Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Download 2.75 Mb.
bet3/72
Sana15.11.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1774853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Dissertatsiya.2

ХULOSA....................................................................................................

114




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI............................

121




ILOVALAR...............................................................................................

135

KIRISH (Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo ta’lim tizimida yoshlarning hayoti mobaynida sifatli ta’lim olishlarini kafolatlovchi, ularning jamiyatda liderlik xususiyatlarini namoyish etishga hamda bilish jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan kompleks foydalanishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ta’lim muammolari bo‘yicha butunjahon Forumida qabul qilingan konsepsiyada “...Tahlil qilish, muammolarning yechimini topish hamda yuqori darajali kognitiv, shaxslararo va ijtimoiy ko‘nikmalarni...”1 rivojlantiruvchi o‘qitish muhitini yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganligi tahsil oluvchilarni har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan, ijodkor, ijtimoiy faol, aqlli va mantiqiy fikrlay oladigan hamda buyuk kelajak sari dadil qadam tashlay oladigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda turli model va texnologiyalarni qo‘llash zaruratini yuzaga keltiradi.
Jahon ta’lim amaliyotida didaktik jarayonga tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalarning samarasi o‘quvchilarda shakllanayotgan kompetensiyalar darajasi bilan belgilanishi ta’kidlangan. Shu ma’noda Rossiya, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy va Singapur kabi rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida shaxsning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlovchi, CIVIC-ijtimoiy faol fuqaro shaxsidagi noyob qobiliyatlarni baholovchi xalqaro dasturlar asosida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar o‘quvchilarda fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarda fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish orqali har tomonlama yеtuk shaxsni kamol toptirish masalalari dolzarblik kasb etmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida demokratik qonun ustuvorligi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning zamonaviy sharoiti yoshlarni “...mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash”2 vazifasini qo‘yadi. Shu ma’noda “demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlarida yoshlar faolligini oshirish, tashabbuskor, shijoatli yoshlar safini kengaytirish, yoshlarning huquqiy, ekologik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi” 3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”, 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari, 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”, 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3151-son “Umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”, 2018-yil 13-avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling