O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________________ R.Shukurov
“___” ______________ 2023 yil
IMMUNOBIOTEXNOLOGIYA
FANNING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 500000 – Tabiiy fanlar, matematika statistika
Ta’lim sohasi: 510000 - Biologik va turdosh fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 70510103 – Biotexnologiya
Farg`ona – 2023
Fan/modul kodi
BEMT2315
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
2
|
ECTS - Kreditlar
5
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
5
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Immunobiotexnologiya
|
60
|
90
|
150
|
2.
|
I.Fanning mazmuni
“Immunobiotexnologiya” modulining maqsadi: Immunobiotexnologiya fanini o`qitishdan maqsad magistrantlarga tirik organizmlardagi immun tizim, immunitet turlari, ularning xususiyatlari, immun tizim organlari, to’qima va hujayralari hamda immun xususiyatga ega bo’lgan molekulalar haqida ta’lim berish, ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Xususan, fanning qishloq xo’jaligi, tibbiyot va boshqa sohalardagi ahamiyati hamda ulardan foydalanishni o’rganadi. Shuningdek, o’simlik hayvon va odam organizmida uchraydigan kasalliklarni oldini olishda yangi biotexnologik uslublami qo’llash kabilar bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.
Fanning vazifasi - magistrantlarga immunobiotexnologiya fanining ilmiy-nazariy asoslarini; antigen va antitanalarning tuzilishi, vazifalari va xususiyatlari, ulardan foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, olingan natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatishdan iborat.
Modulning vazifalari: “Immunobiotexnologiya” fanini o‘qitishning vazifasi, hozirgi zamon immunobiotexnologiyasi hamda ularga chegaradosh bo‘lgan fanlar yutuqlariga asoslangan holda immunobiotexnologiya asosida yangi texnologik jarayonlar yaratish va immunobiotexnologiya nazariyasining asoslaridan bilim berishdan iboratdir. Hozirgi kunda bu sohani jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida, zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash talab etilmoqda. SHu sababli kursi tinglovchilariga antigen va antitanalarning tuzilishi, vazifalari va xususiyatlaridan biotexnologik jarayonlarda foydalanish yo‘llarini ochib berish, zamonaviy ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga yordam beradi va bu fanni biologiya va unga turdosh bo‘lgan fanlar sohalarida bilim olayotgan tinglovchilarga o‘rgatish zamon talabiga muvofiqligi bilan ajralib turadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |