Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov


Kondensator qurilmalarni zaryadsizlantirishi


Download 2.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana25.10.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1721670
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism

3.3. Kondensator qurilmalarni zaryadsizlantirishi 
KQ 
kondensator 
qurilmalarini 
tarmoqdan 
ajratilgach 
zaryadsizlanish taminlanishi kerak. Shu maqsadda agar kondensatorlar
faqat elektr dvigatel yoki transformatorlar bilan tarmoqqa umumiy 
o‘chirgich orqali ulanmagan bo‘lsa, kondensatorlar tarkibiga 
zaryadsizlovchi qarshilik kiradi (3.4-rasm). 
3.4-rasm. Elektr dvigatel yoki transformator bilan umumiy o‘chirgich 
orqali batareyalarni biriktirilishi 


38 
EQUQ ga oid kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kondensator 
qurilmalarda kondensatorga razryadlovchi qarshiliklar doimo ulangan 
bo’lishi kerak, kondensator va qarshiliklar zanjirlari oralig‘ida o‘chirish 
apparatlari bo‘lmasligi kerak. 1000 V dan past kuchlanishli qurilmalar 
uchun elektr energiyani tejash maqsadida zaryadsizlovchi qarshiliklar 
doimiy ulanishsiz, lekin kondensatorlarini ajratish vaqtidan boshlab
avtomatik ulanishi tavsiya qilinadi.
Agar bo‘limlangan kondensator batareyalarning ayrim bo‘limlari 
o‘chirilishi kuchlanish ostida bajariladi, u holda bu bo‘limlarning har 
biri o‘z to‘plami zaryadsizlash qarshiligiga ega bo‘lishi zarur. 
Zaryadsizlanish 
ishonchligini 
oshirish 
uchun 
shaxoblanishda 
zaryadsizlovchi jihozda saqlagichlar erish o‘rnatmasi bo‘lmasligi kerak. 
Uch fazali kondensator qurilmalarida qarshiliklar uchburchak, 
ochiq uchburchak va yulduz ulanishi mumkin. Agar zaryadsizlovchi 
qarshiliklar uchburchak ulangan bo‘lsa zanjirda eng ishonchli 
zaryadsizlash ta’minlanadi, cho‘nki birorta qarshilik uzilganida ham 
ochiq uchburchak ulanishiga aylanadi va uchchala faza batareyalari 
uchun zaryadsizlanish imkoniyati saqlanib qoladi. Faqat zaryadsizlanish 
sharti o‘zgaradi holos: razryadlovchi qarshiliklarni ochiq uchburchak 
ulanganida zanjirda razryadlanish har xil fazalar batareyalari uchun bir 
xilda bo‘lmaydi.
Ochiq uchburchak ulangan, ikkita qarshilikning birortasi uzilsa, 
ishlayotgan kandensator batareyalari zaryadsizlanadi va uning barcha 
uchchala fazasi to‘la zaryadsizlanishi ta’minlanadi. Batareyalar fazasi, 
qarshilik ishlashida parallel ulanib, qolganlari to‘la zaryadsizlanadi. 
Boshqa fazadagi bu batareyalar zaryadsizlanishi, uni o‘chirish 
momentida batareyalar fazalaridagi kuchlanishning oniy qiymatiga 
bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Batareyalar yulduz ulanganida uning 
bitta fazasi zaryadsizlanmaydi, qolgan ikkitasi esa katta yoki kichik 
darajada zaryadsizlanadi. Agar zaryadsizlovchi qarshilik yulduz ulangan 
bo‘lsa, u holda barcha faza batareyalari uchun zaryadsizlanish shoraiti 
bir xil birorta qarshilik uzilishi sxemani ochiq uchburchak sxemaga teng 
kuchli qilib quyadi. 
Zaryadsizlovchi qarshiliklarni yulduz ulash, zaryadsizlanadigan 
jihozda oldindan biriktirib qo‘yilgani uchun uch fazali kuchlanish 
transformatorida, 
yoki 
amaldagi 
razryadlovchi 
jihoz 
nominal 
kuchlanishiga qulayroq bo‘lsa, misol, chug‘lanma lampalar uchun KQ 
narxini kamaytirish maqsadida, uchta qarshilik o‘rniga ikkita bir fazali 


39 
zaryadsizlovchi qarshilikni talab qiluvchi ochiq uchburchak ulash 
qo‘layroq hisoblanadi. Shu sababli kuchlanishi 1000 V dan yuqori 
kuchlanishli jihozlarda, zaryadsizlovchi qarshiliklar narxi yuqori bo‘lgan 
joylarda, ularni ochiq uchburchakli ulash qo‘llaniladi (3.5-rasm). 
Kondensatorlarni zaryadsizlash uchun qarshiliklar quyidagi 
talablarni qoniqtirishi zarur: 
3.5-rasm. Ochiq uchburchakli (TN-kuchlanish transformatorlari) 
zaryadsizlovchi qarshiliklarni ulash sxemasi 
- zaryadsizlanadigan kondensator qisqichlarida kuchlanish etarli 
darajada tez pasayishi kerak, kondensatorga tegish xavfsizligi 
taminlanishi uchun, kondensator o‘chirilgach kuchlanish oniy 
minimumga pasayishi zarur, ya’ni kondensator, qayta ulanish momenti; 
o‘chirilishdan 30 s dan keyin kondensator qurilmadagi kuchlanish 65 V 
dan oshmasligi kerak; 
- aktiv quvvat yo‘qolishi doimo ulangan qarshiliklarda 1 kVAr 
batareya quvvatiga 1Vtdan oshmasligi kerak; 
- KQni zaryadsizlovchi jihozda avtomatik rostlanadigan quvvati 
o‘chirilgan qurilmalarda va jihozlarni qayta ulanish vaqt oralig‘ida, 
kuchlanish pasayishi kuchlanish me’yorining 10%dan oshmasligi kerak.
Tarmoqqa 
zaryadsizlanmagan 
kondensator 
ulansa 
to’la 
zaryadsizlangan kondensator tokidan sezilarli qiymatga yuqori katta tok 
silkinishi sodir bo‘lishi mumkin.
Kondensator qurilma yig‘ma shinalarga avtomatik qayta ulaydigan 
uchirgich orqali biriktirilgan bo‘lishi mumkin. Avtomatik qayta ulagich 
ajratilgandan keyin qisqa vaqt oralig‘ida ishlaydi. Zaryadsizlovchi 
qarshilik, yuqorida keltirilgan miyor bo‘yicha tanlanganlari, ularni qayta 


40 
ulashda kondensatorlar qayta ulanishida ularning etarli darajada 
zaryadsizlanishini ta’minlay olmaydi. 
Lekin KQ yig‘ma shinalari o‘chirilganida boshqa elektr 
jihozlar(kuch transformatorlari, elektr dvigatellar),shu yig‘ma shinalarga 
biriktirilgan. Bu elektr jihozlar cho‘lg‘amlari – KQ zaryadsizlanishi 
uchun qo‘shimcha qarshilik yo‘llar, bundan tashqari ularning qarshiligi 
zaryadsizlovchi qurilmalar qarshiligidan sezilarli darajaga kichikdir. 
Bunday shoraitlarda KQ zaryadsizlanishi, faqat birgina zaryadsizlagich 
qurilmanikiga nisbatan tez zaryadsizlanadi. Ajratilgan batareya 
qisqichlaridagi kuchlanish uni qayta ulashga qadar etarli darajada 
pasayadi.
Agar kondensatorlarga cho‘g‘lanma lampalari ulash tavsiya 
qilinsa, ularning kuchlanishi bo‘yicha me’yoriga va ulanish sxemasiga 
qaraladi. 380 V batareyalar razryadi uchun bir xil oltita 220 V li lampa 
qo‘llaninilib, ikkita lampani ketma – ket ulab, uch guruhli – yulduzli 
ulanish hosil qilinadi. 
Bunday holatda harbir lampa 110 Vda ishlaydi va 35%ga yaqin 
me’yorli quvvatni iste’mol qiladi. Lampalar ishlatilish muddati ortadi va 
elektr jihozlar, elektr energiya iste’moli kamayadi. Agar lampalar 
batareyaga faqat o‘chirishi onida ulansa (3.6-rasm), u holda lampalarda 
kuchlanishini kamaytirish kerak bo‘lmaydi. 
3.6-rasm. Lampalar doimiy ulanishsiz 220 va 380 V li kondensator 
batareyalarni tejamli zaryadsizlantirish sxemalari: a, b – rele sxemasi; v 
– (tarmoqdan ajralishi bilan bir vaqtda kondensator batareyalarga ZQ 
zaryadsizlovchi qarshiliklar ulanadi) blokirovkali sxemasi 


41 
1000 V dan yuqori kuchlanishli kondensator qurilmalarda 
zaryadsizlovchi qarshilik sifatida bir fazali ochiq uchburchak ulangan 
ikkita kuchlanish transformatori va ayrim hollarda bitta uch fazali 
kuchlanish transformatori qo‘llaniladi. 
Zaryadsizlovchi 
zanjir 
yaroqligini 
nazorat 
qilish 
uchun 
zaryadsizlagich transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amiga kam 
energiya iste’mol qiluvchi lampalar ulanadi (misol, neonli). Shu 
chulg‘amlarga o‘lchov asboblarini va relelarni ham ulash mumkin.
Agar kuch kondensatorlari o‘rnatmali yoki qo‘shib o‘rnatilgan 
zaryadsizlovchi qarshilikli qilib yaratilgan bo‘lsa, bunday holatlarda 
alohida zaryadsizlovchi qarshiliklarni o‘rnatish zarurati bo‘lmaydi. 

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling