Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov


Kondensator qurilmalarning neytralini zaminlash va fazalarini


Download 2.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana25.10.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1721670
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism

3.2. Kondensator qurilmalarning neytralini zaminlash va fazalarini 
ulash sxemalari 
 
Uch fazali batareyalar, bir fazali kondensatorlardan tashkil topgan 
bo‘lib, yulduz yoki uchburchak ulanishi mumkin. Uch fazali 
batareyalarni yulduz ulaganda neytral nuqtasi yulduzli ulanishida yerga 
zaminlanadi. Neytralini zaminlanishini berk qilish, tok transformatori 
orqali yoki kuchlanish transformatori orqali bajariladi. Chunki 
kuchlanish transformatorining birlamchi chulg‘ami katta qarshilikka ega 
bo’lib, ya’ni kuchlanish transformatori orqali qurilmalar neytralini 
zaminlash izolyasiyalangan qurilmalar turkumiga kiradi. 
Shunday qilib, uch fazali batareyalarning yulduz ulanganlarini 
ajratish mumkin: 
- neytrali izolyasiyalangan batareyalar; 
- neytrali zaminlangan batareyalar. 
Boshqa sxemalarga taqqoslaganda, bundan tashqari batareyalar 
fazasini uchburchak ulanganida, bu sxemalarning har biri o‘zining 
afzallik va kamchiliklariga ega. 
Neytrali 
izolyasiyalangan 
batareyalarga 
nisbatan, 
neytrali 
zaminlangan batareyalar ko‘proq uchrab turadi. KQlarning neytrali 
zaminlanganlari foydasiga bo‘lishi quyidagi omillarga bog’liq: 
- neytrali zaminlangan batareyalarda oxirgi potensiali xohlagan ish 
rejimida yer potensialiga teng, demak,batareyalarni erga nisbatan 
zaxirali izolyasiyalashga zarurat yo‘q; 
- neytrali zaminlangan kondensator qurilmalar boshqa elektr jihozlarni 
atmosferaviy o‘ta kuchlanishdan batareyalar quvvati ortishi bilan 
himoyalanish darajasi ishonchligi ortib boradi; 
- neytrali zaminlangan batareyalarda, tarmoqqa biriktirilgan va parllel 
ulanishga ega bo‘lgan kondensatorlar, neytrali zaminlanganlari, bir 


35 
fazali qisqa to‘tashuvi kondensatorlar qisqichlari orasidagi QT bilan teng 
kuchli; shu tufayli saqlagichlar o‘rnatilish himoyasi yanada aniq 
ishlashini ta’minlaydi.Bir fazali QT toki katta qurilmalarda, kondensator 
tanasi butligiga xavf tug‘dirishi, bu sxemaning asosiy kamchiliklariga 
hisoblanadi; 
- neytrali izolyasiyalangan kondensator batareyasi liniya simlarining 
birortasi uzilganida yuklama iste’mol qilinishi mumkin, fazalari orqali 
parallel ulangan batareyalar; bular o‘ta kuchlanishni va bu rezonans 
xolati sodir bo‘lishini tashkil toptirishi mumkin, tizimlar elementlari 
boshqa induktivli batareyalar sig‘imi ketma-ket ulanish natijasida paydo 
bo‘ladigan, bundan tashqari iste’molchilar fazalari teskari yoki ketma-
kektli ulanishi mumkin. Batareyalarni neytrali zaminlanganida bunday 
holatlar yuzaga kelmaydi. 
Neytrali yerga ulanishning asosiy kamchiligi yuqori garmonika 
oqishi mumkinligi hisoblanadi, demak zaminlanish orqali tarmoq 
bo‘ylab unga kondensatorli qurilma ulandi. 
Neytrali izolyasiyalangan sxemaning boshqa afzalliklariga rele 
himoyalarini qo‘llanilishi hisoblanadi, neytral potensiali o‘zgarishiga 
rostlovchi va qurilmani kondensatorlar qoplamalari o‘zoro ulanishida 
muvaffaqiyatli himoyalovchi hisoblanadi. 
Fazalari uch burchak ulangan kondensatorli qurilmalar quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
- kondensatorlar parallel ulanganida har bir fazadagi QT 
kondensatorining qisqichlari orasidagi ikki fazali qisqa to‘tashuv bilan 
teng kuchlidir; 
- har bir fazadan o‘tayotgan kuchlanish har qanday holatda tarmoq 
liniyasi kuchlanishiga teng, ya’ni boshqa faza batareyalar butligiga 
bog‘liq emas; batareyaning har bir nuqtasi potensiali yerga nisbatan 
qayd qilinmagan va tarmoq fazalari potensiallarining yernikiga nisbati 
bilan aniqlanadi; 
- batareyani ta’minlovchi, birorta liniya uzilishi, neytrali 
izolyasiyalangan yulduz ulangadagidek va u xuddi sho‘nday natijaga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Reaktiv 
yuklamalar, 
uch 
fazali 
kondensatorlar 
bilan 
kompensatsiyalanuvchilar, 
simmetrli 
yoki 
simmetrlashishga 
yaqinlashadi. 
Shu sababli barcha uch fazali batareyalar ularning ulanish 
sxemalariga 
bog‘liq 
bo‘lmagan 
holda, 
tarmoqning 


36 
kompensatsiyalanayotgan qismida, kuchlanish va toklar simmetriyasi 
yaratilishi uchun, bir xil sig‘imga ega bo‘lishi kerak. 
Agar neytrali izolyasiyalangan batareya yulduz ulangan bo‘lsa, 
fazalar sig‘imi bir xil bo‘lishi yana ham zarurligi batareyalarning barcha 
uchchala fazasida ham kuchlanish bir xil bo‘lshi shart. 
Kondensatorlar parallel, ketma-ket ulanishi va yana barcha ketma-
ket ulangan har bir fazaning guruhlar sig‘imi bir xil bo‘lishi kerak. 
Boshqa holatda guruhlar kuchlanishi bir xil bo‘lmaydi: Kam sig‘imli 
guruhlar tok bo‘yicha o‘ta yuklangan bo‘ladi, katta guruhlar esa,-
noto’liq yuklangan bo‘ladi. 
500-1000 kVAr va o‘ndan yuqori quvvatli kondensator batareyalar 
bir necha bo‘limlarga ajratiladi (3.3-rasm). Kondensatorlarni sinash 
imkoniyati va boshqa ishlarni bajarish imkoni bo‘lsin, qolganlari 
kuchlanish ostida bo’ladi. Bo‘limlashtirishning maqsadga muvofiqligi 
batareyalar konstruktiv tuzilishini bajarilishidan kelib chiqishi mumkin, 
agar u bir necha javonlarda yoki bir necha xonalarda joylashtirilgan 
bo‘lsa, batareyalardagi bo‘limlarning soni ko‘pincha ikkitaga teng 
bo‘lib, ayrim hollarda uchta yoki undan ko‘proq bo’lishi mumkin.
3.3-rasm. Kondensator qurilmalarni bo‘limlashtirish sxemasi 
Bo‘limlashtirish zarurati paydo bo‘lishi va quyidagi hollarda, 
batareyalar quvvatini ko‘p bosqichli rostlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 
talab qilinadigan bo‘limlar soni va ularning o‘zoro quvvatlari nisbati 
rostlash soniga bog‘liq bo’ladi. Har bir bo‘lim o‘chirgich Q1, orqali 
shinaga ulanadi, QTning to‘la quvvati o‘chirishiga hisoblanadi. Q2 
kondensator batareyalar zanjiridagi o‘chirgichlar QTning to‘la quvvatiga 


37 
hisoblanmagan va kondensator qurilmalarni avtomatik rostlashda faqat 
qayta ulash uchun xizmat qiladi.
Biror batareya halokatida oldin Q1 o‘chirgich o‘chadi, keyin 
jorahat olgan bo‘lim o‘chirgichi Q2 o‘chirishiga impuls uzatiladi
joraxatlangan bo‘lim, undan keyin Q1o‘chirgich ulanadi va qolgan 
batareya bo‘limlari ta’minoti tiklanadi. Q2 o‘chirgich sifatida, eng ko‘p 
operatsiyalarga muljallangan vakuumli yoki elegazli o‘chirgichlar 
tavsiya qilinadi. Bo‘limlarda ajratgichlarni o‘rnatilishiga ruxsat beriladi, 
agar operatsiyalar kommutatsiyasi faqat kuchlanishdan ajratilganida 
bajariladigan bo‘lganida. 

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling