzoda edi. Lekin u sarvat egasi va badavlat bo’lmasdan, yonida 3-4 otliqdan boshqa (ortiq ) askari bo’lmas edi. Kesh yaqinidagi bir qishloqda yashar edi. Zero, chig’atoylarning eng baobru kishilari qishloqda yashashni shaxarda yashashdan afzal bilardilar” , - deb yozadi. Barcha temuriylar solnomalarida anglashilishicha, Taragay kamtar va takvodor kishi bo’lib, ko’pincha ulamolar va shayxlar bilan suxbat qilardi. Garchi u barlos qabilasi oqsoqoli bo’lsada, tashkiliy ishlar qarindoshi Amir Xoji bin Buraglining qo’lida edi. Shu bilan birga, Amir Tarag’ay nafaqat barloslar nazdida emas, xatto butun chig’atoy ulusida e’tiborli bir amir edi. Sh.A.Yazdiy va boshqalar Chig’atoy Xoni Tug’luq Temurning to’rt amiridan biri bo’lgan Amir Hamidiy Qurulqut xaqida “Amir Tarag’ayning qadrdon do’stlaridan edi” Amir Hamidiy Qurulqut Qashqar va Sharqiy Turkistondagi nixoyada mu’tabar va taniqli amir edi. Amir Temurning singillaridan Shirin Big (Beka) Og’a Mueyyed Arlatnnig nikoxida edi. Bu amir Xurosondagi Arlat qabilasidan edi. Amir Temurning yana bir singlisi Qutlug’ Terkin Og’a Amir Sulton Dug’lat bilan turmush qurgandir. Bu dug’latlar ham, Sharqiy Turkiston Qashqar atrofi va Issiqko’l atrofidagi mo’’tabar amirlar edi. Amir Temurning ilk uch xotinidan biri Turmush Og’a Qaralg’an, extimol, Qatag’on qabilasidan bo’lib, bular Balx atroflarida istiqomat qilardilar. Shunday qilib, ma’lum bo’ladiki, Amir Temur va oilasi, Amir Tarag’ay va Qazag’ayga qadar, g’arbiy va sharqiy Turkiston, Xuroson va bugungi Afg’onistondagi mashxur qabilalarning eng xurmatli kishilari bilan qudalik, qarindoshlik munosabatida bo’lganlar. Yana bir ahamiyatli qayd shudir: “Amir Temurning ota-bobolari faqatgina Kesh (Xozirgi Shaxrisabz) da emas, Shosh (Toshkent)” atrofi va Chag’oniyonda ham shoxona “inju” , ya’ni xususiy yer egasi edilar. Va tarxon ekanliklaridan xirojdan ozod edilar. Boshqa xolatdan anglashiishicha, Barlos umarosi va xususan, Temurning o’zi ham yuqori Xorazmda Xaq soxibi edilar. Masalan, Temur davlatining eng nufuzli kishilaridan Amir Sayfiddin Nukuz va ukasi Olloxdod Nukuz shular jumlasidandir. Manbalarda zikr etilganidan anglashilishicha, Amir Tarag’ay kamtar shaxs bo’lib, siyosiy ishlar bilan qiziqmas edi. Barlos urug’ining bekligini esa, amakisi Amir Xoji bin Buragliga bergan edi. G’arbiy Chig’atoy ulusida beklar Temurdan oldin barloslar va jaloyirlar qo’lidan Qaranauslar (u qadar mu’tabar (hurmatli) bo’lmagan qabilalar aralashuvi bo’lib, Amir Qarag’an ham shulardan edi) qo’liga o’tgan.13 Shu sababli (Amir Temur va ) Amir Tarag’ay va birodarlari Sharqiy va G’arbiy chig’atoy ulusining siyosiy xayotida nixoyatda muxim mavqega ega edilar. Amir Qazag’an va nevarasi Amir Xusayndan so’ng, bu ulusda xokimiyat tabiiy ravishda barloslar va ularning amiri Amir Temur qo’liga o’tdi. Zeroki, Barloslar shaxsan Chingizxonning tayiniga ko’ra, chig’atoy ulusidagi to’rt minglikdan to’rtinchisi bo’lib, (Ibn Arabshoxning fikriga ko’ra) xisoblangan14 bo’lsa, bu ushbu qabilaning xuquq va sharafiga tajovuzi deb xisoblanishi kerak. Amir Temurning dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan birini barpo etganligi, harbiy san’ati, davlatni qanday asoslarga tayanib boshqarganini anglab yetish davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchilarning, arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Ularning ko’lami to’g’risida umumiy tasavvu uyg’otuvchi bibliografik tadqiqotlar fikrimizga dalildir.15 Jumladan, E.V. Rtveladze, A.X. Saidov jahon miqyosida Temur tarixini o’rganilganlik darajasini aniqlash borasida izlanishlar olib borib, “Amir Temur dunyo fani ko’zgusida” nomli bibliografik asar chop etdilar.16 Undagi ma’lumotlarga ko’ra, Amir Temurga bag’ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 700 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 dan ko’pdir. Bu asarlarda Amir Temur shaxsi va saltanatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga turli baholar berilgan.17 Asrlar osha Amir Temur goh qattiqqo’l va zulmkor, goh adolatli va talabchan hukmdor sifatida talqin etib kelingan. Bu kabi turli baholarning paydo bo’lishiga Amir Temur shaxsiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda yozib qoldirilgan ko’plab manbalar sabab bo’lgan. Xususan, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi mualliflar o’z asarlarida Amir Temurning davlatni adolatli boshqargani, xalq va davlat manfaatlari yo’lida keng ko’lamli siyosat yuritgani va boshqa xislatlarini yozib qoldirgan bo’lsa, Ibn Arabshoh “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” nomli asarida Amir Temur va uning faoliyatiga salbiy baho berib o’tgan. Sovet davrida temurshunoslikka salbiy ta’sir ko’rsatgan omillardan biri Fridrix Shlosserning (1776–1861) “Butun dunyo tarixi” asaridir. F. Shlosser Amir Temurga “baxtli jangchi, jahonning yangi istilochisi... shu bilan bir qatorda olisdagi Sharqning qonun chiqaruvchisi edi. Osiyodagi kamyob bo’lgan taktik hamda strategik bilimlarni o’zlashtirib, u yerdagi to’dalarni o’ziga jalb qildi”, – deya tavsif beradi. Shuningdek, olim Sohibqiron Amir Temurning adolatli qonunlarga asoslangan davlat asoslarini barpo etganligini yetarli baholamay, uni “minglab odamlarni qirar edi”, – deb, vahshiy va zolim hukmdor sifatida talqin etdi. F.Shlosser ushbu asarda o’z fikriga qarama-qarshi o’laroq “U yurishlardan tez-tez Buxoro va Samarqandga qaytar, o’zining yangi saltanatida tuzuklar hamda qonunlar e’lon qilar edi. Mazkur qonunlar to’plami uning amri bilan amalga oshiriladigan dahshatlar, vayronagarchiliklarga mutlaqo qarama- qarshi tarzda edi”18, degan fikr mulohazalarini ham bildirgan. Ma’lumotlarga ko’ra, kommunistik mafkura asoschisi K.Marks F.Shlosserning Amir Temur haqidagi salbiy fikr-mulohazalarini so’zma-so’z ko’chirib olish vaqtida “Temur o’zining yangi podsholigiga mamlakatni qurish tizimlari va qonunlarni berdi, bular uning buyrug’i bilan askarlari tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklar va yovuz vayronagarchiliklarga o’ta zid edi”, – kabi ijobiy fikrlarini e’tibordan chetda qoldirgan edi. Mustabid sho’ro davrida K.Marks, F.Engels va V.I.Leninning asarlari barcha ilmiy tadqiqotlarga asos bo’lib xizmat qilar, ulardan iqtiboslar keltirilar hamda shunga monand qarashlar rivojlantirilar edi. “dohiy”lar tomonidan yaratilgan “sinfiylik” nazariyasi ham Amir Temurni “ekspluatator”, “ezuvchi”, “bosqinchi”, “kallakesar” sifatida talqin etishni taqozo etar edi. .
Amir Temur hukmronligi davrida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg’unlashtirilgan, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlik o’rnatilgan. Davlat boshqaruvining muhim sohalaridagi faoliyat ana shu maqsadlar yo’lida tashkillashtirilgan hamda chiqarilgan qonunlar o’z vaqtida ijrosini topgan. Buning natijasida Amir Temur davlatida ilm-fan, ma’naviyat, me’morchilik va san’at beqiyos darajada rivoj topdi va fanda bu haqli ravishda ikkinchi Uyg’onish davri deb talqin etildi. Ingliz olimasi Xilda Xukxem Amir Temur o’z yurtida davlatchilik va madaniyat an’analarining davomchisi bo’lganligini, X-XI asrlarda tabobat, matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tarix, arab va fors tili, adabiyot bo’yicha benazir asarlar yaratgan buyuk allomalar vatanidan yetishib chiqqanligini, mazkur allomalarning yirik asarlari bir necha yuz yillar davomida Yevropadagi Uyg’onish davriga katta ta’sir ko’rsatib, unga poydevor bo’lib xizmat qilganligini19 haqqoniy ravishda aytib o’tgan. Umuman olganda, Amir Temur davlati o’zbek davlatchiligi tarixining eng rivojlangan bosqichini tashkil etadi. Saltanatda barcha sohalarda tub burilishlar, yuksalishlar kuzatilgan. Taraqqiyot uchun xizmat qilgan Amir Temur faoliyati bilan bog’liq tarixiy qadriyatlar allaqachon umuminsoniy qadriyat darajasiga yetib ulgurgan. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “Amir Temur bizning sha’n - shavkatimiz, g’urur-iftihorimizdir. Amir Temur-xalqimiz dahosini timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir”, deya alohida ta’kidlashiga tarixda katta dalil va asoslar mavjud. Shuningdek, “Amir Temur-shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash-o’zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug’lash-tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib buyuk kelajagiga ishonchimizni mustahkamlash demakdir”. Amir Temur davlatchiligining markazida xalq va davlat manfaati, inson omili turgani bois, bu davrda shakllangan siyosiy udum va an’analarning ijobiy jihatlaridan bugungi kunda ham keng foydalanish xalqning farovon turmushini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Amir Temur davrida shakllangan davlat boshqaruvi asoslarining tub negizini tahlil etish, uning taraqqiyotiga zamin yaratgan omillarni tushunib yetish bugungi kunda ulardan ijodiy foydalanishda dolzarb ahamiyatga ega. Shu boisdan Amir Temurning saltanat taraqqiyotida tutgan siyosiy mavqei, bu davlatning o’ziga xos xususiyatlari, mavjud ijtimoiy tizimni to’laqonli ochib berish muhim masaladir. Shuningdek, Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, qurultoy, mansab (lavozim) va unvonlarning davlatchilik asoslarini mustahkamlashga ko’rsatgan ta’sirini tahlil etish alohida dolzarblik kasb etadi. Amir Temur davlatining sud-huquq, mudofaa va harbiy tizimini yaxlit holda tadqiq etish, ularning davlatchilik taraqqiyotidagi o’rnini ko’rsatib berish ham muhim masala sanaladi. Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari, o’ziga xos xususiyatlari, yozishma maktublar va ularning davlat taraqqiyotidagi o’rnini ochib berish, barcha bo’limlar, boblar yuzasidan muhim xulosa va tavsiyalar berish hamda ulardan foydalanish ko’lamini kengaytirish bugungi kunda katta ahamiyatga ega dolzarb masalalaridan biridir. Mustaqillik yillarida temurshunoslikni o’rganish, uning manbashunosligini nafaqat asliyatda, balki boshqa tillarda ham chop etishda jiddiy ishlar olib borgan A.O’rinboev, H.Karomatov, A.Ahmedov, O.Bo’riev, H.Bobobekov, A.Saidov, H.Boboev, A.Quronbekov, Z.Muqimov, A.Berdimurodov singari zahmatkash olimlarimiz ham ilmiy tadqiqotlar yaratdilar va tarjimalarini e’lon qildilar. O’zbekston xalq yozuvchisi P.Qodirovning bu boradagi sermazmun maqola va esselari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash zururkim hozirgi kunda ham Fransiya va Rossiya davlatlarida temurshunoslik ilmiga qiziqish kamaygan emas. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar tarixiy muammolari fransuz tarixchi olimlarining faoliyatidan maxsus o’rin olgan bo’lib, fransiyada temurshunoslikni o’rganishning mustaqil bir maktabi keng faoliyat olib bormoqda. Sovet davrida aksariyat hollarda Amir Temur faoliyati salbiy jihatdan talqin etilishiga qaramay xorijiy Sharq va G’arbda bu mavzuga oid haqli, ob’ektiv tadqiqotlar olib borilgan.20 Bu borada g’arb olimlarining Amir Temur saltanati haqidagi ancha xolis tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ular orasida Fransiya Yevropa temurshunosligining yirik markazlaridan biriga aylanib borayotganligini alohida ta’kidlash joiz. Bu yerda “Temuriylar davri tarixi, san’atini o’rganish va fransuz-o’zbek madaniy aloqalari Uyushmasi” 21faoliyat yuritmoqda. Bu uyushmaning va Fransiyada chop etilayotgan “La Timuride” jurnalining faoliyatiga L. Keren rahbarlik qilmoqda. Ushbu jurnalda Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qator ilmiy ishlar muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda. Jumladan, Lyusen Keren ko’plab tadqiqotlarida Amir Temurning tarixdagi buyuk xizmatlari, uning davlatida adolat va qonun ustuvorlik qilganligi, “rahbar bo’lishdek tug’ma, ammo aqlga sig’maydigan tabiiy va sinoatli xislat sohibi”4 bo’lganini manbalardagi ma’lumotlar, tarixiy faktlar orqali ochib bergan. Uning tadqiqotlari ilmiy ommabop xarakterga ega. O’zbekistonda ham Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis o’rganish, targ’ib qilish mustaqillikka erishilgandan so’ng keng miqyosda amalga oshirila boshladi. O’tgan yillar davomida Amir Temur va uning davriga bag’ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Halim Boboev tomonidan Amir Temur va temuriylar davridagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi tadqiq etildi. Unda davlatni idora qilish tadbirlari, kengashlari, vazirlar va amirlarni joy-joyiga qo’yish, sipoh, Amir Temurning qarashlari va boshqalar xususida to’xtalib o’tilgan. H. Boboev asosan mavzuning huquqiy asoslarini ochib berishga intilgan, Ushbu tadqiqotda esa ijtimoiy-siyosiy yo’nalishlar tahlil etilgan. A.A. To’laganov tomonidan “Amir Temurning o’zbek davlatchiligining rivojlanishida tutgan o’rni va mavqei (“Temur tuzuklari”) misolida” mavzusidagi tadqiqot amalga oshirildi. U “Tuzuklar”ning yaratilish tarixi, uning Movarounnahrdagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini o’rganishdagi ahamiyati, Amir Temurning davlatni idora etishga oid tamoyillari, tadbirlari va tashkil etilgan davlat kengashlarining davlatchilik tarixidagi o’rni masalalariga e’tibor qaratgan. Ziyodulla Muqimov olib borgan ilmiy ishda esa O’zbekiston tarixining VIII-XIX asrlariga oid tarixiy-huquqiy manbalari va ularning yuridik qimmatiga huquqshunoslik nuqtai nazaridan baho berilgan. Tarixchi olim Azamat Ziyoning “O’zbek davlatchiligi tarixi” asarida ham Amir Temur saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi borasida to’xtalib o’tilgan.22 Tadqiqotchi Amir Temurning markazlashgan davlat qurishi davriga oid tarixiy jarayonlarni qisman tahlil etgan. Download 121.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling