Arab xalifaligi davlat boshqaruvi .
Vazir ul-vuzaro -Xalifa Davlat ishlari va davlatni boshqarish.
Amir ul-umaro,Devon ad-dar -Harbiy ishlar va harbiy qo'shinlar
U 3ga bo’linadi:Devon al-mashriq , Devon al-xaraj, Devon al-mag’rib.
VIII asr o‘rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqa
ruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlaming qo’li ostidagi ma’muriy-idora usuli o‘z shaklini saqlab qolgan bo‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining
ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islom dinini qabul qilmagan zodagonlar o’z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdorda tovon to’lashardi. Arablar iqtisodiy hayotni o‘z qo’llaridan chiqarmaslik maqsadida bosib olingan hududlarda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qilishdi. Bular asosan quyidagilar edi:
1. Qavonin yoki mukati’a — mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig‘in.
2. Maqosima — hosilning ma’lum ulushi miqdorida to‘langan. Uning hajmi sug‘orishga bog’liq holda belgi
3. Misoxa — yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo’lib, unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e’tibor berilmagan. Bu soliq tizimiga yer solig‘i - xiroj (hosilning o’ndan bir yoki o’ndan ikki qismi miqdorida), chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan - jizya solig’i ham qo’shilgan. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, arablarning O’rta Osiyoni bosib olingan hududlarini boshqarish markazi Marv shahri bo’lib, bu yerdan turib xalifaning noibi Movarounnahr ham, Xurosonni idora qilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, VIII asming o’rtalari va oxirlariga kelib Movarounnahr va Xuroson hududlarida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirib bo’lingan edi. Bu davrda Movarounnahrda Sug’d, Shosh, Farg’ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston kabilardagi mahalliy hokimlar zimmasiga aholidan belgilangan soliqlarni yig’ish, ma’muriy boshqaruvni amalga oshirish asosida islom dini g’oyalarini aholi o’rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan katta nazorat ostiga olingan bo’lib, bundan tashqari ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart bo’lgan. Arablar istilosidan keyin Movarounnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqshunosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qur’oni karim va Hadisi sharifga hamda fiqhshunos olimlaming turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir tomoni shundaki, Islom dinning ko’p jihatdan afzalligi, axloq va intizom nuqtayi nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo’ladi.
Xulosa
Arablar O`rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamma shaharlar aholi joylarida o’z qo`shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o'z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmroriligi aholi uchun og`ir yuk bo`lib qoldi. Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o`ljalarga ega bo`ldilar. O`lkalarni bosib olish chog`ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko`pgina joylarda qurg`oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o’ljalar, Buxoro, Poykand va So’g’d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi. Arab qo`shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko`plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo`ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o’z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar, shu harbiy kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o`rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko`prik qurish, binolarni ta'mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo`shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta'minlab turishi kerak edi. Shunday qilib,arablar yurtimizda bir asrdan ko’proq hukmronlik qilgan. Lekin, shu davr mobaynida juda ko’p ishlarni amalga oshirdi. Yurtimizga islom dinini olib kirib,uni davlat dini darajasigacha ko’tardi. Bu albatta, arablar kirib kelishining ijobiy sifatlaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abulg'ozi. Shajarai Turk. — Toshkent: «Cho’lpon», 1990.
Do'stlaringiz bilan baham: |