Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov


Elektr ta’minot tizimi tarmoqlarida reaktiv quvvatni rostlash


Download 2.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana25.10.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1721670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism

2.2. Elektr ta’minot tizimi tarmoqlarida reaktiv quvvatni rostlash 
Korxonaning elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat muvozanatini 
qulaylashtirish masalasi, qurilmalarning turini va quvvatini tanlash, 
o‘rnatish joylarini aniqlash eng kam harajatlarda echilishi kerak. Reaktiv 
quvvatni kompensatsiyalash bilan bir vaqtning o‘zida elektr energiya 
sifati yaxshilanishi, isrofning qisqarishi va elektr 
qurilmalar 
samaradorligi ortishi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 


21 
Agar reaktiv quvvat kompensatsiyasi chuqur bo‘lmasdan, qisman 
bo‘lsa, u holda elektr tarmog‘i induktiv tabiatli reaktiv tok bilan o‘ta 
yuklangan bo‘ladi. Agar reaktiv quvvat kompensatsiyasi to‘liq bo‘lsa, 
maksimal reaktiv yuklama rejimiga va K
U
uzluksiz ulangan bo‘ladi, u 
holda reaktiv yuklama kamaygan davrlarda, reaktiv quvvatning o‘ta 
kompensatsiyasi kuzatiladi.
Bunday holatlarda K
U
reaktiv quvvatini elektr tarmog‘iga uzatadi 
va u sig‘imli reaktiv tok tabiatida o‘ta yuklangan bo‘ladi. Tarmoqda 
kuchlanish ortadi va ruxsat berilmagan qiymatlargacha etishi mumkin. 
Kondensator qurilmalarni bunday hodisalardan saqlash uchun ularning 
reaktiv quvvatini rostlovchi jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. 
Elektr qurilmalar reaktiv quvvatini kompensatsiyalash uchun 
sinxron kompensator va sinxron dvigatel, reaktiv quvvatni silliq 
o‘zgartirilishi ularning qo‘zg‘alish tokini o‘zgartirish bilan amalga 
oshiriladi. Kondensator qurilmalarda reaktiv quvvatni rostlash bosqichli 
bajariladi, buning uchun kondensator batareya bo‘limlarga bo‘linadi. 
Kondensator bo‘limlar soni reaktiv quvvat iste’moli jadvaliga bog‘liq 
ravishda tanlanadi. Odatda 3-4 bo‘limli qo‘llaniladi. Sezilarli darajada 
notekis elektr yuklama jadvallarida taxminan 5-6 bo‘limli bo‘lishi 
mumkin. 
KQlar reaktiv quvvatini rostlash quyidagicha bajarilishi mumkin: 
qo‘lda operativ xodim tomonidan; 
noelektrik datchiklar yordamida har xil elektr parametrlar ta’siridan 
avtomatli. 
Tanlangan parametrlar aniq rostlanishiga ko‘ra KQ rejimini ochiq 
yoki yopiq sxema ta’sirida amalga oshiriladi (2.3-rasm).
Agar parametrni rostlanishi KQ quvvati o‘zgarishida sezilarli 
darajada o‘zgarmasa yoki unga bog‘liq bo‘lmasa, u holda strukturali 
boshqarish sxema ochiq bo‘lishi mumkin (2.3,a-rasm).Topshiriq 
beruvchi organ (TBO) rostlash kirish parametri x dan ta’sirlanadi va ular 
tayanch xtaya miqdorida bajaruvchi (BO) organ orqali, erishganida 
boshqarilish obyektiga(O) ta’sir ko‘rsatadi, hozirgi holatda bu KQ. 


22 
2.3-rasm. Reaktiv quvvat rejimlarini boshqarishning strukturali sxemasi: 
a – ochiq zanjir bilan ta’sir etish; b – yopiq zanjir bilan ta’sir etish; TBO 
– topshiriq beruvchi organ; BO – bajaruvchi organ; O – boshqarilish 
obyekti; x – rostlanish parametri; xtaya – boshqarilish parametrining 
tayanch miqdori; ∆x – boshqarish parametrining o‘zgarish miqdori; u – 
rostlovchining ta’sir miqdori 
KQ rejimini bunday boshqarish “ulangan-o‘chirilgan” rejimda 
ishlovchi bir yoki ikki bo‘limli kondensator batareyalar uchun 
qo‘llaniladi. 
Agar rostlash parametri yoki ko‘pchilik rostlash parametrlari 
rostlanishi sezilarli darajada KQlar ish rejimiga bog‘liq bo‘lsa, u holda 
boshqarish strukturali sxemasi 2.3,b-rasmda keltirilgandagidek bo‘lishi 
mumkin. Yopiq zanjirli ta’sir etuvchi TBO-organga kiruvchi 
boshqaruvchi parametr x, obyekt bilan teskari aloqaga kirib boshqarish 
parametri og‘ishini x topshirilgandan xtaya, u rostlanish jarayonida 
hisobga olinishi kerak. Bunday rostlash sinxron dvigatellar va ko‘p 
bo‘limli kondensator batareyalar uchun qo‘llaniladi. Nazorat qilinadigan 
boshqarishda qiladigan u parametrni qayta tiklash uchun bajarish 
organiga kiradi. Kondensator bo‘limlarini yoki sinxronli dvigatel 
qo‘zg‘alishini avtomatli boshqarish yoki kondensator batareyalar 
bo‘limlari kommutatsion apparatlardan iborat. KQ quvvatining 
o‘zgarilishi o‘z navbatida ∆x rostlash parametrining o‘zgarishiga olib 
keladi. 
KQ reaktiv quvvatidan yuqori samarali foydalanish uchun 
avtomatli rostlash qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Avtomatli rostlash 
quyidagicha bajarilishi mumkin: 
- sutka vaqti bo‘yicha;
- yuklamalar tugunidagi kuchlanish bo‘yicha; 
- yuklama toki bo‘yicha; 
- reaktiv quvvat tabiati va miqdori bo‘yicha; 
- noelektrik datchiklardan. 


23 
2.4-rasm. Sutka vaqti bo‘yicha reaktiv quvvatni boshqarish uchun 
qo‘llaniladigan, reaktiv yuklama jadvali: Q
yu
– maksimal reaktiv 
yuklama; t
1
– maksimal yuklama boshlanish vaqti; t
2
- maksimal 
yuklamaning tugash vaqti; Qm - o‘ta kompensatsiya; 0,5Qm - chala 
kompensatsiya; 
- o‘ta kompensatsiya; - chala kompensatsiya 
Reaktiv quvvatni sutka vaqti bo‘yicha rostlash ishlab chiqarish 
texnologiyasi talablariga mos ravshda aniqlangan reja asosida bajariladi. 
Rostlash asosi qilib reaktiv yuklamalar jadvali kiritiladi (2.4 - rasm), gar 
u turg‘un bo‘lsa.
Reaktiv yuklama Q
yu
, kondensator qurilmalar reaktiv quvvatida Q
k
to‘la kompensatsiyalanishi mumkin. Masalan, kondensator qurilma teng 
quvvatli ikkita bo‘limga ega. Bo‘limning bittasi doim ulangan, 
ikkinchisi faqat maksimum yuklamalar soatlarida t
1
-t
2
vaqtlarda ulanadi. 
Bir bosqichli avtomatik rostlashda EVCHS-24, elektron soatlardan 
foydalaniladi, u bir vaqtning o‘zida ularning bir-biridan uzoq masofada 
bo‘lmaganida bitta korxonaning bir nechta KQlarini boshqarishi 
mumkin. 


24 
2.5-rasm. Sutka vaqti davomida kondensator batareyalar ikkinchi 
bo‘limini avtomatli boshqarish sxemasi: a – birlamchi ulanish sxemasi; 
b – boshqarish sxemasi; P,Q – aktiv-induktiv yuklama; QF – 
kondensator qurilmalar zanjiridagi o‘chirgich; S
1
, S
2
– KQ bo‘limlari; K 
– kontaktorning kontaktlari; KV, KO – kontaktorning ulash va o‘chirish 
g‘altaklari; KL
1
, KL
2
– oraliqdagi relelar; SB
1
, SB
2
– tugmali 
o‘chirgichlar; ECH – elektr soatlar; KSCH – soatlashtirish tizimining 
impulsli kontakti 
2.5-rasmda ikkita oraliqli rele va bir kontaktli EVCHS-24 elektr 
soatlar qo‘llanilishida reaktiv quvvatni rostlash sxemasi keltirilgan. 
Elektron soatlar (ECH), soatlashtirish tizimi tomonidan KSCH 
impuls kontakti orqali ulanadi. ECH kontakti to‘tashganida, t
1
vaqtda 
(misol, 7:00 da) KL
1
oraliq rele ulanadi va o‘zining yopilish kontakti 
bilan KV ulash g‘altak zanjirini to‘tashtiradi. Kontaktorning K 
kontaktlari KQ ning ikkinchi bo‘limini ulaydi. Bir vaqtning o‘zida KL
1
va KL
2
oraliq relelarning zanjirlarida K ning yordamchi kontaktlari 
o‘zining holatini o‘zgartiradi. Ulangandan keyin kontaktor ilgakka turadi 
(stanovitsya na zashyolku), kontaktorning chulg‘ami ta’minot manbadan 
ajraladi. Elektr soatlar chulg‘amlaridan ham kuchlanish oladi.
t
2
vaqtida maksimal reaktiv yuklama Q olingandan so‘ng, ECH 
kontakti tutashadi, KL
2
oraliq rele ulanadi, u o‘zining yopilish kontakti 
bilan o‘chirish kontakti KO ni ulaydi. Kontaktor ajraladi va kondensator 
qurilmaning ikkinchi bo‘limini o‘chiradi. K kontaktorning yordamchi 
kontaktlari yana o‘zlarining holatini o‘zgartiradi. Bu sxemada 


25 
kondensator qurilmalarning ikkinchi bo‘limini SB
1
, SB
2
– tugmali 
o‘chirgichlar yordamida qo‘lda o‘chirish va ulash imkonini beradi. 
2.6-rasm. Kuchlanish funksiyasida reaktiv quvvatni avtomatli rostlash
sxemasi: a – birlamchi biriktirish sxemasi; b – boshqarish sxemasi; P,Q 
– aktiv-induktiv yuklama; QF – kondensator qurilmalar zanjiridagi 
o‘chirgich; S
1
,S
2
– KQ bo‘limlari; KU; KV – oraliqdag relelar; Rd – 
qo‘shimcha qarshilik; K – kontaktlar; KT1, KT2 – vaqt relelari; S– 
boshqarish kaliti 
Yuklamalar tugunda kuchlanish bo‘yicha reaktiv quvatni rostlash. 
Bu sxema, tarmoqdagi kuchlanish rejimiga asosan reaktiv quvvat rejimi 
aniqlanadigan holatlarda qo‘llaniladi. Bunday holatlarda bir vaqtning 
o‘zida reaktiv quvvat va kuchlanish rostlanishi talab qilinadi. KQ 
biriktirilgan nuqtada kuchlanish nafaqat bir punktdan iste’mol qiluvchi 
yuklamalarga bog‘liq, lekin boshqa elektr ta’minot tugunlar 
iste’molchilari yuklamalaridan va yana energiya tizimidagi kuchlanishni 
rostlash bo‘yicha yoki korxona bosh podstansiysidagi tadbirlarga 
bog‘liq. 
KQ reaktiv quvvatni rostlashda, reaktiv yuklama o‘zgarmagan 
bo‘lgandagi KQ quvvati ortishi hisobga olish zarur, chunki reaktiv 
yuklama uzgarmas bulganida KQ quvvati ortishi bilan kuchlanish ortib 
boradi, KQ quvvati kamayishi bilan kuchlanish kamayadi.
2.9-rasmda shinalardagi tugun yuklamalari kuchlanishi bo‘yicha 
kondensator qurilma reaktiv quvvat rejimini boshqarish sxemasi 
keltirilgan. 


26 
Topshiriq beruvchi organ sifatida, tugun yuklamalari shinalarga 
yoki kuchlanish transformatori orqali ulangan KV kuchlanish minimal 
relesidan foydalaniladi. Zarur bo‘lganda rele qo‘shimcha qarshilik Rd 
orqali 
ulanishi 
mumkin. 
Tarmoq 
kuchlanishi 
belgilanganidan 
pasayganida kuchlanish rele KV ishlab ketadi (ajraladi) va o‘zining 
ochiq KV kontaktini ulaydi, vaqt relesi KT1 cho’lg‘ami zanjiridagi KT1, 
u ulangan holatida rele ajralgan bo’ladi. KT1 vaqt relesi belgilangan 
vaqtni saqlab (2-3min) K kontaktor chulg‘ami zanjirdagi KT1 kontaktini 
ulaydi va avtomatik ravishda qo‘shimcha kodensator qurilmasining S2 
bo‘limini 
(seksiyasini) 
tarmoqqa 
ulaydi. 
Reaktiv 
quvvatni 
generatsiyasilanishi ortganida tarmoqdagi kuchlanish ham ortadi. 
Reaktiv quvvat yuklamasi kamayganida kuchlanish ortadi va 
belgilanganidan yuqori miqdorga erishishi mumkin. Kuchlanish rele KV 
ishlab ketadi (tortiladi) va o‘zining KT2 vaqt relesi cho’lg‘ami 
zanjiridagi KV kontaktini ulaydi, u KT2, 2-3 min/vaqt saklab, o‘zining 
kontaktor K cho’lg‘amidagi ochilish kontaktini ochadi va KQ avtomatik 
ravishda qo‘shimcha bo‘limini tarmoqdan ajratadi, kutilmagan qisqa 
vaqt davomida kuchlanishning ortishi va pasayishi vaqt saqlanishi, 
kuchlanishni rostlashida zarur. Sxema reaktiv quvvat rejimini qo‘lda 
SB1 va SB2 tugmali o‘chirgichlarda boshqarish imkonini beradi. Qo‘lda 
yoki avtomatik rejimini tanlash S boshqarish kaliti orqali amalga 
oshiriladi. 
Ko‘p bosqichli reaktiv quvvat rostlanishini ARKON turdagi 
kondensator batareyalarni avtomatik rostlagich yordamida amalga 
oshirish 
mumkin. 
Rostlagich 
kuchlanish 
funksiyasida 
yoki 
kuchlanishning tok korreksiyasi va ular orasidagi faza burchak siljishi 
bo‘yicha ishlaydi. U buyruq beruvchi blok va ularni boshqarishda 
rejalashtirilgan blok, rostlash bosqichlar soniga qarab, unga bir nechta 
moslamalar kiradi. 


27 
2.7- rasm. ARKON avtomatik rostlagichning strukturali sxemasi 
Buyruq beruvchi blok kirish signali miqdoriga ko‘ra KQ 
bo‘limlariga o‘chirish yoki ulash buyruqlarini rejalashtirish blokiga 
uzatiladi.
Misol, uchta moslamalar logikali ulanishini tanlash va KQ 
bo‘limlarini o‘chirish 1:2:4 o‘zaro nisbiy quvvatlari bilan ettita 
bosqichlarda rostlanishni ulash imkoniyatini beradi. 
Buerda KQ bo‘limlaridagi ulanadigan quvvatlar 1:2: (1 + 2) : 4 : (1 + 4;) 
: (2 + 4 ) : (1 + 2 + 4), dek qaraladi. 
Reaktiv quvvatni kuchlanish bo‘yicha rostlashda buyruq beruvchi 
blok kirishiga nazorat qilinayotgan tarmoq bo‘lagining kuchlanishi 
uzatiladi. Nazorat qilinadigan yuklamalar toki va yana buyruq beruvchi 
blok kirishiga tok va ko‘llanish o‘rtasidagi faza bo‘yicha siljishi kerak 
bo‘lganda hisobga olinsin. 
Yuklama toki bo‘yicha reaktiv quvvatni rostlash. Agar sutka 
mobaynida yuklama keskin o‘zgarsa, u holda iste’mol qilinayotgan tok 
funksiyasidan KQ quvvatini o‘zgartirish maqsadga muvofiq. 
Yuklamalar tuguni kirish shinalariga o‘rnatilgan tok yuklamasi bo‘yicha 
bir bosqichli avtomatik rostlash, ikkita elektrmagnitli tok relelari KA1 
va KA2 qo‘llanishida bajarilishi mumkin (4.37-rasm). Ularning bittasi 
yuklama ortganida biriktirishni bajaradi, ikkinchisi – yuklama 
pasayganda ajratadi. 


28 
2.8-rasm. Tok yuklamasi bo‘yicha reaktiv quvvatni avtomatik rostlash 
sxemasi: 
a – birlamchi biriktirish sxemasi; b – boshqarish sxemasi; P + jQ – 
aktiv-induktiv yuklama; 
QF – kondensator qurilmalar zanjiridagi o‘chirgich; S1,S2 – KQ 
bo‘limlari; 
KU; KA1, KA2 – tok releli, K – kontaktor KV – oraliqdagi relelar; SV2 
– tugmachali o‘chirgichlar 
Tok relelarining o‘rnatmasi har xil tok qiymatlariga sozlangan. 
Misol, KA1 - 5A ga, KA2 - 3A ga. Eng past yuklamada qo‘shimcha 
bo‘lim o‘chirilgan, lekin KA2 tok rele ishlaydi va uning yopilish 
kontaktlari yopiq, lekin K kontaktorning ulanish kontaktlari ochiq holda 
qoladi.
Yuklama ortishida tok 5A etgaach KA1 tok relesi ishlab ketadi. 
Oraliq rele KL o‘zining kontakti bilan K kontaktorini ulaydi va shu 
tariqa KQ kondensator qurilmaning ikkinchi bo‘limini ulaydi. 
Tok pasaygach avval KA1 rele ishlaydi, uning kontaktlari ochiladi, 
lekin KL relesi ajralmaydi, chunki KA2ning kontaktlari va K berkitilgan 
bo’ladi. Tok 3A dan pastligida tok relesi KA2, KL rele zanjirini ajratadi 
va kontaktor Kni o‘chiradi. KQ ning ikkinchi bo‘limi ajraladi. 
Sxemada KQ larining rejimini qo‘lda rostlashni amalga oshirish 
imkonini beradi. 
Reaktiv yuklama o‘zgarishi bo‘yicha reaktiv quvvatni rostlash. 
Elektr tarmog‘ida yuklama doimo o‘zgaruvchan bo‘ladi ammo uning 
reaktiv quvvatini tashkil qiluvchilari o‘zgaradi. Kondensator batareyalari 
reaktiv quvvatini reaktiv yuklamalariga bog‘liq ravishda boshqarish 


29 
uchun reaktiv quvvatni B2201 bilan avtomatik boshqarishda 
qo‘llaniladi. 
2.9- rasm. B2201 rostlagich yordamida reaktiv quvvat rejimini 
boshqarish sxemasi: P+jQ aktivl va induktiv yuklama; CI, C2– 
kondensator batareyalar bo‘limlari; QF- o‘chirgich; K – kontaktor 
kontakti; TA tok trasformatori; I, U – tok transformatordan tok va 
liniyadan kuchlanish 
Kuchlanish va tokni rostlagich ikkita kiritishga ega. Reaktiv 
quvvatni nazorat qilinadigan, birinchisiga bitta faza toki uzatiladi 
(masalan B), ikkinchisiga - ikkita boshqa (A va C) fazalar liniya 
kuchlanishi uzatiladi.
(2.1) 
bu yerda Qf – fazaning reaktiv quvvati; IV – bitta fazaning toki; UAS - 
ikkita fazaning liniyali kuchlanishi; φ – liniya kuchlanishi va tokning 
fazalar orasidagi siljish burchagi. 
Kondensator qurilmalarning tez-tez qayta ulanishini cheklash 
maksadida rostlagich sezmaslik ko‘rsatgich mintaqasi o‘rnatilgan. 
Roslagichning vaqt saqlab ishlashi amaldagi va belgilangan reaktiv 
quvvat iste’mol farqiga bog‘liq. Qancha farq katta bo‘lsa rostlagich 
shuncha tezroq ishlaydi va tezroq reaktiv quvvat rejimini ushlab 
turishini amalga oshiradi. 


30 
Nosimmetrik elektr yuklamali elektr qurilmalarda dastlab 
yuklamada simmetrligini ta’minlovchi, keyinchalik esa reaktiv quvvatni 
rostlash va elektr qurilmada reaktiv quvvat kompensatsiyasi qo’llanilishi 
mumkin. Reaktiv quvvatni rostlovchi uch juftli kirishlarga ega, 
bularning har biriga mos keluvchi fazalar liniya toki va boshqa ikkita 
fazaning liniya kuchlanishi uzatiladi. Bu har bir faza elektr tarmog‘idagi 
nosimmetrik yuklama reaktiv quvvat o‘zgarishini nazorat qilish 
imkonini beradi.
Kondensator qurilma ikkitadan bir fazali bo‘limga ega va har bir 
fazasi oltitagacha uch fazali bo’limga ega.
Rostlagich blok fazalarini ajratgichga ega, eng ko‘p reaktiv yuklangan 
quvvatlisini va bu fazaga bir fazali kondensator qurilmalar bo‘limi 
ulanadi.Agar yuklamalar simmetrikligi qayta tiklanmasa, ikkinchi bir 
fazali bo‘lim biriktiriladi.
Reaktiv yuklama pasayganida bo‘lim uziladi. Uchfazali 
tarmoqlarda reaktiv yuklama ortganida uch fazali kondensator 
qurilmalar bo‘limi navbatma – navbat ulanadi. Reaktiv yuklamalar 
pasayganida ular avtomatik ravishda uziladi. 

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling