Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi fargona davlat universiteti


II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari)


Download 96.5 Kb.
bet2/7
Sana10.11.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1765383
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fan dasturi immunobiotexnologiya 2024zzz

II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1 - mavzu. Kirish. Immunobiotexnologiyaning mazmuni.
Fanning obektlari va predmeti. Immunobiotexnologiyaning rivojlanish tarixi va uning metodlari, vazifalari. Immunobiotexnologiyaning tadqiqot usullari. Immunobiotexnologiyaning boshqa fanlar ichidagi mavqei va uning immunologiya, farmasevtika, tibbiyot soxasida tutgan o‘rni.
Immunobiotexnologiya fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o‘rni va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy bo‘limlari va tarmoqlari. Immunobiotexnologiya fanining rivojlanish tarixi. Immunobiotexnologiya fani yutuqlarini - tibbiyot, biotexnologiya va xalq xo`jaligining boshqa sohalarida qo‘llash, shuningdek ushbu soxalardagi ayrim dolzarb masalalarni samarali hal etishdagi ahamiyati.
Immun tizim organlari, to’qima va hujayralari
Birlamchi va ikkilamchi limfoid organlar. Ularni immun reaksiyalarni boshqarishdagi roli va funksiyalari.
Antigen va antitanalar, ulaming tuzilishi va xususiyatlari. Limfatsitlar. Antigenlar va antitanalarning tuzilishi. Immunokompetent hujayralar. B- lifositlar. T-limfositlar. Antitanalar biosintezi. B- limfositlarning antitanalar sintezidagi roli va o‘rni.
Immunoglobulinlar, ularning sinflari, vazifalari
Immunoglobulinlar, ularni sinflari, og‘ir- H va yengil L- zanjirlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, bajaradigan funksiyalari. Immunoglobulinlarning uchlamchi strukturasi. Antigen determinantasi. Paratop va epitop haqida tushuncha. Antigen valentliklari. Antitanalarning variabel qismlari va ularning antigen determinantasi bilan o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlari. Antitanalar sinflari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, bajaradigan funksiyalari. Gaptenlar va ularni modifikasiyalash usullari.
Antigen va antitanalarni ajratish va tozalash
Antitanalarni shu jumladan oqsillar, fermentlar, turli toksinlarni tozalash. Toksinlar va anatoksinlar. Turli toksinlarni antigen sifatidagi qo‘llash. Gaptenlar yoki past molekulali moddalarni antigen sifatida qo‘llashda kimyoviy modifikasiyaning roli. Sorbentlar. Ularni turli chiqindilar asosida sintez qilish. Biosorbentlar asosida immunosorbentlarni sintez qilish. Affin xromatografiyasi. Antitanalarni fizikaviy va kimyoviy usulda immobillash. Antigenlarni fizikaviy usulda adsorbsiyalash va kimyoviy usulda immobillash. Usimlik virusini immunosorbent asosida ajratish va tozalash. Ajratib olingan viruslarni serologik aktivliklarini tekshirish va unga ta'sir etuvchi omillar xususiyatlarini o`rganish. Sorbsiya va desorbsiya qilish jarayonida nospesifik bog‘lanish qonuniyatlarini o`rganish. Zardob va uning tarkibidan immunoglobulinlarni ajratish usularini o`rganish. Antividli antitanalar va ularni olish usullari.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling