Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov


Kondensator qurilmalarning zanjirlarida o‘lchash


Download 2.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana25.10.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1721670
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism

3.4. Kondensator qurilmalarning zanjirlarida o‘lchash 
Kondensator 
qurilmalarni 
ishlatishda 
zanjirda 
quyidagilar 
o‘lchanadi: 
- kondensatorlar qisqichlardagi kuchlanish; 
- KQ ulanishda oqayotgan toklar; 
- KQ tomonidan ishlab chiqarilayotgan, reaktiv energiya miqdori. 
Kondensator 
qisqichlardagi 
kuchlanishlarni 
nazorat qilish, 
kuchlanish bo‘yicha o‘ta yuklanishini qayd qilish va bartaraf qilish 
imkonini beradi. Ayniqsa, agar kodensator tarmoqning bunday nuqtasiga 
biriktirilgan bo‘lsa, kondensatorlar uchun vaqti-vaqti bilan kuchlanish 
chegaralanganidan oshib tursa, lekin qurilmani kuchlanish ortishidan 
himoyalovchi yo‘q bo‘lsa, kuchlanishni nazorat qilish kerak bo‘ladi. 
Kondensator qurilmalar biriktirilgan, shu yig‘ma shinalarga 
(kuchlanish transformatori orqali yoki bevosita)biriktirilgan voltmetrda, 
kuchlanishni o‘lchash bajariladi. Voltmetrni zaryadsizlovchi kuchlanish 
transformatorining ikkilamchi chulg‘amiga biriktirish mumkin. 
Yig‘ma shinalarga ulash qulayroq, cho‘nki shinalardagi 
kuchlanishni KQ ajratilgan holatida ham o‘lchash mumkin. Kondensator 
qurilmalarida oqayotgan toklarni o‘lchash, ularning me’yoriy ishlash 
rejimidan og‘ishini topish imkonini beradi.
Ampermetrlar 
ko‘rsatgichlarining 
oshishi, 
kuchlanishi 
proporsional emasligini, kondensatorlar yuqori garmonika toklarida o‘ta 
yuklanishdan belgi beradi, kamayishi esa-kondensatorlarning alohida 
himoyasidan ularning kondensator bo‘linmalari yoki kondensatorlar 
qismlarining o’chganini ko‘rsatadi. 


42 
Kondensatorlar ishlashini to‘liq nazorat qilish uchun barcha uchta 
fazasiga ampermetrlar o‘rnatish afzal deb hisoblanadi. Bu holatda 
ampermetrlar ko‘rsatgkichlari taqqoslanib, fazalar sig‘imi tengligi 
nazorat qilinadi.
EQUQ 400 kVAr gacha quvvatli kondensator batareyalar zanjiriga 
faqat bitta ampermetr o‘rnatishga ruxsat beriladi. 400 kVAr va o‘ndan 
yuqori batareyalar uchun uchta ampermetr o‘rnatilishi talab qilinadi. 
Yuqori kuchlanishli kondensator qurilmalarida ampermetrlarni tok 
transformatorlar orqali biriktiriladi. Uchta ampermetrni ulash uchun 
ikkita tok transformatori etarli, chunki uchinchi ampermetr ikkita boshqa 
fazalar toklarining yig‘indisi sxemasi bo‘yicha ulanadi (5.8-rasm). 
Kondensator qurilmalar ishlab chiqargan reaktiv energiyani 
hisoblashi quyidagi sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiqdir: 
- kondensator qurilmalar ishlab chiqargan energiya aktiv va reaktiv 
energiya iste’moli birgalikda elektr ta’minot tizimidan elektr qurilma 
mijozlarining tabiiy quvvat koefitsientini topish imkonini beradi; 
- kondensator qurilmalar ishlab chiqargan reaktiv energiyani 
hisoblash (misol, kechqurungi o‘chirilishni tekshirish), uning ishlash 
nazoratini yengillashtiradi.
Reaktiv energiya ishlab chiqarilishiga hisoblagichlar o‘rnatilishi 
kondensator batareya jihozlariga sarflanadigan harajatini oshiradi va 
kichik quvvatli batareyalar uchun maqsadga muvofiq emas. EQUQ 
sanoat korxonalarning iste’molchilari ulangan kondensator batareyalar 
quvvati 100 kVAr va o‘ndan yuqori bo‘lganida, agar ularga berilayotgan 
reaktiv 
energiya 
korxonaning 
quvvat 
koeffitsienti 
bo‘yicha 
hisoblanayotgan bo‘lsa, reaktiv energiya hisoblagichlari o‘rnatilishini 
talab qiladi.
Kondensator 
qurilmalar 
zanjirlarida 
uning 
qisqichlaridagi 
kuchlanishi va toki oralig‘idagi fazaviy burchak siljishi 900 ga yaqin. 
Kondensator qurilmalar zanjiridagi aktiv quvvat isrofi, faqat maxsus 
sinov qurilmalaridan olingan kondensatorlardagi tgδ bilan topilishi 
mumkin. Ishlatilish davrida qurilmadagi na aktiv quvvat isrofi na aktiv 
energiya isrofi, o‘lchanmaydi. 
KQ ishlatilishida batareyalar o‘chirilgandan keyin har bir 
kondensator sig‘imini davriy ravishda o‘lchanadi. Sig‘imi 10 mkF dan 
oshmaganlarida, maxsus asbobda o‘lchanadi, katta sig‘imlilarda 
ampermetr va voltmetr usuli qo‘llaniladi. Bu usul qo‘llanilganida sig‘im 
quyidagi o‘zoro nisbat bilan hisoblanadi: 


43 
 
Uch burchak ulangan (3.8-rasm), uch fazali kondensatorlar 
sig‘imini o‘lchashda, har bir juft qisqichlarni navbatma-navbat 
tutashtirib va uchinchi qisqich oralig‘idagi sig‘im o‘lchanadi, misol, 2 va 
3 qisqichlarni tutashtirib, qisqich 1 va ular orasidagi sig‘im o‘lchanadi. 
3.7-rasm. Yuqori kuchlanishli kondensator qurilmalarga ampermetrlarni 
ulash sxemasi 
Agar shu usulda qabul qilinganini belgilab S1-23 ,S2-31 va S3-12, 
u holda fazadagi kondensator sig‘imi quyidagi o‘zoro nisbatdan topilishi 
mumkin: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Barcha 
kondensatorlar 
sig‘imi, 
ya’ni 
uchchala 
fazalar 
sig‘imlarining yig‘indisi. 
 
 
 
 


44 
Elektr miqdorlaridan tashqari yana quyidagilar o‘lchanadi: 
- kondensatorlar joylashtiriladigan xonalar horarati; 
- kondensatorlar horarati. 
3.8- rasm. Uch fazali kondensatorlar sig‘imini o‘lchashni tushuntirish 
sxemasi 
Havo horaratini o‘lchash uchun o‘lchanishi chegaralangan 
termometrlardan foydalaniladi, horaratlarni qamrovchi, yoz va qish 
movsimida kuzatiladigan xonalar. Kondensator tanasi horaratini 
termoparada yoki termometrda o‘lchashda horarat eng yuqori bo‘ladigan 
nuqtaga kiritiladi, va u tajriba orqali aniqlanadi. Termopara atrof muhit 
va kondensatorning horarati farqidan ta’sirlanadi, ya’niy kondensator 
holat ko‘rsatgich miqdorini tavsiflaydi. Termometrlardan termoparaning 
ustunligi shundan iboratdir. Termometr bilan kondensator horaratlarini 
o‘lchash deyarli aniq natija bermaydi. Bundan tashqari, termometrlar 
ko‘rsatgichlarini xisoblash, kondensatorlarning pastki va ayniqsa 
yuqorigi jovonlarda o‘rnatilgan batareyalarda murakkabroqdir. 

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling