Referat Mavzusi: Miqdoriy va hajmiy Tahlilning uslublari Reja: Miqdoriy va hajmiy analizning mohyati va uslublar
Download 1.47 Mb.
|
1 2
Bog'liqReferat Mavzusi Miqdoriy va hajmiy Tahlilning uslublari Reja M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdoriy analizning mohiyati va usullari
- Kimyoviy analiz
- 1.2 Analitik tarozilar
REFERART Referat Mavzusi:Miqdoriy va hajmiy Tahlilning uslublari Reja: Miqdoriy va hajmiy analizning mohyati va uslublar Analitik tarozilar Miqdoriy kimyoviy analiz usullari 2. Hajmiy analiz mohyat 3 Hajmiy analiz uslublarining tasnifi Miqdoriy analizning mohiyati va usullari Miqdoriy analizning vazifasi modda tarkibiga kirgan ayrim element yoki birikmalarning shu moddadagi miqdorini aniqlashdan iborat. Kimyoviy analiz, xususan, miqdoriy analiz fanda va ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlarida injener-texnolog ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va miqdoriy tarkibini bilishi zarur. Bunga kimyoviy analiz yordam beradi. Texnolog analiz natijasiga qarab xomashyodan samarali foydalanishi, texnologik jarayonda yuz bergan kamchiliklarni yo‘qotishi, shu bilan birga yaroqsiz mahsulotlar chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Miqdoriy analiz natijalari, odatda, foiz bilan ifodalanadi. Masalan, kalsiy karbonat analiz qilinganda uning tarkibida necha foiz kalsiy, necha foiz uglerod va necha foiz kislorod borligi ko‘rsatiladi. Miqdoriy analiz usullari, umuman, ikki guruhga bo‘linadi: kimyoviy analiz va fizik-kimyoviy analiz. Kimyoviy analiz tekshiriladigan namuna bilan maxsus tanlangan va tayyorlangan reaktivlar orasidagi kimyoviy reaksiya natijasida ro‘y beruvchi hodisalarni va hosil bo‘luvchi moddalar xossasini kuzatishga asoslangan. Fizik-kimyoviy va fizik-texnik asbobiy (instrumental) usullar namunaning fizikaviy xossalarini (elektronlar potensiali, tok kuchi, spektrlarning yutilishi, sochilishi, chiqarilishi va boshqalarni) alohida asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan. 1.2 Analitik tarozilar Tarozilar kimyoviy analizda ishlatiladigan asosiy asboblardan biri hisoblanadi. Analiz qaysi usul bilan bajarilmasin, uning natijasi tekshirilayotgan moddaning ma’lum miqdoriga keltirilishi, masalan, uning og‘irligiga nisbatan foizlarda ifodalanishi kerak. Shuning uchun analizni boshlashdan oldin moddaning tekshirish uchun kerakli miqdori tarozida tortib o linadi. Analitik tarozi BA–200 ning (1-rasm) asosiy qismi – shayin (teng yelkali richag) bo‘lib, vertikal strelka bilan ta’minlangan, tarozi pallalari tebranganda strelkaning pastki uchi kolonkaning pastki qismiga o‘rnatilgan darajalarga bo‘lingan shkala bo‘ylab harakat qiladi. Shayinning ikki uchida, markaziy prizmadan bir xil masofada qirralari yuqoriga qaragan ikkita boshqa prizma o‘rnatilgan. Tarozi pallalari ilgaklar yordamida shayinga osilib turadi, ishlamagan holatida maxsus moslama — arretir orqali qo‘zg‘almas holatda ushlab turiladi. Bu moslama dastasi soat strelkasiga teskari buralganda, moslama pastga tushadi, tarozi ishlash holatida bo‘ladi. Bu tarozilarda tortish mumkin bo‘lgan maksimal og‘irlik 200 g. Analitik tarozi toshlari maxsus qutichaga solib qo‘yiladi (2-rasm). Qutichada 50, 20, 10, 5, 2, 1 g massali tarozi toshchalari bilan bir qatorda 10 mg dan 990 mg gacha mayda toshchalar ham bo‘ladi. Mayda toshlarni pallaga qo‘yish uchun tarozida avtomatik asbob bor. Bu tarozi qutisining o‘ng tomoni tashqarisiga o‘rnatilgan dumaloq dasta orqali har ikki tomonga buraladigan ikkita tashqi va ichki diskdan iborat moslamadir. Tarozida 100 mg dan 900 mg gacha bo‘lgan toshchalar plastinka shaklida va 10 mg dan 90 mg gachasi halqachalar shaklida bo‘ladi. Strelkaning shkaladagi holatini ko‘rsatuvchi veytograf asbobi – tarozi strelkasiga mahkamlangan mikroshkalaning kattalashtirilgan tasvirini yorug‘ ekranda ko‘rsatuvchi optik moslama yordamida milligramm va uning ulushlari hisoblab topiladi. Moddani to‘g‘ridan to‘g‘ri tarozi pallasiga qo‘yish aslo yaramaydi, chunki bunda tarozi buziladi. Shuningdek, moddani qog‘oz varag‘iga solib tortish ham yaramaydi; tortiladigan modda byuks deb ataladigan va qopqog‘i silliqlangan stakanchaga (byuksga) yoki soat oynasiga (5–6-rasmlar), tigelga, probirkaga va boshqa idishlarga solib tortiladi. Tortish natijalari to‘g‘ri bo‘lishi uchun tortilayotgan buyumning harorati tarozi harorati bilan bir xil bo‘lishi lozim. Tortiladigan buyumning harorati tarozi haroratiga kelishi uchun buyumni tarozi yoniga kamida 20 minut qo‘yib qo‘yish kerak. Qo‘yib qo‘yilgan buyum havodan sezilarli miqdorda suv bug‘ini o‘ziga shimib olmasligi va natijada og‘irligi oshmasligi uchun u eksikatorga qo‘yiladi. dasta har ikki tomonga buraladigan ikkita diskdan iborat bo‘lib, bu disklarga raqamlar yozilgan bo‘ladi. Tashqi diskni burash bilan plankaga 100, 200, 300, ... 900 mg toshlarni osib qo‘yish mumkin. Bu esa tarozining o‘ng pallasiga 0,1, 0,2, 0,3 ... 0,9 g og‘irlikdagi toshni qo‘yish bilan baravar. Xuddi shu yo‘l bilan kichik diskni burab plankaga 10, 20, 30, ... 90 mg li toshlar osib qo‘yiladi, ya’ni tarozining o‘ng pallasiga grammning yuzdan bir ulushlari qo‘yiladi. oddiy tarozida og‘irlikni o‘lchash uchun yangi modeldagi BAO–200, A–200 tipdagi elektromagnit avtotarozilar ham tatbiq qilinadi. Ularning tortish aniqligi 200 g yuk qo‘yilganda 0,1 mg gacha, 100 g gacha yuk qo‘yilganda 0,01 mg gacha va 20 g gacha yuk qo‘yilganda 0,001 g gacha bo‘ladi va h.k. (3–4-rasmlar). O‘lchash operatsiyasi juda sodda va 15 sekunddan ortiq vaqtni egallamaydi. O‘lchanadigan predmet (narsa) tarozi idishiga solinib, eshigi yopiladi, tarozi ishga tushiriladi va 10–15 sekunddan keyin tarozi shkalasida hamma og‘irlikni ko‘rsatadigan son paydo bo‘ladi. Bunday tarozilarda o‘lchashda o‘lchash xatosi yuqorida ko‘rsatilgan tarozilardagidan katta bo‘lmaydi. 1.3 Miqdoriy kimyoviy analiz usullari Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi: 1) tortma (gravimetrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi. Miqdoriy analizda ham sifat analizida qo‘llaniladigan ionlar reaksiyasidan foydalaniladi. Masalan, agar xlorning (to‘g‘rirog‘i, xlorid ionining) miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, u eritmadan kumush ioni ta’sirida cho‘ktiriladi: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling