Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent Arxitektura qurilish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 2.12 Mb.
bet2/5
Sana15.07.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1660391
1   2   3   4   5
Bog'liq
HISOBOT

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-aprel,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) tegishli bo‘lgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha bo‘lishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (o‘tkazish, ulash) uchun mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi — bino va inshoot fasadiga kiritiladigan o‘zgartirishlarning yakuniy natijasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur beruvchi bino va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.
3. Ushbu Reglamentning amal qilishi bino va inshootning hajmi va maydonini o‘zgartirmasdan turib ko‘cha (ko‘chalar)dan ko‘rinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (tsokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va o‘lchamlari o‘zgartirilishiga tatbiq etiladi.
Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘yicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral ko‘chalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qat’i nazar kelishish talab etiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning ma’muriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgandan so‘ng obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
4. Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini kelishmasdan turib bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish taqiqlanadi.
5. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibotini amalga oshirishda bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tuman (shahar) qurilish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) bilan kelishiladi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar o‘rtasidagi axborot almashuv elektron raqamli imzodan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling