Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov


Download 2.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/32
Sana25.10.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1721670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism

 
 


31 
III BOB. KONDENSATOR QURILMALARNI TARMOQQA 
ULASH VA ULARDAN FOYDALANISH 
 
Kondensator qurilmalarni kommutatsiyalash uchun xuddi shunday 
boshqa zanjirlardagi elektr jihozlardagi kabi apparatlar qo‘llaniladi. 
Ishga tushirish qarshilikli o‘chirgichlar qo‘llanishi mumkin. 
O‘chirgich va boshqa apparatura (ajratgich, tok transformatori va 
bosh.), va yana KQ tok uzatish qismi (batareyalarni shinalash va shinalar 
yoki kabel, uni yig‘ma shinalarga biriktiruvchi) yuqori garmonikalarga 
va kondensatorlarning asosiy o‘ta yuklanishiga hisoblab tanlanishi zarur. 
Chunki kondensatorlar tok bo‘yicha o‘ta yuklanishi 30% gacha ruxsat 
etiladi, demak kondensator qurilmalarning tok uzatuvchi qismlari va 
apparaturalar 1,3∙In.kb davomli tok oqishiga ruxsat berilishi kerak. 
3.1-rasm. Kondensator batareyalarni uchburchak ulanish sxemasi 
Kondensator qurilmalarning o‘tish jarayonlarida o‘chirgichlarning 
kontaktlari ishonchli ishlashi uchun o‘chirgichlar nominal toki 
kondensator batareyalarning 150% toki o’tish miqdorini tanlash tavsiya 
qilinadi. KQ zanjirida yuklamani o‘chirgichlar QT(qisqa tutashuv toki) 
toklarini o‘chiradiganlari, faqat boshqa apparatning yig‘masida 
qo‘lanilishi mumkin. Ishlatib kelinayotgan VNP-17 turdagi yuklamani 
o‘chirgichlar kondensator qurilmalar quvvati 400 kVAr gacha 
bo‘lganlari uchun yaroqlidir. 
EQUQ 110kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda kichik toklarni 
(kuch transformatorlarning salt ishlash, qisqa kabel liniyalari, suzish 


32 
toklarini) 
ajratgichlarda 
o‘chirishga 
ruxsat 
beradi.Yuqorida 
ko’rsatilganlar kondensator qurilmalarga ta’lluqli emas. Sig‘imli 
zanjirlarni o‘chirishda sodir boi’ladigan o‘ta kuchlanish va qayta yoy 
hosil bo’lishi mumkinligi kondensator qurilmalarini (kichik quvvatlarni 
ham) ajratgichlar yordamida o‘chirilish imkonini bermaydi. 
Kondensator batareyalarini ulash sxemalaridan, unga ulangan 
tarmoq va batareyalar ishini himoya qilishga bog‘liq bo‘ladi. Uch fazali 
kondensatorlar ularning ichki ulanish (uchburchak yoki yulduz) 
sxemalariga bog‘liq bo‘lmagan holda batareyalarga doimo paralelli 
ulanadi. Bir fazali kondensatorlar uchfazali batareyaning har bir fazasiga 
yoki paralel, yoki paralelli ketma-ket ulanadi. 

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling