Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent Arxitektura qurilish


-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi


Download 2.12 Mb.
bet3/5
Sana15.07.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1660391
1   2   3   4   5
Bog'liq
HISOBOT

2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
8. Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
9. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi elektron ko‘rinishda ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
14. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qo‘yilgan bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish kelishilganligi haqida xulosa beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan bo‘lishi talab etiladi.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini vakolatli organning ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqishi davomida, zaruratga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘chmas mulk obyektiga oid zarur ma’lumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Vakolatli organ joyiga borib bino va inshootni o‘rganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlari va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hudud va ular yaqinidagi bino va inshootlarni vizual ko‘rikdan (zarurat bo‘lganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
O‘rganish davomida bino va inshoot o‘zboshimchalik bilan qurilganini (loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan va tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazmasdan turib qurilganini, obyektning loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda hamda shaharsozlik normalari va qoidalarini buzgan holda qurish va rekonstruksiya qilingani) aniqlash maqsadida, bino va inshootni tekshiruvdan o‘tkazish hamda ariza beruvchi so‘rovnomasida, shuningdek, bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasida berilgan ma’lumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslash amalga oshiriladi.
16. Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik;
loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;
bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;
bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;
bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmasa;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.
17. Ariza beruvchi bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish rad etilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lamasdan ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, takroran kelishish so‘rovnoma takroran tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldin ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
18. Vakolatli organ bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishgan kunning o‘zida QR-kod qo‘yilgan bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish kelishilganligi haqidagi xulosani Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi xulosa olinganidan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga xulosani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida taqdim etadi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling