Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgikа universiteti


I. BOB. DARSDA O'TKAZILADIGAN DIDAKTIK O'YINLARNING MAZMUNI VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI


Download 145.04 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi145.04 Kb.
#1608495
1   2   3
Bog'liq
Sevara

I. BOB. DARSDA O'TKAZILADIGAN DIDAKTIK O'YINLARNING MAZMUNI VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI
1.1. Sanoqqa doir ba'zi didaktik o'yinlarning tasnifi
DARSDA O'TKAZILADIGAN DIDAKTIK O'YINLARNING MAZMUNI VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI Ishda foydalaniladigan asosiy pedagogik tushunchalar Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar mazmuni va ahamiyatini chuqur va aniqroq tasawur qilish maqsadida biz bu qo'llanmada ta'lim, o'yin, didaktik topshiriq, o'yin topshiriqlari singari tushun- chalarning ta'rifiga va ularning ma'nosini ochib berishga to'xtalib o'tmoqchimiz. Ta’im — o'quvchilarga ko'nikma va malakalar berishning, bu bilim, ko'nikma va malakalarni o'quvchilar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali jarayonidir. Ta'lim jarayoni — bolalar xotirasining boyishi, ular nutqi va tafakkurining o'sish, turli xil me tod va usullar yordamida sodir bo'ladigan vaziyatdir. O'yin — bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o'yin turlariga qarab, ob'yektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o'zida aks ettiradi. O'yin sinfda o'tilgan o'quv faoliyatining ma'lum darajada davomi va mustahkamlanishidir. Tajribada shu narsa isbotlanganki, o'yin kichik maktab yoshidagi o'quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o'yin — ta'lim beruvchi usul bo'lib, bu usul muayyan ta'limiy maqsadlarga erishuvga, ya'ni o'tilgan o'quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik o'yinni o'tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o'yiniga qo'yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o'yinida esa ikkinchi o'nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo'lgan didaktik topshiriq qo'yiladi. Didaktik topshiriq darsga qo'yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o'yinning ham har qanday o'yindagi singari qoidalari bo'ladi. O'sha qoidalarga amal qilinmasa, o'yinning o'yin sifatidagi ahamiyati, binobarin, o'yinning ta'lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo'qoladi.
O'yin qoidalari o'yin topshirig'iga kiritiladi. O'yin topshirig'i — o'qituvchining bolalarga o'yinning qanday o'ynalishini, kim g'olibligini aniqlashdan iborat. «Jimjitlik» o'yinida bolalarga beriladigan topshiriq о'qituvchi ko'rsatgan buymlar miqdorini «xayol»da sanab, yechish va son natijasini topishdir. O'yin qoidasi ovoz chiqarmasdan harakat qilishni talab etadi. Quyidagi didaktik materiallardan foydalaniladi: suratlar, jadvallar, stol ustida ko'rsatiladigan teatr-sahna, abak (sanoq asbobi), o'yinchoqlar, cho'tlar, xaltachaga solingan yong'oqlar, cho'plar, qo'lda yasalgan qog'oz qayiqcha va qolpoqcha, geometrik shakllar chizilgan jadvallar, sxemalar, sanoq materiallari va geometrik shakllar solingan qutichalar. Qollanaladigan o'yinlar nomi: «Sanayver», «Ko'rganni eslab qol», «Biz kamayib qoldik», «Kim ketdi (takrorlash)», «Nima o'zgardi?», «Teatr», «Nechta ekanligini top», «Jadvalni qidirib top», «Qo'sh- nilaringni top», «Hisoblashni kim bilsa davom ettiraversin», «Tuk- tuk», «Uychaga kim tez kiradi», «Kim chaqqon?».
SANOQQA DOIR BA'ZI DIDAKTIK O'YINLARNING TASNIFI 1 -g игиh. Birinchi o’nlik doirasidagi son tarkibi maiakalarini mustahkamlovchi o'yinlar 1. «Buyumlarni 10 gacha sanash» Didaktik o'yin: «Jimjitlik» Didaktik topshiriq: bolalarning oddiy sanoq haqidagi tushun- chalarini aniqlash va mustahkamlash. O'yin topshirig'i: aniq buyumlarni «xayolda» sanab, kerakli sonni barmoqlar bilan ko'rsatish. O'yinning borishi: o'qituvchi boshlovchilik vazifasini bajaradi. O'qituvchi: — Bolalar, «Jimjitlik» o'yinini o'ynaymiz. Men sizlarga hozir har xil narsalarni ko'rsataman. Siz ularning sonini topshingiz kerak bo'ladi. Bolalar birdan gapga tushib ketadilar. — Yo'q, bolalar. Javob qaytarishdan oldin qo'l ko'tarish kerak. O'qituvchi bolalarga doira va cho'plarni sanatadi. — Endi men sizlarga narsalarni ko'rsataman. Sizlar ovoz chiqar- masdan sanab, qancha bo'lganini barmoqlaringiz bilan ko'rsatasiz. O'qituvchi 4 ta qo'g'irchoqni ko'rsatganda bolalarning hammasi to'rtta barmog'ini ko'rsatadi. Sinfda jimjitlik. Bolalarning butun diqqat-e'tibori topshiriqni bajarishga qaratilgan. O'qituvchi: — Barakalla, hammangiz to'g'ri hisobladingiz. Endi men sanoq cho'pni bir qo'limdan ikkinchi qo'limga olaman, sizlar esa ularni ovoz chiqarmasdan sanang, keyin menga qancha bo'lganini ko'rsatasiz. Bolalar o'qituvchining harakatlarini kuzatib, sanashadi va 10 ta barmog'ini ko'rsatishadi.
O'qituvchi: — Endi kvadratlarni sananglar, — deydida, taxtachaga ketma-ket kvadratlarni qo'yadi. Bolalar sanashadi va 6 ta barmog'ini ko'rsatishadi. Bu o'rinda bolalarning birinchi 6'nlik haqidagi bilimlarining taxminiy darajasi aniqlanadi, qancha narsa ko'rsatilsa, o'shani barmoq bilan sanab ko'rsatish malakasi mustahkamlanadi. Bundan tashqari, ularda ovoz chiqarmayr «xayolda» sanash ko'nikmalari ham shakllanadi. Bolalar aslida sanashga ovoz chiqarib takrorlamasdan birdahiga erisha olmaydilar, jim o'tirishni talab etuvchi o'yin qoidasigina ularni bunga majbur qiladi va ular ovoz chiqarmay sanaydilar. Bunday qilishning qulay tomoni shundaki, bolalarning butun diqqat e'tibori faqat topshiriqni bajarish bilan band bo'ladi. Keyingi darsda o'yin shartlari yana ham murakkablashtiriladi. Bu o'yin orqali o'quvchilarda tez harakat qilish malakasi mustahkamlanadi. Shu bilan birga topshiriqni kim tez, kim esa sekin bajarayotganini aniqlab olish imkoni tug'iladi 2. «To'g'ri va teskari sanash» Didaktik o'yin: «Ko'rganni eslab qolish» 5 Didaktik topshiriq: qo'shib sanash yo'li bilan geometrik shakllar miqdori bilan bog'liq ravishda son qatorini tuzish.
O'yin topshirig'i: o'qituvchi tomonidan ko'rsatilgan namunaga 3 — 4 daqiqa davomida diqqat bilan qarab olib, geometrik shakllarning soni va qanday joylashganini aniqlash hamda ularni o'zining daftariga to'g'ri yozish. Foydalaniladigan buyumlar: 1) 6 ta qizil doiracha va 6 ta ко'к kvadrat solingan individual konvert; 2) o'rtasidan qizil chiziq tortilgan qalin oq qog'oz; 3) o'qituvchining qo'lida geometrik shakllar yopishtirilgan na- munalar.
Bolalar tezlik bilan ko'k kvadratlarni yoyadilar. Oradan bir oz vaqt o'tgach, eng ziyrak o'quvchilar qo'llarini ko'taradilar. 15—18 nafar bola 30 — 50 sekund mobaynida topshiriqni bajaradi. Ba'zi bir bolalar beparvo va befarq bo'ladiiar. Masalan, bolalardan biri uyga o'xshash shaklni teradi. (Bu yerda shakllarning nomlari bolalarga oldindan o'rgatilganligi nazarda tutiladi.) O'yinning borishi: o'qituvchi o'quvchilarga geometrik shakllar rasmi solingan konvertlarni tarqatadi. Bolalar konvertlarni ko'zdan kechiradilar. O'qituvchi konvertlar bilan birga oq qog'oz ham tarqatadi. — Bolalar, — deydi o'qituvchi, — hamma shakllarni bir yerga to'plab, partaning chetiga qo'yinglar. O'yinni mana bunday tartibda o'ynaymiz: men sizlarga kvadratlar yoki doiralar shakllari solingan qog'oz namunasini ko'rsataman (ko'rsatadi). Sizlar esa sanab, qog'ozda qancha shakllar borligi va ular qanday joylashganligini eslab qolinglar. Uchgacha sanayman, undan so'ng namunani olib qo'yaman, sizlar esa qo'lingizdagi qizil chiziqli oq qog'ozlarga shakllarni xuddi namunadagidek joylashtirishingiz lozim. Dastlab o'qituvchi eng oddiy usulni (kamroq shakllar rasmi solingan bir xil shakllarni) tanlaydi. — Diqqat! — deydi o'qituvchi, — ko'rsata boshlayman bir, ikki, uch! To'rt nafar bola esa barcha kvadratlarni qatorasiga terib qo'ydi. Uch nafari doirachalarni bir chiziqqa tizishdi. O'qituvchi bolalarga o'z- o'zlarini tekshirish imkonini berish maqsadida namunani ikkinchi marta ko'rsatadi va topshiriqning to'g'ri yoki noto'g'ri bajarilganligini tekshirib chiqishni taklif qiladi.
Oradan 5—10 sekund o'tgach, namunani olib qo'yadi. — Endi, bolalar, — deydi o'qituvchi, — aytinglar-chi, qancha kvadrat qo'ydingizlar? — Beshta. — Barakalla, hammangiz ham g'olib bo'ldingiz. Endi men sizlarga qiyin namunani ko'rsataman. Sizlar diqqat bilan qarab turing. Diqqat: bir, ikki, uch! O'qituvchi ikkinchi namunani ko'rsatadi. Ko'pchilik bolalar birdaniga kvadratlarni qo'llariga oladilar. O'qituvchi ularni ogohlantirib: «Sanab chiqishni unutmadingizlarmi?» — deydi. 3 — 4 nafar bola ko'zini kvadratlardan olib, namunaga diqqat bilan qaraydi va sanay boshlaydi. Shundan so'ng o'qituvchi namunani olib qo'yadi. Ikkinchi marta navbat kelganda bolalar shakllarni birinchisiga qaraganda tezroq joylashtiradilar. O'yin uchinchi marta jonliroq o'tadi. Shunday qilib, o'yin paytida bolalar sanashni, shakllarni bir chiziqqa joylashtirishni ham bilib oladilar. Buning natijasida shakl nomlari mustahkamlanadi va o'yin yaxshi o'zlashtiriladi. O'qituvchi esa o'yin natijasida bolalar xotirasi qanchalik rivojlanganligini aniqlab oladi. 3. «Ikkini qo'shish va ayirish» Didaktik o'yin: «Jimjitlik» Didaktik topshiriq: o'ngacha og'zaki sanash. O'yin topshirig'i: o'qituvchi ko'rsatgan narsalarning «hayolda» sanash, doskaning oldiga borib, son natijasini topib, uni o'chirib tashlash. Bu o'yin turli usullarda o'tkaziladi. O'qituvchi doskaga oldinroq doira chizib, uning atrofiga 1 dan 10 gacha bo'Igan raqamlarni yozib, doiraning o'rtasiga 2 raqamini amal belgisi (qo'shish yoki ayirish) bilan yozib qo'ygan bo'ladi. O'yin uyga berilgan topshiriq tekshi- rilgandan keyin o'tkaziladi.
O'qituvchi bolalarga o'yin qoidalarini tushuntiradi: — O'yin mutlaqo jimjitlik vaziyatida o'tkaziladi, — deydi o'qituvchi* .- Avval men doira ichidagi raqamni, keyin qo'shish yoki ayirish ishorasini va doira atrofidagi raqamlardan birini ko'rsataman. Jadaldagi katakchalar ichiga javoblar yoziladi: 3 4 5 6 7 □ □ □ □ □ Sizlar qaysi raqamni ko'rsatishimni yaxshilab kuzatinglar, u raqam bilan nima qilinishi kerakligini o,'ylab ko'ringlar. Mana (ko'rsatadi). Kimda-kim topshiriqni bajargan bo'lsa, ovoz chiqarmay, qo'l ko'tarsin. Men chaqirishim bilan u kataklar ichiga javobni yozadi. Shundan keyin o'yin boshlanadi. O'qituvchi ikkiga to'rt qo'shi- lishi kerakligini ko'rsatadi. U 5 sekund davomida kerakli son va belgilarni ko'rsatkich bilan ko'rsatib turadi. Uning chaqirig'i bilan o'quvchilar topshiriqni ovoz chiqarmasdan bajarishadi. So'ngra o'qituvchi sur'atni tezlashtiradi (2 sekunddan). Sinfda jimjitlik. Bolalar butun diqqatlarini bir yerga to'plab ish qiladilar. 10 nafar bolaning bergan javobi aniqlanadi va ulardan kim g'olib chiqqanligi e'lon qilinadi.
O'yin 5 — 6 rninut davom etadi. Xulosa: o'yin juda sodda bo'lib, undan keng miqyosda foydalanish mumkin. Bu o'yin bolada iroda, tirishqoqlikni tarbiyalashga va ularda sanoqqa bo'lgan qizi- qishni oshirishga ko'p jihatdan yordam beradi, 2 -gиrиh. Son tarkibinimustahkamlovchi o'yinlar Ko'pchilik o'yinlar eng qiyin matematik bog'lanishlardan biri-son tarkibining bolalar tomonidan o'zlashtirilishiga ko'maklashuvchi ajoyib vositalardan hisoblanadi. Dasturga muvofiq, birinchi o'nlikdagi son va raqamlar bilan dastlabki tanisha boshlangan 7 paytdayoq bolalar son tarkibini o'qib olishlari lozim. Shuni ham aytish kerakki, bu vazifa ular uchun hamma vaqt ham oson bo'lavermaydi, chunki buning uchun bolalarda sonlarning tarkibini farq qilishga asoslangan tahlil, tafakkuri yaxshi mashq qildirilgan bo'lishi talab etiladi. О' quvchilarning son va raqamlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishlarining o'zi bilan ish bitmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, son va raqamlarni, bu tarzda eslab qolish yetti yashar bolalar uchun ham xarakterlidir. O'qituvchi ishining murakkabligi ham ana shundadir. Materialni puxtaroq o'zlashtirish va aniqlashtirish uchun «Teatr», «Nima o'zgardi?» kabi maxsus o'yinlar o'tkazish yaxshi natija beradi. «4 soni va raqami» Didaktik o'yin: «Nima o'zgardi?» Didaktik topshiriq: 4 Soni tarkibining turli usullarini mustah- kamlash. O'yin topshirig'i: bolalarning turgan joylarini eslab qolish, ularning joy almashganlarini bilish (ya'ni 4 soni tarkibining turli ko'rinishiga doir yozilish usulini ko'rsatish). O'yinni boshlashdan oldin og'zaki hisoblash mashqi o'tkaziladi. Bolalar masala o'ylab topishadi. Masalan, Karim «Bitta daraxt bor edi, yana uchta daraxt o'tqazildi, endi daraxtlar 4 ta bo'ldi» deydi. «Ikkita mashina turgan edi, yana ikkita mashina ularning yoniga kelib to'xtadi— deydi Rahim, — endilikda mashinalar soni 4 ta bo'ldi». O'qituvchi bu bolalarni doskaga chaqirib, ular aytgan narsalar «xayollarida» qanday joylashtirilgan bo'lsa, o'sha narsalarni xuddi shunday tartibda jadvalga joylashtirishni taklif qiladi. O'qituvchi: «4 sonini yana qanday hosil qilish mumkin?» — deb so'raydi. Bolalar uzoq o'ylanib qolishadi. Nihoyat ulardan biri 4 raqamini ko'rsatadi. So'ngra o'yin boshlanadi. O'qituvchi 4 nafar bolani chaqirib, ularni bir safga qo'yadi. Keyin o'quvchilardan biriga bolalarning safda qanday turganliklarini diqqat bilan ko'rib olishini so'ngra sinfdan chiqib turishni buyuradi. O'qituvchi bolalarning birijii alohida, uchtasini esa yonma-yon qo'yadi. Tashqariga chiqqan bola kirib keladi. U o'zgarishni ko'rgach: «Uch o'quvchi bir joyda, bittasi alohida turibdi», — deydi. — Jami qancha? — deb so'raydi o'qituvchi. — To'rt nafar, — javob beradi o'quvchi. — Demak, to'rt sonini qanday hosil qilish mumkin. — Uchga birni qo'shish bilan. O'qituvchi doska oldiga boshqa o'quvchini chaqiradi. U ham safda turgan bolalarga bir nazar tashlab, tashqariga chiqadi. Qaytib kirgach: «Dastlab chap tomonda uch kishi, o'ng tomonda bir kishi turgan edi, endi esa har ikkala tomonda ikkitadan kishi bor», — deydi. — Bunga qanday erishildi? — so'raydi o'qituvchi. — Uchta bo'lib turganlardan biri yakka turgan bolaning yoniga o'tib olibdi. — Demak, — deydi o'qituvchi, — 4 sonini yana qanday hosil qilish mumkin ekan? — Ikkiga ikkini qo'shib, — javob beradi o'quvchi. So'ngra uchinchi o'quvchi sinfdan chiqib turadi. O'qituvchi uch bolani bir joyda, bittasini esa alohida turishini aytadi. Sinfga qaytib kirgan o'quvchi yuz bergan o'zgarishni aytadi: — Avval ular ikki kishidan turishgan edi, endi esa bu yerda bir tomonda bir kishi ikkinchi tomonda esa uch kishi bo'lib qolibdi. — Qaysi tomondagilar ko'pchilikni tashkil etadi? Mana bu tomondagilarmi? To'g'ri. Demak, 4 soni yana qanday hosil bo'lar ekan? — Birga uchni qo'shish bilan. So'ngra o'qituvchi butun sinfga murojaat qilib: — 4 soni qanday hosil bo'ladi? — deb so'raydi. Ko'pchilik o'quvchilar javob berish uchun qo'l ko'taradilar. Chaqirilganlar to'g'ri javob beradilar: — To'rtta birdan, uch bilan birdan, ikki bilan ikkidan, bir bilan uchdan. O'yin jonli va qiziqarli o'tadi. Alohida-alohida so'rash natijasida doskaga chaqirilgan o'quvchilarnigina emas, sinfda o'tirgan boshqa o'quvchilarning ham to'rt sonining tarkibini yaxshi tushunganlari aniqlanadi. O'yin besh minut davom etadi. Shundan so'ng o'qituvchi bolalarni 4 raqami bilan tanishtiradi. Didaktik o'yin: «Teatr» Didaktik topshiriq: 5 soni tarkibini mustahkamlash. O' yin topshirigf'i: narsalap (qo'g'irchoqlar) tarkibini eslab qolish, ularni solishtirib ko'rish, joylar almashgandan keyin yuz bergan o'zgarishni topib ko'rsatish. Foydalaniladigan narsalar: pardasi bo'lgan ramka, beshta qo'g'irchoq. O'qituvchi o'yin boshlangunga qadar o'quvchilar bilan 5 soni tarkibini takrorlaydi. Undan so'ng o'yin shartlarini tushuntirishga o'tadi: — Hozir men sizlarga teatr ko'rsataman. Sizlar yaxshilab qarab, «sahna»da «artist»lar qanday turganligini eslab qolishing kerak. O'qituvchi qo'g'irchoqlarni bir qatorga tizib qo'yib, pardani ochadi. Bolalar diqqat bilan qarab turishadi. — Xo'sh, Yo'ldosh, — deydi o'qituvchi, — «artist»larimiz qanday holatda turibdilar? — Bir qatorga bittadan bo'lib tizilib olishibdi, — javob beradi Yo'ldosh. — Sahnada nechta «artist» bor? — Beshta. — Endi ular, — deb davom etadi o'qituvchi, — o'z joylarini o'zgartiradilar. Sizlar nima o'zgarganini aytasiz? Parda tushirilib, ochiladi. — Xo'sh, bolalar, — deydi o'qituvchi, — nima o'zgaribdi? — Dastlab katta qo'g'irchoqlar, — deydi Sharif, — bir safga tizil- gan edi, endi esa bu yerda to'rtta, mana bu yerda bitta qo'g'irchoq turibdi. — To'g'ri,- — deya Sharifning javobini ma'qullaydi o'qituvchi, — bu qo'g'irchoq — ashula boshlovchi, shuning uchun u alohida turibdi. Endi doirachalari xuddi mana shu qo'g'irchoqlardek joylashtirilgan jadvalni topib, bolalarga ko'rsat. Sharif o'sha jadvalni topib, bolalarga ko'rsatadi. Parda yana tushiriladi. O'qituvchi qo'g'irchoqlarning joyini o'z- gartirib, Nazokatni doskaga chaqiradi. «Sahna»ga diqqat bilan qarab turgan Nazokat shunday deydi. — Hali bu yerda bitta, manavi yerda esa to'rtta qo'g'irchoq bor edi. Endi bo'lsa, bu yerda uchta, o'ng tomonda ikkita bo'lib qolibdi. — Bu o'zgarish, — qanday yuz berdi? — deb so'raydi o'qituvchi. — Ashula boshlovchining yoniga yana bitta «artist» kelib qo'shilgan va ular ikkita bo'lib qolgan. — Xo'sh, — deydi o'qituvchi, — shunda natija nima bo'ldi? 9 — Chap tomondagi «artist»lardan bittasi kamayib uchta bo'lib qoldi. — To'g'ri, endi jadvaldan ko'rsat, — deydi o'qituvchi. Nazokat jadvaldan topib beradi. Bolalar shodlikdan qarsak phalib yuboradilar. Parda tushiriladi. O'qituvchi butun sinfga murojaat qilib: Oanday qilib «artist» larimizni boshqacha joylashtirish mumkin? Kimda-kim boshqacha joylashtirishni o'ylab topsa, o'sha «artist»larni o'zi joylashtiradi va pardani ochadi, — deydi. Qariyb hamma bolalar qo'l ko'tarishadi. Doskaga chaqirilgan o'quvchi qo'g'irchoqlarni 2, 2, 1 tartibida joylashtirishni taklif etadi va bolalarga xuddi shunday jadvalni ko'rsatadi. O'yin bolalarning 5 soni tarkibini puxta o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. Agar o'yin boshlangunga qadar faqat 10—12 bola 5 sonining qanday hosil bo'lishini aytib bera olgan bo'lsa, «Teatr» o'yini o'tkazilgandan keyin 5 sonini qanday hosil qilish. mumkinligini 30 — 32 o'quvchi aytib bera oladi. Qo'g'irchoqlarning tashqi ko'rinishi, ularning joylarini almashtirib turish, qolgan 5 — 6 bolaga son tarkibidagi o'zgarishlarni tushunib, eslab olishiga yordam berganligi aniqlanadi (buning uchun «artist»larning qanday turganini esla» deyishning o'zi kifoya, bolalar o'sha zahotiyoq savollarga javob beraveradilar). Bu o'yinni boshqa sonlar tarkibini organish bilan takrorlash mumkin. Didaktik o'yin: «Narvoncha» Didaktik topshiriq: birinchi o'nlik ichida qo'shish va ayirish jadvalini yaxshilab bilib olish. O'yin topshirig'i: «Narvoncha»dan boshqalarga nisbatan tezroq yugurib tushishga intilish, buning uchun bir necha misolni tezroq yechish. O'qituvchi uyga berilgan topshiriqni tekshirib bo'lganidan keyin: «Bolalar, hozir men zinalar chizaman. Eng yuqoridagi pog'onaga 1 sonini, ikkinchisiga +2, uchinchisiga +3 va hokazo yozuvlarini yozib qo'yaman. Raqamlarning pog'onalarda qanday joylashganini yaxshilab ко'rib oling va natijani mustaqil toning. 1 va 2 — pog'onadagi sonlarni qo'shganingizdan keyin navbatdagi pog'onaga o'tavering. Qani, «Narvoncha»dan kim birinchi bo'lib tushadi? Oradan 2 minut o'tgach, bir necha o'quvchi javob berish uchun qo'l ko'taradi. O'qituvchi bolalarning hamma javoblarini (jumladan, noto'g'ri javoblarini ham) yozib boradi. So'ngra butun sinf ovoz chiqarib «Narvoncha» masalasini yechishga o'tadi. O'qituvchi g'olib chiqqan bolalarni maqtab qo'yadi, yana bitta «Narvoncha» chizib, uning yuzasidan beriladigan javob tez va aniq bo'lishi kerakligini ta'kidlab o'tadi. Didaktik o'yin mavzusi: «Zanjircha»
1.2. Didaktik o'yin: «Teatr
Didaktik topshiriq: 10 ichida qo'shish va ayirish amallarini mashq qilish. O'yin boshlanishidan oldin o'quvchilar qo'shish va ayirishga oid bir nechta misollarni yechishni oldindan mashq qilib olishi lozim. O'qituvchi 6 nafar o'quvchini doskaga chaqiradi. — Bu «Zanjircha» o'yinini shunday o'ynash kerakki, zanjircha «uzilmasin». Buning uchun to'g'ri sanash kerak. Sizlar o'zlaringiz xohlagan misollarni o'ylab qo'yasizlar va javobini bir-birlaringizga navbat bilan aytasizlar. Biroq o'z o'rtog'iga beriladigan misolni o'zidan oldingi kishi aytgan javobdan boshlash lozim. Javob ovoz chiqarib aytilmasligi, balki o'ziga aytilgan misolning o'zidan boshlayverilishi kerak. O'qituvchi shu gaplarni aytib bo'lganidan keyin Jamilaga murojaat qilib: — Qani, sen o'ylagan misolingni ayt, — deydi. — 3 + 1 — deydi Jamila. O'qituvchi mashqni to'g'ri boshlash maqsadida: «4 + 3» — deydida, — «Qani, Iroda sen necha hosil bo'lganini qulog'imga aytchi», — deydi. — Yetti, — deb shivirlaydi Iroda. — Endi shu sondan boshlab misol aytf — deydi o'qituvchi. — 7—1, deb tezlik bilan javob qaytaradi Iroda. Nodira ham o'z navbatida: «6—1» deydi. Turg'un esa — «1 — 5». — deb yuboradi. «Ana xolos, — deydi o'qituvchi, — «zanjircha» uzilib ketdi. 6 да 1 ni qo'shsa, qancha bo'ladi?». «Endi men tushundim, deydi shoshilib Turg'un, — «7 + 3» deyishim kerak ekan». — Endi, — deydi o'qituvchi, — o'yinni .chinakamiga o'ynaymiz- 8 kishidan iborat uzun zanjir qilamiz. Shundan keyin o'yin boshlanadi. Sharif: «5 + 3», — deydi. Vali misol aytishda davom etib: «8 — 3», Salim: «10—1», Murod: «9+1», deydi va Murod baland ovoz bilan: «Meniki o'n bo'ldi!» — deydi. So'ngra o'yin bolalarni doskaga chiqarmay, qator bo'yicha chaqirish tartibida davom ettiriladi. O'yin maroqli o'tadi, bolalar kerakli sonni tez aytishga intiladilar. O'yin 7 minut davom etadi. Har bir o'quvchi ikki amalni bajaradi — avval o'zidan oldin aytilgan misolni yechadi, so'ngra yangi misol o'ylab topadi. Boshqa bolalar « Zanjircha» ning «uzilib ketmasligi»ni kuzatib boradilar. Bu o'yin bolalar diqqatini asosiy didaktik topshiriqdan chalg'itmagan holda ularning xotirasini mustahkamlaydi, o'yin shakli esa o'quvchilar e'tiborini masalani aniqroq va tezroq yechishga safarbar qiladi. 3 -g игиh. O’ nlikdan o'tib hisoblash malakalarini mustah kamlovchi o'yinlar Birinchi o'nlik ichida hisoblash dastur asosida uzoq davom etadi. Bolalarda faqat o'nlik ichida hisoblash malakasi hosil bo'ladi. Ular o'ngacha yoki hatto - ikkinchi o'nlik ichida ham tez va dadil hisoblayveradilar, biroq o'nlikdan o'tish ular uchun qiyinchilik tug'diradi. Ko'pincha I sinfda 7 ga 5 ni, 8 ga 6 ni qo'shishda, shuning .sitigari qo'shish amallarini bajarish paytida ham bolalar barmoq yordamida hisoblashda davom etadilar. O'nlikdan o'tib hisoblashda birinchi o'nlik ichida hisoblash paytida mustahkamlangan ikkilik, uchliklarni qo'shib hisoblash malakalari yo'qola borib, yana bittadan qo'shib hisoblash qoidasi paydo bo'ladi. O'nlikdan o'tib hisoblashni yanada yaxshiroq mustahkamlash (10 gacha bo'lgan sonlarni tez topib, qolgan sonlarga qo'shish: 8 + 2=10; 10 + 2=12) maqsadida «Tuk-tuk», «Do'koncha», «Narvoncha», «Jadvalni qidirib top», «Sanayver», «Hisoblashni kim bilsa, davom ettiraversin» kabi o'yinlar o'tkazilgani ma'qul. Didaktik o'yin: «Ketgan kim?» Didaktik topshiriq: son qatorini, qaysi son qaysi sondan keyin kelishini bilib olishni mashq qildirish. O'yin topshirig'i: bolalarning safga tizilish tartibini bilib olish, ularni sanab chiqib, shaxsi bilan solishtirish (Vali — beshinchi, Iroda uchinchi va hokazo). Hisob bo'yicha son qatoridan chiqib ketganning kim ekanligini bilish, uning nomini aytish. O'yinning borishi: o'yin boshlangunga qadar bolalar bilan bir oz tayyorgarlik o'tkaziladi.
O'qituvchi 6 kishini doskaga chaqirib: Ahmad birinchi, Sharif — ikkinchi...» 11 deydi. So'ngra Ularning har biridan sanoq bo'yicha nechanchi ekanligini so'raydi. Bu esa har bir bolaga o'zining tartib raqamini bilib olishga yordam beradi. Shu maqsadda u hamma chaqirilgan bolalardan: «Sen nechanchisan?» deb so'rab oladi. O'quvchilar: «Men — beshinchi», «Men — ikkinchi», «Men — to'rtinchi» va hokazo deb, javob beradilar. Shundan keyin o'qituvchi bolalarga yana bir marta yaxshilab hisoblab chiqishini, kim kimning ketidan turganini eslab qolish va kimning raqami nechanchi ekanligini bilib olishni taklif etadi. O'qituvchi o'quvchiiardan birini chaqirib, shunday deydi: — Lola, bolalarga qarab, ularning joylashish tartibini raqamini eslab qol. Keyin sinfdan chiqib tur. Seni chaqirganimizda kelib, kim ketganini aytib berishing kerak. Agar sen to'g'ri aytsang, biz qarsak chalamiz, yanglishsang — indamay turaveramiz. Lola sinfdan chiqadi. O'qituvchi beshinchi bolani joyiga o'tqazib qo'yadi. Qolgan o'quvchilar bir-birlariga yaqinroq turib oladilar. Lola kirib keladi, uoska oldida turgan safga, butun sinfga nazar tashlab, kerakli o'quvchini qidiradi. U 2 minutcha o'ylanib qoladi, o'rniga borib o'tirgan o'quvchini ко'rib, uning ilgari qayerda turganini eslaydi va «Beshinchi! — deydi. Bolalar xursandchilikdan qarsak chalib yuboradilar. Endi Yo'ldosh eshikka chiqadi. Yo'ldosh sinfga kiriboq, uchinchi bola yo'qligini aytadi. O'quvchilar qarsak chalishadi. So'ngra Vahob sinfdan chiqib turadi.
Oltinchi o'quvchi joyiga borib o'tiradi. Vahob sinfga kirib: «Ikkinchi bola o'z joyiga borib o'tiribdi», — deydi. Sinfda jimjitlik. O'qituvchi: «Yana bir o'ylab ko'r, mana bu tomonda kim turganini eslachi», — deydi. Vahob indamaydi. O'qituvchi o'tirgan o'quvchilardan biriga murojaat qilib: «Baxtiyor, ketgan kim?» desa, u istar-istamas. «To'qqizinchi», — deb javob beradi. Shundan so'ng o'qituvchi oltinchi bolani tag'in o'z joyiga chiqaradida, uning qayerda turganligini Baxtiyordan so'radi. Baxtiyor oltinchi o'quvchini ko'rsatgach, o'qituvchi uning tartib raqami nechanchi ekanligini aytib berishni so'raydi. «Baxtiyor, — deydi o'qituvchi, — demak, ketgan kim?» Baxtiyor: «Oltinchi!» — deb dadil javob beradi. O'yin oltita o'yinchidan har biri navbatma-navbat borib joyiga o'tirguniga qadar davom ettiriladi. Kim to'g'ri topsa, o'qituvchi uning g'olib chiqqanligini aytadi. Har bir berilgan to'g'ri javobdan so'ng bolalar qarsak chalishadi. O'yin 10 minut davom etadi. Bu o'yin g'oyat foydali bo'lib, mantiqiy fikrni, xotirani, bir narsani ikkinchisidan ajrata bilish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. 4 - g и г и h. Bir necha birllkka kamaytirish va orttirish, masalasini yechish malakalarini mustahkamlovchl o'yinlar Bir necha birlikka orttirish va kamaytirish masala hamda misollarini yechish asosan ikkinchi yarim yillikdagi masalalarning eng qiyin turlaridan biridir. Bu xildagi masala va misollarni yechishdagi murakkablik shundaki, savollarni ifodalash va bajariladigan amallarni tartibi bilan so'zlab berish fikrning mantiqiy jihatidan to'g'ri bo'lishi bilan bogiiqdir. Fikrning bu tariqa mantiqan to'g'ri bo'lishi lozimligi katta o'rin tutishi aslida oddiygina bo'lgan masalaning tushunib olinishiga to'sqinlik qiladi. Hamma bolalar raqamlar bilan istalgan bir amalni bemalol uddalay oladilar. Biroq ular ko'paytirish va kamaytirish misollarini yechishda ko'pincha qiynaladilar. Ular hali sonlarni oddiy suratda qo'shishni masalan, 5+2=7 amali bilan xuddi shu amalni so'zlar vositasida ifoda qilinganda chiqadigan natija (masalan, «Menda 5 ta olma bor edir Vasilada esa mendagidan 2 ta ko'p» iborasi) teng ekanligini yaxshi tushuna olmaydilar. Bolalarning ruhan yaxshi dam olishlari maqsadida «Narvoncha», «Kim biladi?», «Top-chi, qancha?» va boshqa o'yinlarni o'tkazish mumkin. Didaktik o'yin: «Top-chir qancha?» Didaktik topshiriq: sonni biror songa kamaytirgan yoki orttirish natijasini topa olishni mashq qildirish. O'yin topshirig'i: o'qituvchi berayotgan topshiriqlarni kuzatib borish. Ko'zni bekitib, savatchadagi qo'ziqorin qancha bo'lib qol- ganligini xayolda hisoblash, so'ngra natijani qo'shib hisoblash yo'li bilan tekshirish. Foydalaniladigan buyumlar: savatcha va kartondan ishlangan qo'ziqorinlar. O'qituvchi o'yin boshlanishidan oldin o'quvchilarga quyidagi masalani yechishni tavsiya qiladi: «Ака-singil o'rmonga borishdi. Akasi 3 ta qo'ziqorin topdi, singlisi esa akasinikidan 5 ta ortiq qo'ziqorin topdi. Singlisi qancha qo'ziqorin topgan?» Sinfdagi o'quvchilarning ko'pchiligi topshiriqni to'g'ri bajaradi. — Ana endi, — deydi o'qituvchi, — «Тор-chi, qancha?» o'yinini o'ynaymiz. Qutichada bir qancha qo'ziqorin bor. Ulardan bir qismini savatchaga solaman, sizlar esa uning qancha ekanligini sananglar. Bolalar sanashadi: «5 ta». O'qituvchi: «Savatchaga yana 10 ta qo'ziqorin solaman, bu yerdagi qo'ziqorinlar nechta bo‟ldi?» Ko'pchilik o'quvchilar qo'l ko'taradilar va 15 ta deb javob beradilar. — Endi, — deydi o'qituvchi, — bunday qilamiz: mening qancha qo'ziqorin qo'yayotganimni esda tutinglar. Bolalar hisoblaydilar: — 12 ta. — Qutichada esa savatchadagidan 2 ta ko'p qo'ziqorin bor. Sharif, qani ayt-chi, qutichada qancha qo'ziqorin bor? — 17 ta qo'ziqorin bor, — deb javob beradi Sharif. Beriladigan javob har xil bo'ladi: 17, 15 va hokazo. Ko'pchilik «15» deb hisoblaydi. — Kim to'g'ri sanaganini qanday bilamiz? — deydi o'qituvchi. — Hisoblab ko'rish kerak, — deydi Nazira. — Yana boshqacha qanday tekshirish mumkin? — so'raydi o'qituvchi. — Savatchada 15 ta qo'ziqorin bor edi. Qutichada savat- chadagidan 2 ta ortiq qo'ziqorin tashladingiz, hammasi bo'lib 17 ta bo'ldi. —
Demak, — deydi o'qituvchi, — 2 ta ortiq deyilganda, 2 soni qo'shilishi kerak ekan. Savatchada 15 ta, qutichada esa undan 2 ta ko'p qo'ziqorin bor. Qani, savatchaga nechta qo'ziqorin tashlar ekanman? Men qo'ziqorinlarni savatchaga solib bo'lgunimcha, sizlar ko'zlaringizni yumib, savatda qancha qo'ziqorin bo'lishi kerakligini hisoblab turinglar. Ko'zlaringizni ochinglar. Ayting-chi, savatchada qancha qo'ziqorin bor? — 17 ta, deydi Rahim. — Rahim,— deydi o'qituvchi, — doskaga chiqib, tekshirib ko'r. Rahim doskaga chiqib, savatchadagi qo'ziqorinlarni sanaydida, baland ovoz bilan: — 17, — deydi. 13 — Rahim, savatchadagi qo'ziqorinlar, — deydi o'qituvchi, — qanday qilib 17 ta bo'lib qoldi? — Savatchada 15 ta qo'ziqorin bor edi, qutichada 13 ta qolibdi, demak, 2 tasini siz olgansiz, — deb javob beradi Rahim. — To'g'ri aytasan, — uning gapini tasdiqlaydi o'qituvchi, — mana o'sha ikkitasi mening qo'limda. Qani, eslanglarchi, qo'ziqorinlarni savatga tashlayotganimda nima degan edim? — Demak, — deydi o'qituvchi, — «ко'р» deyilganda nima qilinishi kerak? — Qo'shish! — javob berishadi bolalar. — To'g'ri, — ularning gapini ma'qullaydi o'qituvchi, — yozing- lar: 13 + 2=15. Shundan keyin o'qituvchi ikki o'quvchini doskaga chagiradi. Ulardan biri masala aytadi, ikkinchisi esa uni yechadi. — O'lmas, sen shunday bir misol topki, unda bir joydagi narsa ikkinchi joydagisidan 2 ta kam bo'lsin, — deydi Karim. — Daraxtning bir shoxida, — deydi O'lmas, 10 ta chumchuq, ikkinchisida esa undan 2 ta kam chumchuq kelib qo'ndi. — Bunda qanday savol beriladi? — so'raydi o'qituvchi. — Boshqa shoxda qancha chumchuq kelib qo'ndi? — deydi O'lmas. — Boshqa shoxda 8 ta chumchuq o'tiribdi, — bexosdan javob berib yuboradi Aqida. — 8 ta ekanligini qanday bilding, Gulnoza? — deydi o'qituvchi. — Unga 10 dan ikkini ayiraman. — Nega ayirding? — yana so'raydi o'qituvchi. — Shuning uchunki, ikkinchi shoxda ikkita qushcha kam edi. O'yin 10 minut davom ettiriladi. O'yindan so'ng o'tkazilgan tekshirish bolalar «shuncha kam» yoki «shuncha ko'p» deyishning ma'nosini yaxshi bilib olganlarini ko'rsatadi. Bu o'yinni o'ynash jarayonida bolalar nima qilish kerakligi va nima uchun shunday qilish kerakligini aniq aytib beradigan bo'lib qoladilar.
II. BOB. SANOQQA DOIR DIDAKTIK O'YINLARGA QO'SHIMCHA MATERIAL
2.1. Didaktik o'yin: «Qaysi biri qo'shildi»
SANOQQA DOIR DIDAKTIK O'YINLARGA QO'SHIMCHA MATERIAL 1 - g u r u h. To'g'ri va teskari tartibda sanashga oid o'yinlar 1. Didaktik o'yin: «Qaysi biri qo'shildi» Didaktik topshiriq: son qatori haqidagi tushunchani mustahkamlash. O'yin topshirig'i: oldin turgan bolalarni sanab chiqib, yana qancha qo'shilganini aytib berish. O'yin bayoni: bir necha bola bir qatorga turadi. Qolgan bolalar ularni sanab chiqishadi. O'qituvchi imo-ishorasi berishi bilan o'tirgan o'quvchilar ko'zlarini yumadilar. O'qituvchi ovoz chiqarmasdan yana bir o'quvchini doskaga chaqirib, saflanganlar qatoriga turg'azib qo'yadi. U «mumkin» degandan so'ng o'quvchilar ko'zlarini ochib, nechanchi («beshinchi», keyin «ol'tinchi» va hokazo) kelib qo'shilganini aytib berishadi. Bu o'yin «Ketgan kim?» o'yiniga qaraganda anchagina yengil. Uni dastlabki kunlarda o'tkazish mumkin. Bunday o'yinlar turli usullarda o'tkaziladi. Chunonchi: «Qaysi o'yinchoq yashirib qo'yildi», «Qaysi o'yinchoq qo'shib qo'yildi» va hokazo. Bolalarda noto'g'ri tushuncha hosil bo'lib qolmasligi uchun bir xil buyumlardan foydalanish kerak. Chunki o'yinchoqlar har xil bo'lgan taqdirda bolalar to'g'ri javob berolmay, «beshinchi» deyish o'rniga «o'yinchoq» yoki «kubik» deb yuborishlari mumkin va hokazo. «Sanayver» turidagi o'yinlar ham shu guruhga kiradi. Bolalarni doskaga chiqarish va safga tjzib qo'yish, keyinchalik esa to'g'ridan- to'g'ri qatorma-qator sanatish mumkin. 2. Didaktik o'yin: «Sanayver» yoki «Hisoblashni kim bilsadavom ettiraversin». Didaktik topshiriq: son qatori haqidagi tushunchani mustahkamlash. O'yin topshirig'i: har qanday sondan boshlab sanash va uni davom ettira olish. O'yinning borishi: bolalarga bir xil buyumlar berib qo'yiladi. Buyumni ko'rsata turib bola «bir» desa, ikkinchisi kelib «ikki» deydi va hokazo.
O'yinni buyumsiz o'tkazish va hisoblashni birdan boshlamaslik yo'li bilan bu o'yinni murakkablashtirish mumkin. Masalan, o'qituvchi «to'rt» desa, o'quvchi hisoblashni «besh» sonidan boshlab davom ettirishi lozim. So'ngra o'qituvchi uni to'xtatadi. Navbatdagi (chaqirilgan yoki partada o'tirgan) o'quvchi sanashni davom ettiradi. O'yin navbatma-navbat har bir qator bilan o'tkazilishi mumkin. Bu esa har bir safga tizilganlarda g'olib bo'lish istagini tug'diradi. 3. Didaktik o'yin: «Qo'shnilaringni top» Didaktik topshiriq: birinchi o'nlikda son bilan raqamning bir- biriga moslashuvi haqidagi tushunchani mustahkamlash. O'yin topshirig'i: tavsiya etilgan raqamlardan kerakligini topish va uni son qatorida o'z o'rniga qo'yish. O'yinning borishi: o'qituvchi (keyinchalik o'quvchi ham) doskada, sonlar kassasida yoki maxsus balandlikka bir necha raqam jadvallarini qo'yib, boshqa raqamlarga joy qoldiradi. Raqamlar o'qituvchining stolida bo'ladi, o'quvchi stolga yaqinlashib, kerakli («qo'shni») raqamni qidirib topadi va bo'sh joyga qo'yadi. Qatorasiga ikkita raqamni qoldirib ketish ham mumkin. Bitta raqamning o'zini qo'yish, masalan, «Uning ikkala qo'sh- nisidan birontasi ham yo'q. U zerikib qoladigan bo'ldi» deb, faqat 5 ni qo'yish mumkin. Bolalar uning yoniga 4 va 6 raqamini qo'yadilar, qolganlar esa 4 va 6 ning qo'shnilarini qidirishadi va hokazo. 15 Ba'zan faqat bitta raqamni ko'tarib ko'rsatishning o'zi kifoya. Doskaga chaqirilgan bolalar uning «qo'shni»larini topib beradilar. Butun o'yinni bolalarning o'zlari ham o'tkazishlari mumkin. Son qatori haqidagi tushunchani mustahkamlash uchun (tekshirish maqsadida) ham individual raqam jadvallari bilan mashg'ulot o'tkazish yaxshi natija beradi. Bolalarning qo'llaridagi konvertlarda 10 tadan raqam bor. O'qituvchi: — 2 raqami bilan 6 raqamini olinglar, partaga qo'yinglar. Men: «Oo'shnilarini topinglar!» deganimda, kerakli raqamlarni topib, ularning yoniga qo'yasizlar. O'qituvchining «Qo'shnilarini topinglar!» degan topshirig'i beri- lishi bilan vazifasini bajarilish boshlanadi.
O'qituvchi tez-tez u yoqdan bu yoqqa o'tib, bolalardan qaysi birining tushunmayotganligini, kimning to'g'ri, kimning noto'g'ri qo'yganligini ko'rib turadi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilarni raqamlar bo'yicha «sanatish» uchun doskaga chiqaradi. Doskaga chiqqan o'quvchi baland ovoz bilan «Bir, ikki, uch» va hokazo deb sanay boshlaydi. 4. Didaktik o'yin: «Qaysi son yo'q» Didaktik topshiriq: 20 gacha bo'lgan son qatori haqidagi miqdoriy tushunchani mustahkamlash. O'yin topshirig'i: son qatorini tahlil qilib, o'zi yo'q son bilan qo'shni sonlarni ajratib tashlab, o'sha sonni aytish. O'yinning borish: o'qituvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. — Men sonlarni qatorasiga yozib boraveraman, sizlar diqqat bilan qarab o'tiringlar, biron joyi noto'g'ri bo'lsa, aytasizlar, — deydi. O'qituvchi doskaga quyidagicha qilib sonlarni yoza boshlaydi: 10, 11, 12, 13, 14, 16 va hokazo. Bolalar tushirib qoldirilgan sonni darhol payqaydilar va o'qituvchi «yodidan chiqardi», deb o'ylaydilar. Chaqirilgan o'quvchi xatoni «tuzatadi» — doskada qaysi raqam «tushirib qoldirilgan» bo'lsa, o'sha yerdan boshlab yozilgan narsalarni o'chirib, o'sha yerdan boshlab yozib ketadi (yoki nima yozilishi kerakligini aytadi). Misol istalgancha o'zgartirilishi mumkin, masalan, 10 dan boshlab, 11, 12, 9, 13 va hokazo deb yozish mumkin. Bolalar raqamlar to'g'ri yozilmaganini sezadilar,o'qituvchi ulardan qaysi son qaysi son ketidan yozilishi kerakligini so'rab oladi. Sinfdagi o'quvchilarga baravariga hisoblatish mumkin, bunda o'qituvchi raqamlarni ko'rsatib turadi. 5. Didaktik o'yin: «Narvoncha» Didaktik topshiriq: 20 ichida qo'shish misollarini yechish. O'yin topshirig'i: «Narvoncha»ga tezda chiqish, ya'ni hamma misollarni yechish. O'yinning borishi: O'qituvchi oldindan har bir qator uchun alohida uchta «o't o'chirish» narvonchasini chizadi. O'qituvchi: —
Bolalar, narvonchaga!, pog'onali narvonchaga emas, balki «o't o'chirish narvonchasi» ga tez chiqib olish kerak, — deydida, 31 o'quvchini doskaga chaqiradi va ularga javobni qayerga (katak qarshisiga) yozish kerakligini tushuntiradi. (14+6= □ , 13+5= □ .) Hamma o'quvchilar o'z qatorlaridan chiqqan bolalarning masa-j lalarni qanday yechayotganlarini kuzatnb turishlari yaxshi natija beradi. Agarda biror o'quvchi masalani noto'g'ri yechsa, o'quvchilar darhol qo'l ko'tarib, uning narvondan «yiqilib» tushganini aytishadi. Murakkablashtirish — har bir qator «o'z» o'quvchisini emas, boshqa qator o'quvchisini kuzatadi, masalan, 3 - qator o'quvchilari 2 - qator o'quvchilarini, 2 - qator o'quvchilari 1 - qator o'quvchilarini, 1 - qator o'quvchilari esa 3 - qator o'quvchilarini kuzatadilar. Bu esa barcha o'quvchilar faolligini va masala yechayotganlar mas'uliyatini oshiradi. Bo'shroq o'quvchilarning kamroq «yiqilishi»ga intilish kerak, ularga yengilroq masalalar berib turish lozim. Bu o'yin bolalarga doskada bajarilayotgan amallarni yaxshilab tushunib olish imkonini beradi. Bolalar bu o'yinni o'ynash jarayonida esda saqlab qolinishi oldin qiyin bo'lgan qo'shish amalini puxta o'rganib oladilar va ularda barmoq bilan sanab o'tirishga ehtiyoj qolmaydi. Bu o'yinni barcha amallar bilan turli usullarda o'tkazish mumkin. 2 -guruh. Son tarkibibaqidagi tusbuncbani mustabkamlovchi o'yinlar Bu o'yinlarning ko'pchiligi jadvallar yoki ko'rsatma individual qurollar (geometrik shakllar solingan konvertlar) va hokazolar yordamida o'tkaziladi. 1. Didaktik o'yin: «Shuncha ajratib qo’y» Didaktik topshiriq: son tarkibini (5, 6, 7 va hokazo) mustahkamlash. O'yin topshirig'i: a) tavsiya qilingan jadvalga qarab, o'zining daftarida ham xuddi shuncha son ajratish; b) o'zining xohishiga qarab shakllarni almashtirib qo'yish. O'yinning borishi:
Tanaffus vaqtida bolalarga geometrik shakllar solingan konvertlar hamda o'rtasidan chiziq tortilgan qalin qog'oz beriladi. O'yin «Ko'rganni eslab qolish» tarzida o'tkaziladi. Lekin o'qituvchining qo'lidagi namunada shakllarning oddiy joylashuvi emas, balki muayyan bir tarkibi ko'rsatilgan bo'ladi.Masalan: O'qituvchi qo'lidagi namunani ko'rsatib turib, baland ovoz bilan: «Diqqat! Bir, ikki, uch!» —deydida, namunani olib qo'yadi. Bolalar masalani xuddi o'qituvchi ko'rsatgan namunadagidek qilib tez bajaradilar. O'z-o'zini tekshirish uchun namunalarga takror qarab olishga ruxsat etiladi. O'yin shu yo'sinda 3 — 4 marta o'tkaziladi. So'ngra o'qituvchining bolalarga xuddi shu o'yinning o'zini boshqa usullarda mustaqil suratda o'ynatishi yaxshi natija beradi.Bu o'yin bolalar qobiliyatini o'stiradi. O'qituvchi qatorlar oralab yurib, masalani kim qanday yechganligini aniqlaydi. O'yin oxirida bolalardan biror sonning qanday hosil bo'lishini takrorlab olishini albatta talab qilish kerak. Agar ular o'zlari tergan bo'lsalar, kimniki yaxshi chiqqanini aytishlari lozim. Odatda hamma o'quvchilar berilgan topshiriqlarni durustgina bajaradilar, ya'ni «g'olib chiqadilar». O'qituvchi ularning yaxshi o'ynaganliklarini qayd qiladi. 17 DIDAKTIK О'YINLARDAN NAMUNALAR «Sehrli saroy» o'yini Didaktik topshiriq: to'g'ri va xatosiz hisoblashga o'rgatish, kompyuter saboqlaridan ogoh qilish. O'yin topshirig'i: maktab ilm olish dargohi ekanligi haqida tushuncha berish. O'yin bayoni: Bor ekanda, yo'q ekan, qadim zamonda bir ona bo'lgan ekan. Uning uquvsiz bir o'g'li bor ekan. O'g'li yetti yoshga to'lganda onasi uni bir saroyga boshlab boribdi. U oddiy saroy emas, balki sehrli saroy ekan. Ular saroyga yaqinlashib kelishibdi. Saroyning katta eshiklari bor ekan. Uning derazalari ko'p, xonalari yorug', yo'laklari uzun ekan. Shunda onasi o'g'liga: «Bolaginam, men seni mana shu saroyga olib keldim. Sen bu saroyda 9 yil yashaysan. Undan keyin esa boshqa eshikdan chiqasan, bu yerga kelganday emas, balki butunlay boshqa holatda bo'lasan. Sen katta bo'lib qolasan, chiroyli va aqlli bo'lib yetishasan, ko'p narsani biladigan bo'lasan», — debdi. — Bolalar bu qanday saroy ekan-a? — Bu maktab, ilm olish dargohi. Sehrli saroyning ichkarirog'iga kirib borsak, bolalarning aqlini charxlovchi matematika faniga duch kelamiz. Matematika fanini o'rganishdan maqsad to'g'ri va xatosiz hisoblashni egallash bilan bir qatorda kompyuter saboqlaridan ogoh bo'lishdir. Bilimdon, zukko, komil insonlarni yetkazib berishda didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. «Koinotga uchamiz» o'yini Didaktik topshiriq: o'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini hosil qilish. O'yin topshirig'i: 10 soni ichida to'g'ri va teskari sanash malakasini shakllantirish. O'yin bayoni: O'quvchilar o'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. O'quvchilar qo'lini asta-sekin harakatlantirib 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 ,9 ,10 deb bosh qismgacha olib chiqadi. So'ng «Biz koinotga uchdik, endi bizga pastdan qo'ng'iroq bo'lyapti, demak yerga qo'nishimiz kerak», — deb bosh qismdan qo'lni ko'krak tomonga, ya'ni pastga harakatlantirib 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 deb sanashadi. Bu o'yin jarayonida o'quvchilar 10 soni ichida to'g'ri va teskari tartibda sanashni mukammal o'zlashtirib oladilar. Albatta, bu o'yinda hamma o'quvchi baravariga qatnashadi, ya'ni jo'r bo'lib qo'l harakati bilan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 deb sanaydilar. Yerga qaytamiz deyilganda teskarisiga sanaydilar. Demak, bu o'yin 10 soni ichida to'g'ri va teskari sanashni mustahkamlashga yordam beradi. «Besh barmoq» o'yini Didaktik topshiriq: raqamlarning turgan о'mini, nomlanishini mustahkamlash. O'yin topshirig'i: raqamlarni barmoqlar yordamida sanash malakasini shakllantirish. O'yin bayoni: Bu o'yin quyidagicha o'ynaladi deb, qo'l harakati bilan tushuntiriladi. O'ng qo'limda besh barmoq 1, 2, 3, 4, 5; chap qo'limda besh barmoq 6, 7, 8, 9, 10 deb ikki qo'lni bir-biriga urib qarsak chalinadi, so'ngra ikkalasi 10 barmoq deb aytiladi. Har bir barmoqning o'z nomi bor, ularning o'ziga xos xizmati bor. O'ng qo'limda besh barmoq. Chap qo'limda besh barmoq, Ikkalasi esh barmoq, Har birining nomi bor, O'z o'rnida joyi bor, Boshmaldoq, bannaldoq, O'rta terak, xo'ja merak, Kenja buva, Hammasi bo'lib, O'n barmoq. Bu o'yin qayta-qayta takrorlansa, o'quvchilarning 10 soni ichida qo'shish va ayirish haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. «Mening o'mim qayeida?» o'yini Didaktik topshiriq: 1 dan 10 gacha bo'lgan raqamlarning tartib bilan joylashishi haqidagi bilimni mustahkamlash. O'yin topshirig'i: o'quvchilarga 1 dan 10 gacha raqamlarning tartib bilan joylashuvini va bir-biri bilan taqqoslashni o'rgatish. O'yin bayoni: o'quvchilar o'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Sinfdagi o'quvchilarning qo'liga 1 dan to 10 gacha bo'lgan sonlar yozilgan sonli kartochka tarqatib chiqiladi. So'ngra ularga shunday topshiriq beriladi: qoiiga kartochka tekkan o'quvchilar doska oldiga kelib, o'z o'rnini bilib saflanadilar. O'quvchilar qo'llaridagi sonli kartochkaga qarab safdagi o'z o'rinlarini to'g'ri topa olishlari kerak. 1 raqamli o'quvchi birinchi o'rinda, 2 raqamli o'quvchi 1 raqamli o'quvchidan keyin, 3 raqamli o'quvchi esa 2 raqamli o'quvchidan keyin kelib turishi kerak. Shunday qilib, o'quvchilar safda quyidagi tartibda turib olgan bo'lishlari kerak: O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi topshiriqlarni beradi: 1- topshiriq: 1 soni 2 dan nechta kam? O'rtoqlaringizning qo'lidagi raqamlarga qarab, taqqoslab aytib bering. 2- topshiriq: 5 soni 4 dan nechta ortiq? O'rtog'ingizning qo'lidagi kartochkaga qarab taqqoslab aytib bering. 3- topshiriq: 9 sonining oldi qo'shnisi necha? (qaysi son?) 8, 6 sonining orqa qo'shinisi necha? 7 ekanini aytib bera olishlari kerak. 4- topshiriq: 8 soni qaysi sondan keyin, qaysi sondan oldin keladi. Bu o'yinda ham o'quvchilar qo'llaridagi kartochkalarga qarab to'g'ri va teskari tartibda sanatishga o'rgatiladi. Bu o'yinda safda o'z o'rnini adashtirib qo'ygan o'quvchilarning xatosi tushuntirilib, o'z o'rnida turib olishlari uqtiriladi. Masalan, 6 sonining o'miga 7 soni turmaydi, 7 soni 6 sonidan keyin kelishi tushuntiriladi, yoki 9 sonidan oldin 10 soni kelmaydi, 10 soni 9 sonidan keyin kelishi tushuntiriladi. Demak, bu o'yin orqali o'quvchilar har bir raqamning o'z o'mi bor ekanligini o'zlashtirib oladilar. «Zinama-zina» o'yini Didaktik topshiriq: o'quvchilar amallarni tartib bilan to'g'ri va tez hisoblashini mustahkamlash. O'yin topshirig'i: topshiriqlarni pog'onama-pog'ona bajarishda kim g'olibligini aniqlash. 19 O'yin bayoni: O'quvchilarning bilim doirasini kengaytirish va fikrlarini charxlashda sonlar tartibi, sonlar ustida arifmetik amallar bajarishga oid- tushunchalarini mustahkamlash. O'quvchilar sonlar ketma-ketligi, ularni taqqoslash uslublarini puxta egallaydilar. 5+5 2+4 7-3 3+2 6-3 2+5 9-4 Quyidagi topshiriqlar bilan o'quvchilar bilimini mustahkamlash mumkin: 1- topshiriq: Zinaga ko'tarilish qismida qanday misollar bor ekan? 2- topshiriq: Zinadan pastga tushayotganda esa qanday misollarni ko'ryapsiz? 3-topshiriq: Ularni o'qing va javobini aytib bering va hokazo. Misollarni quyidagicha o'qish kerakligi tushuntiriladi: 3 bilan 2 ning yig'indisi yoki 7 bilan 3 ning ayirmasi deb o'qiladi. O'yin-10-15 minut davom etadi. Misollarni kartochkaga yozib almashtirib turish mumkin. Bu o'yin orqali misollarning javobini tez va aniq bajarishni, sonlarni taqqoslashga puxta o'rgatish mumkin. «Nima o'zgardi?» o'yini Didaktik topshiriq: geometrik shakllar orqali o'quvchilarning fazoviy tasawurlarini mustahkamlash. O'yin topshirig't: narsalarning ornini almashtirish orqali o'quv- chilarni sezgirlikka, zukkolikka, topqirlikka o'rgatish. O'yin bayoni: o'quvchilar o'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Bu o'yinni o'yinchoqlar, o'quv qurollari, rasmlar, geometrik shakllar bilan o'quvchilarni qiziqtirish maqsadida rang-barang narsalardan foy- dalanish mumkin. Masalan, o'qituvchi stol ustiga qo'g'irchoq, mashina, ayiqcha, quyoncha, koptok, piramida, kuchukcha kabi o'yinchoqlarni qo'yadi va quyidagi topshiriqlarni beradi: 1- topshiriq: Diqqat bilan qarang-chi, qaysi o'yinchoqlar turibdi? 2- topshiriq: Ular nechta? 3- topshiriq: Ular qanday qo'yilgan? 4- topshiriq:Ko'zingizni yuming? (o'qituvchi ikkita qo'shni o'yinchoqning o'rinlarini almashtiradi) 5-topshiriq: Diqqat bilan qarang-chi, nima o'zgardi? O'quvchilar diqqat bilan qarab ayiqcha bilan quyonchaning o'rni almashtirilganligini topib, aytib beradilar. O'yin shu tariqa 3 — 4 marta turli usullarda davom ettiriladi. Bu o'yinni geometrik shakllar bilan ham o'tkazish mumkin. Ko'rgazmali qurolning orqa, oldi tomoniga geometrik shakllar yopishtirilgan bo'ladi. 1. 2. Birinchi shakl ko'rgazmali qurolning oldi tomoni, ikkinchisi esa orqa tomonidir, ular har xil rangdagi qog'ozlardan tayyorlangan bo'ladi. O'qituvchi ko'rgazmali qurollarning orqa tomonini o'girib, diqqat bilan qarang-chi, nima o'zgaribdi? — deb o'quvchilarga topshiriqlar berishi mumkuin. 6- topshiriq: Qaysi shaklning o'rni almashganligini toping. 7- topshiriq: Kvadrat bilan uchburchakni farqlay olasizmi? 8- topshiriq: Kvadrat bilan to'rtburchakni farqlay olasizmi va hokazo. O'yin 5-10 minut davom etadi. Geometrik shakllarning (ko'rgaz- malar orqali) orinlarini almashtirib turish o'quvchilarning fazoviy tasawurlarini o'stirish, fikrlash qoboliyatini kengatirishga yo'nal- tiriladi. «Nima yashirindi?» o'yini Didaktik topshiriq: o'quvchilarning narsalar, shakllar orqali sezgirligini mustahkamlash. O'yin topshirig'i: narsalarning yashiringanligi va ularni topish orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. O'yin bayoni: "Nima yashirindi» o'yini «Nima o'zgardi?» o'yiniga o'xshab ketadi. Bunda ham turli narsalar: o'yinchoqlardan,shakllardan foydalanish mumkin. O'qituvchi stol ustiga har xil mashina o'yinchoqlaridan 8 tasini qator qilib qo'yadi. So'ng o'quvchilarga quyidagi topshiriqlar bilan murojaat qiladi. 1- topshiriq: Diqqat bilan qarang-chi, nechta mashina turibdi? 2- topshiriq: Ularning rangi qanaqa? Mashinalarning nomini bilasizmi? 3- topshiriq: Yana qanaqa mashinalarni bilasiz? 10. topshiriq: Ko'zingizni yuming (mashinalardan beshtasini yashirib qo'yadi). Ko'zingizni oching. Nechta mashina yashiringan, qaysinisi, rangi qanaqa? Shu tariqa o'yin bir necha marta takrorlanadi. Agar javob noaniq bo'lsa, qilingan ishni takrorlash foydali bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarni faollashtirish maqsadida bu o'yinni raqamlar bilan ham o'tkazishi mumkin. Magnit doskaga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8,10 raqamlari terib qo'yilgan bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarning ko'zini yumdirib bitta raqamni yashirib qo'yadi. So'ng o'quvchilarga qaysi raqam yashiringanligini so'raydi. Masalan, 1, 2, 3, 4, 5, 6, ..., 8, 9. Demak, 7 soni yashiringanligini topib aytib beradilar. Bu o'yin ham o'quvchilarni hoziijavoblikka chorlaydi. «Chaqqon bilimdonlar» o'yini Didaktik topshiriq: o'yin o'quvchilarning fikrlash qobiliyati, qiziqishi, mantiqiy tafakkurini o'stirish va topqirlik, ziyrakligini rivojlantirish. O'yin topshirig'i: 10 ichida qo'shish va ayirish jadvali haqidagi bilimlarni mustahkamlash. O'yin bayoni: Sinf o'quvchilarini 3 guruhga bo'lib, har bir guruh uchun sardor saylanadi. Har bir o'quvchi uchun alohida varaqlarda misollar yozilgan topshiriqlar beriladi. Boshqaruvchi ruxsat berishi bilan har bir guruhning sardori chiqib doskaga javobini yozadi. Qaysi guruh birinchi bo'lib to'g'ri javobini yozib bersa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.
1-topshiriq: 1-gunih 3+5 4+3 4 + 2 5 + 3 6+3 2+1 7+1 8+2 21 34-4 27+3 53+7 10+9 2-guruh 4+2 5+4 6+1 7+3 8+1 4+ 4 4+5 5+4 3-guruh 5 + 3 3 + 4 3 + 3 2+1 7 + 2 8 + 2 1+6 9+1 Bu o'yinni 10 soni ichida emas, balki 100 soni ichida ham o'tkazish mumkin.
2-topshiriq: 1-guruh 20+7 16+4 45+5 60 + 30 2-guruh 70+7 15 + 5 30+8 40 + 40 3-guruh 50 + 9 35 + 4 80+3 50 + 50 Misollar o'quvchilarning o'zlashtirishiga qarab tuziladi.
O'quvchilarning 10 soni ichida olgan bilimlarini mustahkamlash, topqirlikka o'rgatish bilan bir qatorda do'stlik, birodarlik ruhida tarbiyalashga ham yordam beradi. «Sharlar yorildi» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning arifmetik amallarni to'g'ri bajarishga oid bilimini mustahkamlash. O'yin topshirig'i: Misollar yozilgan o'yin sharlaridagi topshiriqlarni hisoblashga o'rgatish. O'yin bayoni: O'qituvchi o'quvchilarni o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. Har xil rangdagi sharlar, ularning har birida misol yozilgan. Kim misolning javobini to'g'ri topsa, o'sha shar yorilgan bo'ladi. O'quvchilar bu misolning javobini topishga oshiqadilar. Shuning uchun bu o'yin topqirlikka, hozirjavoblikka, chaqqonlikka, zukkolikka chorlaydi. Sharlar qizil, sariq, ko'k, yashil bo'li- shi mumkin. O'qitish samaradorligini oshirish maqsadida o'yinlarni turli usullarda tashkil qilish mumkin «Quvnoq vagonlar» yoki «poyezd» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning arifmetik amallarni baja- rishlari jarayonida yo'l qo'yiladigan xatoliklarni bartaraf etishga o'rgatish. O'yin topshirig'i:
Topshiriqlarni doiraviy misollar yechish orqali o'quvchilarning bilimini mustahkamlash. O'yin bayoni: O'qituvchi o'quvchilarga quyidagicha savol beradi: — Siz qanday transportlarni bilasiz? — Javob: — avtobus, tramvay, trolleybus, poyezd, metro, yengil mashinalar. — O'qituvchi: Juda to'g'ri javob qildingiz, endi biz sizlar bilan «Quvnoq vagonlar» o'yinini o'ynaymiz.
Bu o'yinni turlicha o'tkazish mumkin. 17-2 15+1 16-8 8+10 18+2 20 - 5 15+4 19 - 4 8+7

  1. topshiriq: Ko'rgazmali qurolda ko'rsatilgan misollarning javobini topish lozim. 17-2=15, 15+1 = 16, 16—8 = 8, 8 + 9=17 17 + 0=17 18 + 2 = 20, 20-5=15, 15 + 4=19, 19-11=8 8+10=18

Misollarning javobini topganlaridan so'ng uning qiziqarli tomonini topishga da'vat etiladi. Oiziqarliligi shundaki, o'quvchilar birinchisining javobi, ikkinchisining boshlanishi “zanjir”ga o'xshash ekanligiga iqror boiadilar. 2- topshiriq: O'quvchilarning oldiga misol yozilgan kartochka yopishtirib qo'yiladi. U misollarning javobini tez va chaqqon topgach, o'quvchilar kim-kimdan keyin turishini bilib oladilar. Bir o'quvchi parovoz, qolganlari vagonchalar bo'lib ketma-ket turib olishlari kerak. Xato qilgan o'quvchilarga yordam beriladi. Shu tariqa o'yin bir necha marta takrorlanadi. 3-topshiriq: Yuk tashuvchi poyezdlar vagonlariga sabzavotlar, mevalar yuklab, ulami bir shahardan ikkinchi shaharga jo'natish mumkin. piyoz olma sabzi uzum O'quvchilar misollarning javobini topib, necha kilogramm jo'natilayotganini chaqqonlik bilan aytib berishlari lozim. Bu bilan bolalarning massa o'lchovlari haqida olgan bilimlari mustahkamlanib boriladi. Dam olish daqiqasida «Svetofor» qo'shig'i aytiladi. Uchta chaqmoq ko'zim bor, Svetofor, svetofor, svetafor. Qizil, yashil, sap-sariq, Svetofor, svetofor, svatofor. Yashil ko'zim chaqnasa, Demak, bilki yo'l ochiq. Qizil ko'zim chaqnasa, Yo'l bekilar taqqa-taq. Sariq ko'zim chaqnasa, Bir oz kutgil hamma vaqt. Ko'zlarimga og'ayni, Nazar tashla hamisha. Ko'chalardan o'tganda, Kapalakdek shoshilma. O'quvchilarga yo'l harakati qoidalariga qattiq rioya qilish zarurligi tushuntiriladi. «Raketa» o'yini Didaktik topshiriq: O'yin jarayonida o'quvchilar matematik bilim, topqirlik, hushyorlikka oid malaka va ko'nikmalarni egallaydilar. O'yin topshirig'i: O'qitish samaradorligini oshiradigan o'yinni musobaqa darslari sifatida tashkil qilish. 20+9 43+7 67-7 60+40 23 O'yin bayoni: magnitli doska, qalin qog'ozdan yasalgan yarim oy va raketalar. Raketalar sinfdagi qatorlar soniga teng bo'ladi va ularga «Во'гоп», «Paxtakor» deb nomlar yozib qo'yiladi. Shuningdek, raketalarning orq'a tomoniga qatordagi o'quvchilarning soniga teng misollar yozilgan qog'oz qistiriladi. Bu esa, misollarni har darsda o'zgartirib turish imkonini beradi. Oy magnit doskaga yopishtiriladi. O'qituvchi orqasiga misollar qistirilgan raketalarni ' har bir qatorning birinchi partasida o'tirgan o'quvchilarga tarqatadi.
Qaysi qatorning raketasi birinchi bo'lib oyga qo'nadi? — degan savol qo'yadi. Qatorning har bir o'quvchisi raketa orqasiga yozilgan misolning bittasini yechib, raketani o'zidan keyingi o'quvchiga uzatadi. O'yin shu tartibda davom etadi. Qaysi qator birinchi bo'lib misollarni yechib tugatsa, raketani o'qltuvchiga olib keladi. O'qituvchi misollarning to'g'ri yechilganligini U'kshiradi. Misollarni to'g'ri va tez bajargan qator raketasi oyga birinchi bo'lib qo'ngan hisoblanadi. Raketa doskadagi oyga yopishtirib qo'yiladi. Shuningdek, to'g'ri va tez bajarilgan misollar loniga qarab, qolgan qatorlarning ham rake talari oyga nechanchi O'rinda yetib kelganligi aniqlanadi. 10-15 minut davomida harakatli, qlziqarli o'yinlar hayotga bog'lab, musobaqa asosida tashkil qilinsa, bu o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini oshiradi.
O'qituvchi o'quvchilarning ishini ko'rib rag'batlantirib, baholab berishi kerak. Ana shunda sinfdagi eng past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham to'g'ri va tez ishlashga harakat qiladi. «Parashutda sakrash» o'yini (1-usul) Didaktik topshiriq: O'quvchilarning matematik topshiriqlarni bajarish jarayonidagi o'zlashtirish ko'nikmalarini puxtalash. O'yin topshirig'i: O'quvchilarni o'yin orqali topshiriqlarni to'g'ri va aniq bajarishga da'vat etish. 27-7 42 + 8 60 + 8 53+7 O'yinda misollar og'zaki bajariladi. Buning uchun, doskaning yuqori qismiga parashutlar, pastki qismiga esa misollar yozilgan varaqlar yopishtiriladi. Bu o'yinda ishtirok etishni istagan o'quvchi doskadagi misol to'g'risiga javobi to'g'ri keluvchi parashutlarni qo'yishi kerak. Qolgan o'quvchilar esa, misolning bajarilishini kuzatib turadilar. Agar o'quvchi misolni to'g'ri bajarsa, parashut da sakragan hisoblanadi va o'qituvchi tomonidan rag'batlantirilib, baholanadi. Bu o'yin ham o'quvchilar uchun juda qiziqarli bo'lib, ularni tez va to'g'ri hisoblashga o'rgatadi. «Parashutda sakrash» o'yini (2-usul) Didaktik topshiriq: O'quvchilarning matemetik topshiriqlarni bajarish jarayonidagi o'zlashtirish ko'nikmaiarini puxtalash. O'yin bayoni: Bu o'yinni qiziqarli qilib o'tkazish uchun o'qituvchi oldindan quyidagilarni tayyorlab qo'yadi: Magnit doska, qalin qog'ozdan yasalgan parashutlar va misollar yozilgan varaqlar. Parashutlarning soni varaqlar soniga teng bo'ladi. Magnit doskaga yopishish uchun parashut va varaqlarning orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlanadi. So'ng o'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. O'yin topshirig'i: o'quvchilarni yana ham donolikka, zukkolikka, tupqirlikka chorlash. O'yin bayoni: «Parashutda sakrash» o'yinining ikkinchi usulini ham tavsiya qilamiz. O'yin o'tkazishdan oldin o'qituvchi quyidagilarni tayyorlajb qo'yadi: magnit doska, qalin qog'ozdan yasalgan parashut, parashutlarning pastki qismini konvertga o'xshatib yasash, varaqlarga misollar yozib qo'yish, bu varaqlarni tez-tez almashtirib turish uchun qulaylik yaratish. Pastki qismiga esa javobi yozilgan varaq yopishtirilgan bo'ladi. 6 89 60 Bu o'yin oldingi o'yindan nimasi bilan farqlanishini o'qituvchi musobaqani boshlamasdan oldin tushuntirib berishi lozim. Buning uchun doskaning yuqori qismiga parashutlar, pastki qismiga esa parashutning konvertiga (cho'ntagiga) yozilgan misollarning javobi yozilgan doirachalar yopishtiriladi. O'quvchilar bu o'yin oldingi bajarilgan o'yinning teskarisi ekanligini tez fahmlab oladilar. O'quvchilarni doskaga chaqirib, sen qizil rangdagi parashut, sen esa sariq, sen yashil, sen jigarrangdagi parashutsan deb ko'rsatma beriladi. Parashutdagi misollarning javobi pastki qismdagi doirachalarga joylashtirilgan. Kim javoblarni to'g'ri topsa, o'sha o'quvchi g'olib hisoblanadi. Shu tariqa o'yin bir necha marta takrorlanadi. Bu o'yin ham o'quvchilarni chaqqonlikka, aqlini charxlashga undaydi. 25 «Olma terish» o'yini Didaktik topshiriq:
Matematikadan berilgan topshiriqlarni o'quvchilar jamoa bo'lib bajarish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash. O'yin topshirig'i: O'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini о'stirish. O'yin bayoni: O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi, qanday bajarish haqida ma'lumot beradi. Bu borada o'qituvchi oynai jahon orqali berilayotgan «Oltin toj» ko'rsatuvini eslashga da'vat etadi. Topshiriq xuddi «Oltin toj»dagi o'yinga o'xshatib bajariladi. Bu o'yinni tashkil etish uchun o'qituvchi quyidagilarni tayyorlab (jo'yadi: magnit doska, yozuv doskasi, olma daraxtining rasmi, qalin qog'ozdan yasalgan olma mevasining shakllari va savatchalar. Olma mevasining soni sinfdagi o'quvchilar soniga, savatchalar esa qatorlar yoki guruhlar soniga teng bo'ladi. Magnit doskasiga qistirish uchun, olma daraxti rasmi chizilgan ko'rgazma va olma mevalarining orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlanadi. Shuningdek, olma mevalarining o'rqa tomoniga yozib qo'yilgan misollarni tez-tez dlmashtirib turish mumkin. Magnit doskasiga olma daraxti chizilgan ko'rgazma yopishtiriladi. O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, olma terish orqali arifmetik amallarni bajarish musobaqasi haqida tushuncha beradi. Guruhlarga olmani terib solish uchun bittadan savatcha beradi. Bu shartni bajarish uchun, avvalo yozuv doskasi oldiga guruhdan tartib bilan bittadan o'quvchi chiqadi. Olma terish uchun har qaysi guruh o'quvchilari olma daraxtidan bittadan olmani uzib, uning orqasidagi misolni (o'z guruhlari uchun ajratilgan joyda) bajarishadi.
2.2. «Sehrli saroy» o'yini
Guruhdagi o'quvchilar ham shu misollarni mustaqil bajaradilar. O'yinda eng ko'p olma tergan (ya'ni ko'p misol yechgan) guruh g'olib hisoblanadi. O'qituvchi misollar to'g'ri yoki noto'g'ri yechilganini nazorat qiladi. Agarda o'quvchi misolni noto'g'ri yechsa, u olmani daraxtdan uzmasdan, yerdan olgan hisoblanadi. Noto'g'ri yechilgan misolni guruhdagi boshqa o'quvchi doskada bajarishi mumkin. O'qituvchi «Ana endi misollarning javobini to'g'ri topdingiz, endi bemalol olmani yesangiz ham bo'ladi», deb bolalarni qiziqtiradi. Bu o'yinni boshqa usulda ham bajarish mumkin. Xuddi «Oltin toj» o'yiniga o'xshab uchala qatordan bittadan o'quvchini chiqarib o'z qo'lingiz bilan bittadan olma uzib oling, uning javobini qaysi biringiz birinchi aytsangiz o'sha o'quvchi g'olib hisoblanadi deb tushuntiriladi. Buni eshitgan o'quvchilar chaqqonlik bilan misolning javobini topishga harakat qiladilar. Undan tashqari «olmalar qaysi faslda pishadi?» deb so'ralganda o'quvchilar yoz, kuz deb javob beradilar. Demak, bu o'yinni ko'proq kuz, qish faslida o'tkazish maqsadga muvofiq. Kuz faslida olmalar yig'ib terib olinayotgan payt bo'lsa, qishda esa g'amlab qo'yilgan olmalar haqida ma'lumot berish mumkin. Olmaning o'rniga boshqa mevalarni qo'yib ham shu o'yinni tashkil etish mumkin. Masalan, nok, shaftoli, ishkomdan uzum uzib olish, behi va hokazo. Bu mevalarning bizga foydasi, qanday vitaminlarga boy ekanligi haqida og'zaki so'rab bilimlarini boyitib borish mumkin. Masalan, ayniqsa, behi shamollash uchun davo ekanligini tushuntirib, matematika fanini boshqa fanlar bilan bog'lab o'tish maqsadga muvofiqdir. Demak, bu o'yin o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o'stirishga yordam beradi. «O'ylab top» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning fazoviy tasawurlarini shakllantirish. O'yin topshirig'i: Doiraviy misollar yechish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stirish. O'yin bayoni: Bu o'yinni o'ynash uchun magnitli doska yoki paxmoq doska, sayyoraning rasmi, kartochkalarga yozilgan misollar tayyorlab qo'yiladi. Bu o'yin shunday o'ynaladi. Magnit doskaga misollar yozilgan kartochka orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlab qo'yiladi. Kartochkadagi misollarni o'quvchilarning o'zlari o'sib borish tartibida joylashtirishi lozim. Masalan: O'qituvchi bu o'yinda samolyot yerdan, asta-sekin yuqoriga ko'tarilib borar ekan, misollarni yechganda javobi ham o'sib borish tartibi haqida o'quvchilarga tushuncha beradi. Samolyot osmonga ko'tarilib, asta-sekin yerga kelib qo'nadi. O'quvchilar misollarning javobini to'g'ri topdilarmi, yo'qmi, buni o'qituvchi nazorat qilib borishi kerak.
O'quvchilar misollarning javobini to'g'ri topsalar, samolyot to'g'ri uchayotgan bo'ladi. O'quvchilarni yanada qiziqtirish maqsadida, bu o'yinni «Doiraviy misollar» o'yini deb ham o'tkazish mumkin. «Doiraviy misollar» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish. O'quvchilar bilimini tez va chaqqon fikrlashga o `rgatish. O'yin topshirig'i: Doiraviy misollar yechish orqali o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stirish. O'yin bayoni: Bu o`yin xuddi oldingi o'yinga o'xshab bajariladi. Faqat yerdan ko`tarilayotgan tayyoralar yolida uchraydigan kartochkadagi misolning javobi, yerga qo'nayotgandagi misolning javobiga to`g`ri kelishi kerak. O'yin davomida misollarning javobi ogzaki savol-javob orqali aniglanadi. O'quvchilar yer osti, yer ustki transportlaridan tashqari havo transportlaridan samolyot haqida to'liq ma'lumotga ega bo`ladilar.. O'qituvchi o'quvchilarga shunday savol qo'yishi mumkin: Kelajakda kim bo'lmoqchisiz? Bu bilan o`quvchilarni kasb tanlashga qiziqtirish uslublarini izlashga o'rgatib boradi. Ayniqsa, o'yinning hayotga bog'lab olib borilishi o'quvchilarni hushyorlikka o'rgatish bilan bir qatorda, ularni hayotning sirlaridan xabardor qilishga ham o'rgatadi. 59+11 70+0 70-50 20+9 29+10 39+20 27 «Archani bezash» o'yini Didaktik topshiriq: Fanlararo aloqadorlikni mustahkamlash. O'yin topshirig'i: Arifmetik amallar bajarishni puxtalash. O'yin bayoni: Bu o`yin uchun magnitli doska yoki paxmoq doska, archa daraxtining rasmi, qalin qog'ozdan yasalgan archa o'yinchoqlar, o'yinchoqlar solingan quticha, archa o'yinchoqlarining orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlangan bo'ladi. O'qituvchi o`yinning sharti, qoidasi bilan tanishtiradi. Magnit doskaga archa daraxti chizilgan ko'rgazma yopishtirib qo'yiladi. Bu o'yinda o'quvchilar qutichadagi archa o'yinchoqlarini archaga osish uchun, o'yinchoq orqasidagi misolni doskada bajarishadi. Misolning javobi to'g'ri bajarilsa, o'yinchoq archaga osib qo'yiladi. Archada misol noto'g'ri bajarilsa, o'quvchi o'yinchoqni sindirib qo'ygan bo'ladi. Bu esa o'quvchi uchun xato ish bo'lib, bundan keyin uning misolni iloji boricha to'g'ri bajarishga, doimo hushyor bo`lishga undaydi. - Bolajonlar, archa qachon yasatiladi, deb o`gituvchi savol bilan murojaat etadi. - Archa har yili Yan4i yilni kutib olishdan avval vasatiladi, deb o'quvchilar javob berishadi. - Bu yil nechanchi yil? Qanaqa yil? Yoki, yangi yil haqida, archa haqida qanday she'r, topishmoglarni bilasiz? Qo'shiq ham bilasizmi, deb oqituvchi savol bilan murojaat etadi. Matematika boshqa fanlar bilan bog'lab oqitilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. «Gul sayli» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarni faollashtirishga yo'naltirish. O'yin topshirig'i: Topshiriqlaming fasllarga xos holda bajarilishini mustahkamlash. O'yin bayoni: Gul sayli o'yini uchun magnit doskasi, yozuv doskasi va qalin qog'ozdan yasalgan gullar tayyorlanadi. Gullar sinf o'quvchilarining soniga teng bo'ladi. Gulining orqasiga magnit plastinkasi yelimlanadi va qora qalam bilan misol yoziladi. Chunki, oddiy qalamda yozilgan misolni o'chirib, keyingi darslarga yangisini yozish mumkin. O'qituvchi o'yinning sharti va qoidasi bilan tanishtiradi. Gullar magnit doskasiga betartib yopishtiriladi. Bunday ko'rinish gulzorni ifodalaydi.
O'qituvchi o'quvchilarga guruhlarga bo'linib, gul terishni aytadi. O'yinda eng ko'p gul tergan guruh g'olib bo'ladi. Gul terish uchun har qaysi guruhdan tartib bilan bittadan o'quvchi chiqib, magnit doskasidagi gullardan bittasini oladi va orqasiga yozib qo'yilgan misolni dars doskasida yechadi. Qolgan o'quvchilar misollarni daftarlarida mustaqil bajaradilar. Misolni noto'g'ri bajargan o'quvchi gulni uzishda sindirib qo'ygan hisoblanadi. Noto'g'ri yechilgan misolni guruhning navbatdagi o'quvchisi chiqib to'g'rilaydi. O'qituvchi bu o'yin orqali oquvchilaga tabiat sirlari haqida tasavvur beradi. «Topgan topaloq» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarni matematika darslarida faollash- tirishga yo'naltirish. O'yin topshirig'i: Oquvchilarning topqirlikka oid bilim, malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash. O'yin bayoni: Magnit doska, turli xildagi mevalar rasmi, sabzavotlar, poliz ekinlari bilan ham bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish mumkin. O'qituvchi o'quvchilarni o'yinning qoidasi bilan tanishtiradi. O'yinning sharti quyidagicha tushuntiriladi. Mevalarning rasmi alohida, barglarining rasmi alohida qilib magnit doskachaga yopishtiriladi. O„quvchilar mevalarga yozib qo'yilgan misolning javobini barglaridan qidiradilar. Albatta, rasmlar tartibsiz qilib yopishtiriladi, qaysi barg qaysiniki ekanligini topa olishlari kerak. Har bir meva (sabzavot, poliz ekinlari) larning o'z barglanni topa bilgan o'quvchi g'olib deb hisoblanadi. O'quvchilar bilimini aniqlashda o'qituvchi quyidagi savollardan foydalanishi mumkin: Mevalarga nimalar kiradi? Mevalardan nimalar tayyorlanadi? Sabzavotlarga nimalar kiradi? Ular nimalarga ishlatiladi? — Ular qachon yig'ib olinadi? Poliz ekinlariga nimalar kiradi? — Ular qachon yig'ib olinadi? Hosil bayrami qachon boiadi? Bilgan she' rlaringizdan aytib bering. Bozorda qish yo yozdir, eng kerakligi piyozdir. Oshga solmay ko'ring-chi, ta'm bermaydi guruchi. Hatto qo'shsang jizzali, nonni qilgum mazali. Erta bahor eksangiz, ko'kligimda bitganim foyda, men kerakman har joyda. (piyoz) Bunday o'yinlar orqali o'quvchilarga meva, cabzavot, poliz ekinlarining ahamiyatliligi haqida egallagan bilimlari mustah- kamlanadi. «Estafeta» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning matemetika darslarida faolligini oshirish. O'yin topshirig'i: O'quvchilarning topqirlikka, chaqqonlikka, ziyraklikka oid bilim, malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash. O'yin bayoni: Bu o'yin uchun quyidagi jihozlarni tayyorlash lozim: magnit doska, qalin qog'ozdan yasalgan qayiqchalar, ularning cho'ntakchasiga solib qo'yish uchun misollar yozilgan varaqlar. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Kim quyidagi misolni birinchi yechsa, o'sha o'quvchi oldinda suzib ketayotgan bo'ladi, g'oliblar shu tariqa ketma-ket aniqlanadi. 29 O'yinda kim misolning javobini tez topsa, o'sha o'quvchining kemasi oldinda suzib ketayapti deb o'quvchilarni rag'batlantirib borilsa, o'quvchilarda qiziqish shuncha ortadi. Mehnat darsida turli xildagi ko'rsatmali ko'rgazmalar (kema) yasatish ayni muddao bo'ladi. O'qituvchining o'yin musobaqa darslarini yil fasllariga moslab tashkil qilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Dars jarayonida bir xil o'yindan ko'p marta foydalanish o'quvchilarni zeriktiradi, shuning uchun ko'p va har xil o'yinlardan unumli foydalanilsa, o'quvchilcirning darsga bo'lgan qiziqishlari va faolliklari shunchalik ortadi. «Estafeta» o'yinini «Doiraviy misollar» o'yini tarzida ham o'tkazib borish katta ahamiyat kasb etadi. «Qurilishga sayohat» o'yini Didaktik topshlriq: O'quvchilarning matemetika darslarida hayot bilan bog'lab o'qitilishdagi faolligini oshirish. O'yin topshirig'i: Oquvchilarni matemetika darslarida turmush bilan bog'lab o'qitish va kasb-hunarga qiziqishini orttirish. O'yin bayoni: Bu o'yin 2 sinfda 1000 ichida to'rt amalni o'rganilgandan so'ng mustahkamlash bosqichida o'tkazilishi mumkin. O'yin jihozi uchun magnitli dars doskasi, qalin qog'ozdan yasalgan uyning poydevoridan to to'liq tayyor bo'lganiga qadar bo'lgan jarayonni aks ettiruvchi tasvir va 5 ta bosqichga 5 ta kartochkaga yozilgan topshiriq tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Uy yonidan o'tuvchi yo'lga yengil mashina o'yinchog'i yoki rasmi qo'yiladi. Uyning poydevori qurilishdan tomi yopilguncha bo„lgan 5 ta bosqichning har birida bittadan jami 5 ta kartochka yozilgan topshiriqlar beriladi. O„quvchilar 3 guruhga bo„linadi (3 qator parta 3 guruh deb o„rgatiladi). Har bir guruhdan o„quvchi chiqib 1-rasm orqasiga yopishtirib qo'yilgan topshiriqni o'qiydi (Наг bir guruh uchun bittadan misol yoziigan boiadi). 1. Misolni doskada yechadilar. 1-guruh 2-guruh 3-guruh 19—x=2 x—2 = 8 34—x= 10 1 2 3 4 5 3 nafar o'quvchi tenglamani yechib bo'lgandan keyin uyning poydevori qurib bo'linadi. Bir o'quvchi chiqib mashinani 2 - uyning tagiga surib qo'yadi. Yana 3 o'quvchi (har bir guruhdan 1 nafar) chiqib savolni olib o'qiydi. 2. Misollarni yeching: 1-guruh 2-guruh 3-guruh 328 + 687 — 435 219 + 164 + 421 213 + 784- 428 Amal hadlari nomlarini to‟g'ri aytib, tushuntirib yechiladi. Mashina 3-raqamli uyning tagiga suriladi, savolni o'qib eshittiriladi. Unda quyidagi misollar berilgan bo'lib, o'quvchilar xatosini topishlari kerak. gr. 3. 320+10 = 400 (o'quvchi 330 hosil bo'ladi deb aytadi). gr. 140 + 20= 160 ( o'quvchi to'g'ri bajarilgan deydi). gr. 270+ 10 = 290 (o'quvchi 280 hosil bo'ladi deb aytadi). Dam olish daqiqasi o'tkaziladi. Bir, ikki bu hisob Raqamlarni o'ylab top? Hisob darsi aql dars Savollarga javob top! Mashina 4-uyning yarmida to'xtatilib, topshiriqdagi savol o'qiladi. 4. Magnit doskaga misollar yozilgan ko'rgazmali qurol yopishtirib qo'yilgan. Har bir qatordan 1 nafar o'quvchi chiqib javobini aytishi lozim. 1-guruh 2-guruh 3-guruh 420 + 50 - 100 = 370, 350 + 50 - 40 = 360, 700 + 50 - 50 = 700 o'quvchining javobi: 420 bilan 50 ning yig'indisi 470, 470 bilan 100 ning ayirmasi 370. o'quvchining javobi: 350 bilan 50 ning yig'indisi 400, 400 bilan 40 ning ayirmasi 360 ga teng. o'quvchining javobi: 700 bilan 50 ning yig'indisi 750, 750 bilan 50 ning ayirmasi 700 ga teng, deb chaqqonlik bilan aytib berishlari kerak. Mashina nihoyat 5- uyning yoniga surib qo'yiladi. 5. Masala. Bilmasvoyga yordam bering! Do'konda bir kunda 265 kg shakar sotildi. Sotuvdan keyin do'konda yana 138 kg shakar qoldi. Dastlab do'konda necha kilogramm shakar bo'lgan? Masalaning qisqa sharti: Sotildi - 265 kg Qoldi - 138 kg 31 Bo'lgan - ? Yechish: arifmetik usul x-265=138 1) 265+138 = 403 kg shakar x=138+265 x=403 Javob: Dastlab do'konda 403 kg shakar bo'lgan. Mana bolajonlar, uyning poydevoridan boshlab to bitgunga qadar mehnat qildik. Uyimiz tayyor bo'ldi. Sinf sharoitiga qarab masala, misollarni o'zgartirib turish mumkin. Kim quruvchi bo'lmoq-chi? deb o'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirish mumkin. «Jim» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning og'zaki hisoblashga doir malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash. O'yin topshirig'i: O'quvchilarning fikrlash qobiliyati va tasavvurini shakllantirish. O'yin bayoni: Bu o'yin uchun quyidagi jihozlar tayyorlanadi. Magnitli doska, turli shaklda berilgan misollar yozilgan ko'rgazmalar, raqamli kartochkalar. O'qituvchi o'yinning sharti bilan o'quvchilarni tanishtiradi. Magnit doskaga turli shaklda misollar yozilgan rasm yopishtirib qo'yiladi. So'ng o'qituvchi qaysi misolni ko'rsatsa, o'sha misolning javobini raqamli kartochka orqali ko'rsatishi lozim. Bunda, oddiy- dan murakkabga qarab ish tutilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Mana bu shaklga yaxshilab ahamiyat bering, 24 hosil qilish uchun 8, 9, 6, 4, 5, 7 sonlariga qaysi sonlarni qo'shsak hosil bo'ladi, javobini raqamli kartochkalar yordamida ko'rsatishingiz kerak, deb tushuntiriladi. Bo'sh katakchalar o'rniga shunday son qo'yinki, undan 100 hosil bo'lsin deb aytiladi. O'quvchilar tez fikrlab javobini raqamli kartochkalar orqali ko'rsatishlari kerak. Bu o'yin o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini, hozirjavobligini, topqirligini o'stirishga yordam beradi. O'qituvchi o'quvchilarning raqamli kartochka orqali to'g'ri javob berganliklarini, kim xatolikka yo'l qo'yganliklarini o'z vaqtida baholab rag'batlantirib borishi kerak. Bunday o'yinlar o'quvchilarning og'zaki hisoblashi va qizi- qishining ortishiga katta yordam beradi. «Baliq ovlash» o'yini Didaktik topshiriq:
O'quvchilarni fanlararo bog'lab o'qitishda Uibiat muhofazasi haqidagi bilimlarini boyitish. O'yin topshirig'i: O'quvchilarning matematika darslarida fazoviy tushunchalarini faollashtirish. O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun: magnit doska, dengiz rasmi chizilgan ko'rgazma, qalin qog'ozdan yasalgan baliqchalar. Baliq- chalarning /onja^omoniga^ misollar yozilgan kartochkalar toyyorlab qo'yiladi. O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Magnit doskaga dengiz rasmi chizilgan ko'rgazma yopishtirib qo'yiladi. Ko'rgazmaning har joyidan darchalar ochib, o'sha darchalarga qalin qog'ozdan yasalgan baliqchalar (tiqib) solib qo'yiladi. Baliqchalar suratiga misollar yozilgan bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarni ketma-ket chaqirib kim ko'p baliqni qarmoqqa ilintiradi, deb topshiriq beradi. Qarmoqqa baliqchani ilintirgan o'quvchi misollarning javobini to'g'ri topishi kerak, kim misolning javobini topolmasa, o'sha o'quvchining qarmog'idan baliq tushib ketgan hisoblanadi. O'ktam tutdi o'n uch cho'rtan, Alisher tutdi to'rtta sazan, Ulug'bek tutdi ikki laqqa, Nechta baliq chiqdi qirg'oqqa? Javob: 19 ta baliq. Matematik tushunchalar boshqa fanlar bilan bog'lab o'tilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. «Bozorda» o'yini Didaktik topshiriq: Matematika darslarida iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash. O'yin topshirig'i: Tez hisoblay olish malakasini shakllantirish. O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun quyidagilar tayyorlab qo'yiladi. Yozuv doskaga sabzavotlarning rasmlari ishlangan kartonlar yozib qo'yiladi. Bu yerda sabzi, kartoshka, piyoz, karamlarning rasmi bor. O'qituvchi o'quvchilarni o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. O'quvchilardan sotuvchi, xarid qiluvchilarni tayinlaydi. Sabzavotlami sotib oluvchi o'quvchi: Bir kilogramm sabzi qancha turadi? Menga sabzidan 3 kg bering, deb so'raydi. — Sotuvchi 1 kg sabzi 30 so'm turadi, — deb aytadi. Nazokat ismli o'quvchi qiz 100 so'mlik sabzi xarid qilgan bo'lsa, qaytimiga necha so'm olgan? Demak, sotuvchi 3 kg sabzi uchun 90 so'm olib qolib, 10 so'm qaytarib bergan. ESLATMA: Nazokatning 500 so'm puli bo'lgan. Nazokat 22 so'mdan 5 kg kartoshka sotib oldi, 20 so'mdan 4 kg piyoz oldi, 2 ta karam uchun 30 so'm to'ladi. — Hisoblang, o'rtog'ingiz Nazokat bozorchaga borib necha kilo- grammdan sabzavot olgan va bu sabzavotlar uchun qancha pul to'lagan? Uning necha so'm puli ortib qolgan? Natija: 30 •3 = 90 so'm (sabzi) 22 • 5= 110 so'm (kartoshka) v) 20 • 4 = 80 so'm (piyoz) d) 2 ta karam 30 so'm. Xarid qilingan sabzavotlari uchun 310 so'm to'lagan 190 so'm puli ortib qolgan. Hammasi bo'iib 12 kg sabzavot va 2 ta karam sotib olgan. Bunday o'yinni mevalar, poliz ekinlari, o'yinchoqlar, idish- tovoqlar va boshqa narsalar yordamida o'tkazish mumkin. 33 «Sayohatdagi sarguzashtlar» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarda matematika darslarida ijtimoiy- iqtisodiy bilimlarni boyitib borish. O'yin topshirig'i: Arifmetik ammalar bajarishga oid malaka va ko'nikmalarni shakllantirish. O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun qalin qog'ozdan yasalgan olma daraxti maketi, tandir, maketi, karton qog'ozdan yasalgan olma, nonlar, echki bolasi maketi kerak bo'ladi. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Uchta opa-singil — Adolat, Risolat, Sabohat dalaga sayrga chiqishibdi. Ular yo'l yurishibdi, yo'l yurishsa ham mo'l yurishibdi. Yoida ketayotganda tandir maketi orqasida bir o'quvchi ovoz beradi. Nonlar: «Bizlarni uzib olinglar, kuyib ketyapmiz» deyishibdi. Opa-singillar: «Hozir, hozir sizlarni uzib olamiz» deyishadi. Opasi Adolat bittadan nonni uzib singillariga uzatadi. Singillar bu nonlarni yeyish uchun nonlaming orqasiga yozilgan misollarning javobini topishimiz kerak deydi. Misollar quyidagicha: 280 + 90 830-30 370 + 80 20 + 70 230-10 220-80 Singillari uning javobini topishga yordamlashadilar. 370, 450, 220, 800, 90, 140. Singillarim misollarning javobini juda to'g'ri topdingiz. Oani «Non yopganda» qo'shig'ini kuylaylik: Non yopganda, non yopganda, mening oyim, mening oyim. Kichik kulcha, kichik kulcha, yopar doim, yopar doim. Kulcha juda mazali, sedanali, jizzali. Yegan sarim yegim kelar, rahmat oyi degim kelar. Ana qorin to'ydi, endi yana yo'lda davom etamiz, deydi Adolat. Ular yo'lda olma daraxtiga duch kelishadi. Olma daraxti maketi orqasida bir o'quvchi ovoz beradi. Olmalar «Meni uzib olinglar, yetilib yerga to'kilib ketyapman» deydi. «Hozir, hozir biz sizlarni uzib olamiz» deydi opa-singillar. Olma maketining orqasida quyidagi tenglamalar yozilgan bo'ladi. Ular sinfdagi o'quvchilarga qarab, keling misollarni birgalikda yechamiz, deyishadi. Misollar quyidagicha yozilgan: 9 • x= 18 32 : x=4 40-x=10 x= 18 : 9 x=32 : 4 x=40—10 x=2 x=8 x=30 Barakalla, bahamjihatlik bilan misollarning javobini topdik, endi «Olma) kuylasak bo'ladi: Hoy olma, olma, olma, meni ovora qilma. Biroz egil bo'y cho'zay, olmalaringdan uzay. Opa-singillar mazza qilib olmalardan baham ko'rishib, yo'lda davom etishibdi. Ular yoida echki bolasining ovozini eshitib qoldilar. Echki bolasi «qutqaringlar» deydi. Echki bolasining rasmi magnitli doskachaga yopishtirilgan bo'ladi. Echki bolasini qutqarish uchun uning tuyoqlariga yozib qo'yilgan misollarning javobini topish kerak edi. O'quvchilar bu misollarni har xil usul bilan yechishga yordam herib yuboradilar. 1 -usul: 870 - 450 = (800 - 400) + (70 - 50) = 400 + 20 = 420 2-usul: 870 - 450 = (870 - 400) - 50 = 470-50 = 420 Endi uloqchaga shunday nasihatimiz bor: Izlab borar edi buloq, ikki echki hamda uloq. Ularda bor qancha quloq, qancha tuyoq hamda oyoq. O'quvchilarga o'yinnig tarbiyaviy mohiyati tushuntiriladi, ya'ni nonni e'zozlash, mevalarni qadrlash kabi ma'naviy oziqa beriladi. «Matematik topishmoq» o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning fikrlash qobiliyatini charxlash. O'yin topshirig'i: O'yin jarayonida .matematik topishmoqlarj orqali bolalarning hisoblash qobiliyatini takomillashtirish O'yin bayoni: Uyning tartib raqami va yoshini aniqlash. Uyingizning tartib raqamini yozing, uni 2 marta orttiring, natijaga 3 ni qo'shing, keyin 50 ga ko'paytiring, ko'paytmaga o'z yoshingizni, yana 65 ni qo'shing, chiqqan natijadan 215 ni ayiring. Natijani ayting.
Xulosa
Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni o’rgatish bilan bog’liq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida tushunchalar mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi, bu muammoni boshlang’ich o’quvchilari matematik tayyorgarligiga nisbatan qo’llash shart-sharoitlari belgilandi.
Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni o’rgatish metodikasining asosiy yo’nalishi sifatida rag’batlantirish; psixologik jarayonlarni faollashtirish (qabul qilish, diqqat va hokazo)usullaridan foydalanish imkoniyatlari sinab ko’rildi;
Tadqiqotning asosiy maqsadi boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni o’rgatishni tashkil etish masalalarini, ularni hal etish jarayonida takamollishtirish shart-sharoitlarini belgilashdan ham iborat bo’ldi.
Izlanishimiz yakuni boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematk tushunchalarni o’rgatish matematika o’qitishning nazariy va amaliy muammolarini hal qilish xususiyatlarini nazarda tutib, tarbiyaviy ishlarga asos bo’la oladigan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi.
Bu uslubiy tavsiyalardan boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`z ish faoliyatlarida foydalansalar o`quvchilarni matematik tushunchalar haqida to`g`ri umumlashtirish qobiliyarini riyojlanishiga erishishlari mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. Download 145.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling