Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov
Kondensator qurilmalarning zanjirlarida o‘lchash
Download 2.61 Mb. Pdf ko'rish
|
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism
3.4. Kondensator qurilmalarning zanjirlarida o‘lchash
Kondensator qurilmalarni ishlatishda zanjirda quyidagilar o‘lchanadi: - kondensatorlar qisqichlardagi kuchlanish; - KQ ulanishda oqayotgan toklar; - KQ tomonidan ishlab chiqarilayotgan, reaktiv energiya miqdori. Kondensator qisqichlardagi kuchlanishlarni nazorat qilish, kuchlanish bo‘yicha o‘ta yuklanishini qayd qilish va bartaraf qilish imkonini beradi. Ayniqsa, agar kodensator tarmoqning bunday nuqtasiga biriktirilgan bo‘lsa, kondensatorlar uchun vaqti-vaqti bilan kuchlanish chegaralanganidan oshib tursa, lekin qurilmani kuchlanish ortishidan himoyalovchi yo‘q bo‘lsa, kuchlanishni nazorat qilish kerak bo‘ladi. Kondensator qurilmalar biriktirilgan, shu yig‘ma shinalarga (kuchlanish transformatori orqali yoki bevosita)biriktirilgan voltmetrda, kuchlanishni o‘lchash bajariladi. Voltmetrni zaryadsizlovchi kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘amiga biriktirish mumkin. Yig‘ma shinalarga ulash qulayroq, cho‘nki shinalardagi kuchlanishni KQ ajratilgan holatida ham o‘lchash mumkin. Kondensator qurilmalarida oqayotgan toklarni o‘lchash, ularning me’yoriy ishlash rejimidan og‘ishini topish imkonini beradi. Ampermetrlar ko‘rsatgichlarining oshishi, kuchlanishi proporsional emasligini, kondensatorlar yuqori garmonika toklarida o‘ta yuklanishdan belgi beradi, kamayishi esa-kondensatorlarning alohida himoyasidan ularning kondensator bo‘linmalari yoki kondensatorlar qismlarining o’chganini ko‘rsatadi. 42 Kondensatorlar ishlashini to‘liq nazorat qilish uchun barcha uchta fazasiga ampermetrlar o‘rnatish afzal deb hisoblanadi. Bu holatda ampermetrlar ko‘rsatgkichlari taqqoslanib, fazalar sig‘imi tengligi nazorat qilinadi. EQUQ 400 kVAr gacha quvvatli kondensator batareyalar zanjiriga faqat bitta ampermetr o‘rnatishga ruxsat beriladi. 400 kVAr va o‘ndan yuqori batareyalar uchun uchta ampermetr o‘rnatilishi talab qilinadi. Yuqori kuchlanishli kondensator qurilmalarida ampermetrlarni tok transformatorlar orqali biriktiriladi. Uchta ampermetrni ulash uchun ikkita tok transformatori etarli, chunki uchinchi ampermetr ikkita boshqa fazalar toklarining yig‘indisi sxemasi bo‘yicha ulanadi (5.8-rasm). Kondensator qurilmalar ishlab chiqargan reaktiv energiyani hisoblashi quyidagi sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiqdir: - kondensator qurilmalar ishlab chiqargan energiya aktiv va reaktiv energiya iste’moli birgalikda elektr ta’minot tizimidan elektr qurilma mijozlarining tabiiy quvvat koefitsientini topish imkonini beradi; - kondensator qurilmalar ishlab chiqargan reaktiv energiyani hisoblash (misol, kechqurungi o‘chirilishni tekshirish), uning ishlash nazoratini yengillashtiradi. Reaktiv energiya ishlab chiqarilishiga hisoblagichlar o‘rnatilishi kondensator batareya jihozlariga sarflanadigan harajatini oshiradi va kichik quvvatli batareyalar uchun maqsadga muvofiq emas. EQUQ sanoat korxonalarning iste’molchilari ulangan kondensator batareyalar quvvati 100 kVAr va o‘ndan yuqori bo‘lganida, agar ularga berilayotgan reaktiv energiya korxonaning quvvat koeffitsienti bo‘yicha hisoblanayotgan bo‘lsa, reaktiv energiya hisoblagichlari o‘rnatilishini talab qiladi. Kondensator qurilmalar zanjirlarida uning qisqichlaridagi kuchlanishi va toki oralig‘idagi fazaviy burchak siljishi 900 ga yaqin. Kondensator qurilmalar zanjiridagi aktiv quvvat isrofi, faqat maxsus sinov qurilmalaridan olingan kondensatorlardagi tgδ bilan topilishi mumkin. Ishlatilish davrida qurilmadagi na aktiv quvvat isrofi na aktiv energiya isrofi, o‘lchanmaydi. KQ ishlatilishida batareyalar o‘chirilgandan keyin har bir kondensator sig‘imini davriy ravishda o‘lchanadi. Sig‘imi 10 mkF dan oshmaganlarida, maxsus asbobda o‘lchanadi, katta sig‘imlilarda ampermetr va voltmetr usuli qo‘llaniladi. Bu usul qo‘llanilganida sig‘im quyidagi o‘zoro nisbat bilan hisoblanadi: 43 Uch burchak ulangan (3.8-rasm), uch fazali kondensatorlar sig‘imini o‘lchashda, har bir juft qisqichlarni navbatma-navbat tutashtirib va uchinchi qisqich oralig‘idagi sig‘im o‘lchanadi, misol, 2 va 3 qisqichlarni tutashtirib, qisqich 1 va ular orasidagi sig‘im o‘lchanadi. 3.7-rasm. Yuqori kuchlanishli kondensator qurilmalarga ampermetrlarni ulash sxemasi Agar shu usulda qabul qilinganini belgilab S1-23 ,S2-31 va S3-12, u holda fazadagi kondensator sig‘imi quyidagi o‘zoro nisbatdan topilishi mumkin: Barcha kondensatorlar sig‘imi, ya’ni uchchala fazalar sig‘imlarining yig‘indisi. 44 Elektr miqdorlaridan tashqari yana quyidagilar o‘lchanadi: - kondensatorlar joylashtiriladigan xonalar horarati; - kondensatorlar horarati. 3.8- rasm. Uch fazali kondensatorlar sig‘imini o‘lchashni tushuntirish sxemasi Havo horaratini o‘lchash uchun o‘lchanishi chegaralangan termometrlardan foydalaniladi, horaratlarni qamrovchi, yoz va qish movsimida kuzatiladigan xonalar. Kondensator tanasi horaratini termoparada yoki termometrda o‘lchashda horarat eng yuqori bo‘ladigan nuqtaga kiritiladi, va u tajriba orqali aniqlanadi. Termopara atrof muhit va kondensatorning horarati farqidan ta’sirlanadi, ya’niy kondensator holat ko‘rsatgich miqdorini tavsiflaydi. Termometrlardan termoparaning ustunligi shundan iboratdir. Termometr bilan kondensator horaratlarini o‘lchash deyarli aniq natija bermaydi. Bundan tashqari, termometrlar ko‘rsatgichlarini xisoblash, kondensatorlarning pastki va ayniqsa yuqorigi jovonlarda o‘rnatilgan batareyalarda murakkabroqdir. Download 2.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling