Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov


Download 2.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana25.10.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1721670
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism

 
 
 


45 
IV BOB. REAKTIV QUVVATNI HISOBLASH VA UNI 
O‘LCHASH VOSITALARI 
Ventilli o‘zgartgichlarning bunday bir qator afzalliklari, ishlatishga 
qulayligi, oddiy rostlanishi, yuqori FIK kabilar bilan birga bir qator 
sezilarli kamchiliklarga ham ega. Eng avvalo bu ta’minot manba 
tarmog‘iga ko‘p miqdorda kuchlanish buzilishini kiritishi, past quvvat 
koeffitsientliligi, ayniqsa ta’minot tarmog‘iga kichik qiymatli qisqa 
to‘tashuv quvvatlarida ular o‘rnatilgan joyida yirik quvvatli 
o‘zgartgichlar katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Tiristorlarni tabiiy kommutatsiyalayotganda o‘zgartirgichning 
ta’minlash asosiy garmonika toki faza bo‘yicha ta’minlovchi 
kuchlanishidan kechga qoladi, buning natijasida o‘zgartgich birinchi 
garmonika bo‘yicha reaktiv quvvat iste’molchisi hisoblanadi. 
Chala sonli boshqariladigan ventilli aktiv yuklamali, ko‘prikli 
o‘zgartgich sxemasini qo‘rib chiqamiz. 4.1-rasmda ventillarning α 
burchak boshqarilishida o‘zgartgichning tok va kuchlanish egri 
chiziqlari namoyish etilgan. 
O‘zgartgichning toki nosinusoidal va uni Fure qatorida yoyish 
mumkin.
 
 
bu yerda 


46 
4.1-rasm. Aktiv yuklamali chala sonli boshqariladigan ventillar ko‘prikli 
o‘zgartgich boshqariladigan sxemasi 
υ = 0, qo‘yib, birinchi tok garmonika uchun ifodani qabo‘l qilamiz: 
(4.1) 
bu yerda 
(4.2) 
(4.2) ifoda tahlilidan quyidagi xulosaga kelinadi, α = 0 π burchak 
boshqarishda φ fazaning burchak siljishi birinchi garmonikalar toki va 
kuchlanishi manfiy hisoblanadi, demak, birinchi tok garmonikalari 
bo‘yicha reaktiv quvvat iste’mol qilish joyiga ega: 
(4.3) 
bu yerda 
Chunki ko‘rib chiqilayotgan zanjirda reaktiv elementlar yo‘q, 
shunga ko‘ra oniy reaktiv quvvat davr oraliq vaqtining harqanday 


47 
momentida nolga teng, ya’ni manba va o‘zgartgich orasida energiya 
almashuvi amalga oshmaydi va quvvat (4.3) fazasi siljishi quvvati 
hisoblanadi. 
Ko‘rib chiqilayotgan sxemada yuklamadagi tok va kuchlanishning 
amaldagi qiymatlari
Tok va kuchlanishlarning o‘rtacha qiymatlari 

Boshqarish burchagi α = 0 teng bo‘lganida kuchlanish U
d
juda 
ko‘p bo‘ladi: 
4.2-rasm. Aktiv yuklamali ventillar chala sonli boshqariladigan 
o‘zgartgich boshqariladigan tavsiflari 


48 
4.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuklama toki yuqori va 
nosinusoidalli, bu elektr iste’molchilar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘zgartirilgan tokni yuklama bilan ketma-ket moslashtirish uchun 
induktivlik ulanadi. Aktiv - induktivli yuklamali chala sonli 
boshqariladigan ventillar o‘zgartgichlar ko‘prikli sxemasini ko‘rib 
chiqamiz (4.3-rasm). 
Amaliyotda odatda silliqlovchi filtrda induktiv qarshilik yuklama 
qarshiligidan anchaga katta, shu sababli tadqiqot ishlarini oddiylashtirish 
uchun keltirilgan sxemani quyidagicha qaraymiz, unda L → ∞. Bunday 
holatda o‘zgartgich ish tavsifi xuddi 4.3-rasmdagi ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. 
4.3-rasm. Aktiv – induktiv yuklamali noto‘liq sonli boshqariladigan 
ventillar ko‘prikli boshqariladigan o‘zgartgichlar sxemasi 
Chala sonli boshqariladigan ventillar o‘zgartgich, ko‘prikli 
o‘zgartgichlar α = 0 burchak rostlanishida asosiy garmonika bo‘yicha 
reaktiv quvvat iste’molchisi hisoblanadi: i tokning birinchi garmonikasi 
ta’minot u kuchlanishidan φ =α /2 burchakka kechikadi. 
Oniy reaktiv quvvatni quyidagi ifodaga mos ravishda aniqlash mumkin. 


49 
bu yerda 
.
;
2
cos
1
0
 
d
d
d
d
R
U
I
U
U




Shunday qilib q ≠ 0 va ko‘rib chiqilayotgan sxemada elektr 
energiya almashuvi (sodir bo‘ladi). α π oraliqda tiristor VT1 va diod 
VD2 tok o‘tkazadi, bu vaqtda induktivlik kuchlanishi hisobiga uning 
o‘zida energiya jamlanadi.
Bu oraliq tugashi bilan kuchlanish u qutbi o‘zgaradi va bu diod 
VD2 ning qotishishini ta’minlaydi. Bu moment vaqtida L induktivlik 
(zaxiralangan) jamg‘arilgan energiyani yuklamaga bera boshlaydi, ochiq 
tiristor VT1 va ochilgan diod VD1 orqali tok oqimi davom etadi. 
Shunday qilib, oniy reaktiv quvvat kontur bo‘ylab induktivlikni 
aylantiradi – diod VD1 – tiristor VT1 – yuklama – induktivlik. Ikkinchi 
yarim davrda ko‘rib chiqilgan holat takrorlanadi (bu holatda toklar 
ko‘prikning qarama qarshi elkasidan oqadi). 
Demak, elektr magnitli induktivli energiya tarmoqdan iste’mol 
qilinadi va yuklamaga beriladi, ya’ni bu holatda manba va ko‘prikli 
o‘zgartgich oralig‘ida energiya almashuvi sodir bo‘lmaydi. Xuddi 
shunday natijani reaktiv quvvat almashuvini hisoblashda ko‘rish 
mumkin. Chunki davr mobaynida r(t) ≥ 0 (4.4-rasm), u holda Q
o‘mu 
= 0. 
Ko‘rib chiqilayotgan o‘zgartgichlar ham birinchi garmonika 
bo‘yicha reaktiv quvvat iste’molchilari hisoblanadi. Asosiy garmonika 
oralig‘idagi faza siljishida tok va kuchlanish φ = α burchakni tashkil 
qiladi, ya’ni bir xil α burchak boshqarishdagi reaktiv quvvat, boshqa 
sxemalar iste’mol qilayotganlari. 
4.3-rasm, sxemadagiga nisbatan ko‘pini tashkil qiladi. Oniy reaktiv 
quvvat oldingi xolatdagi kabi, noldan farqli:
(4.4) 
bu yerda 
(4.5) 


50 
Lekin 
α...π oraliqdagi energiya, induktilikda jamlangani 
yuklamaga tiristor orqali emas, ya’ni manba orqali boradi, bu xolatda 
energiya manbasi va o‘zgartgich oralig‘ida elektr magnit almashinuvi 
sodir bo‘ladi.
Chunki oniy quvvat davr o‘tishida o‘zining belgisini almashtiradi, 
u xolda almashuv reaktiv quvvati noldan farqli bo‘ladi: 
Shunday qilib bu o‘zgartgichlar sxemalarida faqat α = 0 bo‘lgan 
holatidagina manba va o‘zgartgich oralarida almashinuv bo‘lmaydi. 
Ko‘rib chiqilgan o‘zgartgichlar sxemalardan foydalanishda, chala 
sonli ko‘prikli o‘zgartgichli tiristorli sxemalarga nisbatan bu 
o‘zgartgichli sxemalar kam foydalidir. Bu sxemalarda ko‘p sonli 
boshqarilgan ventillar soni ikki borabarga ko‘pligidan tashqari birinchi 
garmonika bilan kuchlanish orasidagi faza bo‘yicha siljish kattadir. Bu 
reaktiv quvvat – birinchi garmonikasi bilan bog‘liq, xuddi quvvatning 
faza bo‘yicha siljishi va reaktiv quvvat almashinuvi kabidir. 


51 
4.4- rasm. (L →∞) aktiv – induktivli yuklamada noto‘liq sonli 
boshqariladigan ventillar boshqariladigan o‘zgartgichlar tavsifi 
Birinchi garmonika bo‘yicha reaktiv quvvat iste’molini pasaytirish 
uchun zarur bo‘lganda nol nuqtali, transformatorli, bir fazali 
tug‘rilagichdan foydalanilishi kerak. Buning uchun nol diodli sxema 
qo‘llaniladi (4.5-rasm.) 


52 
4.5-rasm. Nol diodli nol nuqtali transformatorli to‘g‘rilagichning 
boshqarish sxemasi 
Induktivlikdan zaxiralangan α = π oralig‘ida tok transformator 
ikkilamchi chulg‘am konturiga kirmasdan Vd orqali o‘tadi, ya’ni 
bundaham ta’minot manba va tug‘rilagich oralig‘ida ham energiya 
almashinuvi mavjud emas. 

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling