Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti Konchilik elektromexanikasi kafedrasi


Download 36.08 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi36.08 Kb.
#1163142
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi

Qabul qiluvchi bunkerni tanlash
Foydali qazilmani shaxta yoki karyerdan boyitish fabrikasining qabul qiluvchi bunkeriga olib kelishda temir yo'l (foydali qazilmaning maksimal bo'lagi hajmi 1200 mm dan ortiq bo’lsa), avtomobil (500 mm dan katta bo'lak) va konveyer (500 mm dan kichik bo'lak) transportlaridan foydalaniladi.
Qabul qiluvchi bunkerning hajmi xom ashyo (ruda) jo'natilishi to'xtatilgan taqdirda, maydalashning birinchi bosqichidagi maydalagichni kamida 12 soat ishlashini ta'minlay olishi orqali aniqlanadi, ya’ni bunkerdagi mavjud xom ashyo (ruda) maydalagichga 12 soat ishlashi uchun yetarli bo’lishi lozim.
(6.1)
bu yerda -bunkerga keluvchi bir soatlik yuk oqimi, uni quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin
(6.2)

bu yerda –karyer yoki shaxtaning yillik unumdorligi t/yil; N – 1 yildagi ish kunlari soni; mkundagi ish smenalari soni; n – smenaning davomiyligi, soat; kн-xom ashyo ta'minotining notekisligi koeffitsienti, kн=1,0-1,15.


Rudalarni konlardan zavodga yetkazib berish va boyitish fabrikalari bo'limlarining ishlash rejimlarini bilish uchun 2.1-jadvalga qarang.

Maydalash uskunalarini hisoblash
Asosiy texnologik uskunalarni hisoblash
Maydalash sxemalarini tuzishda maydalash bosqichlari sonini aniqlash (individual topshiriq bilan belgilanadi) va maydalash uskunalari turini tanlash lozim.
Maydalanishning umumiy darajasi formula bo'yicha aniqlanadi
,
bu yerda – maydalanmagan ruda bo'lagining maksimal o’lchami, mm; – maydalangan ruda bo'lagining maksimal o’lchami, mm.
Umumiy maydalanish darajasi - maydalash bosqichlaridagi maydalanish darajalarining hosilasi. Maydalanish darajasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

bu yerda 1,2 ... n – maydalash bosqichi
Bunday holda maydalangan rudaning o’lchami maydalagichning chiqish joyi o'lchamiga nisbatan kattaroq o’lchamga ega, bu kattalashish koeffitsienti bilan tavsiflanadi (2.2-jadvalga qarang).
,
bu yerda l-maydalagichning chiqish joyi o’lchami, mm
Qattiq jinslarni yirik maydalash jag’li maydalagichlarda, yumshoq va o'rta qattiqlikdagi jinslarni maydalash konusli maydalagichlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Qattiq va o’rta qattiqlikdagi jinslarni o’rta va kichik maydalash qoida tariqasida, konusli maydalagichlarda amalga oshiriladi. Aglomerat va yumshoq jinslarni maydalash valli maydalagichlarda amalga oshiriladi.
Yuqorida hisoblangan ko'rsatkichlarga asoslanib, yirik maydalash uchun maydalagich turini tanlang. (2.4 va 2.7-jadvallarga qarang.). Yirik maydalagichni tanlashda e'tiborga olish kerak bo'lgan asosiy mezonlar maydalanuvchi ruda bo’laklarining maksimal o’lchami, maydalangan rudaning maksimal o’lchami va bitta maydalagichdan foydalanish qobiliyatidir.

Download 36.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling