Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti
Download 167.53 Kb.
|
2 kurs Muzeyshunoslik ishchi dastur sillabus 2023 2024 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotlar shakli:Seminar mashg`uloti(S) (S) - 30 soat S1
- Mustaqil ta’lim(MT) (MT) - 90 soat MT1
- O`qitish va o`rganish usullari
- Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
- 20 foizi. Joriy nazorat quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Faoliyat.
- 10 foizi. • Oraliq nazorat
- 30 foizi. Yakuniy nazorat
Asosiy adabiyotlar: Илалов И. Музееведение. - Т.: Мусика. 2006. Фузаилова Г. Хасанова М. Музееведение. - Т.:2008 Kuryazova. O'zbekistonda muzey ishi tarixi. Т.: San'at, 2010. Qo`shimcha adabiyotlar: "O'zbekistonda muzeylar ishini takomillashtirish va rivojlantirish haqida" O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 1998 10 yanvar. Moziydan sado. Jurnali sonlari. Toshkent 1999-2012 Самин Д.Г. 100 великих музеев мира. - Москва, 2004. Internet saytlari: 1. www. tdpu. uz 2. www. Ziyonet. uz 3. www. edu. uz 4. www. ma’naviyat. uz O`qitish va o`rganish usullari Mazkur muzeyshunoslik fani ma’ruza va seminar mashg’ulotlaridan iborat bo’lib, talabalarning pedagogik faoliyatga tayyorlashga imkoniyat yaratadi. Bo`lajak tarixchi o`qitivchilarining metodik tayyorgarligini amalga oshirish, tarix fanini o`qitish samaradorligini oshirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar bilan tanishtirish sanaladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat xamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi. • Joriy nazorat – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Umumiy baholashning 20 foizi. Joriy nazorat quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Faoliyat. Talabaning darsga kelishi, mashg‘ulotlarda faolligi va ekspress tarzda berilgan savollarga javobi baholanib boriladi.Umumiy baholashning 10 foizi. Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talabalar mini guruhlarga bo‘lingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual ko‘ranishida himoya qiladi. Guruh a’zolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qo‘yilgan umumiy ball, har bir a’zo-talabaga qo‘yilgan individual ball sifatida qayd etiladi. Umumiy baholashning 10 foizi. • Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratda uzrli sabablarga koʻra qatnashmasa yakuniy nazoratga qadar topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 30 foizi. Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 50 foizi. Baholash, oraliq akuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turlarini o‘tkazish bo bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak. Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi. Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Download 167.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling