Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Musiqiy ritmik faoliyatlarni shaklantirish uslubi


Download 1.59 Mb.
bet17/31
Sana21.10.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1714397
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
Kurs ishi titul 2023 yangi

Musiqiy ritmik faoliyatlarni shaklantirish uslubi


Maktab o‘quvchilarining aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida raqs, musiqali o‘yin hamda musiqa bilan harakatlar bajarish katta ahamiyatga ega. Musiqiy faoliyatning bu turlari bolaning har tomonlama o‘sishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi:


Birinchidan, uning musiqiy o‘quvi, ayniqsa ritm tuyg‘usi, musiqiy xotirasi yaxshi rivojlanadi. Chunki, har qanday harakat turi musiqa ritmi ostida bajariladi. Harakat bilan bog‘liq bo‘lgan musiqa ohanglari o‘quvchilar xotirasida to‘rg‘un saqlanadi.
Ikkinchidan, yuqorida aytganimizdek, raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlikni, chaqqonlikni rivojlantirib badanni chiniqtiradi, o‘quvchilar qomatini to‘g‘ri o‘sishiga katta yordam beradi.
Uchinchidan, musiqa asarlari o‘quvchilarda turlicha emotsional hislar uygotadi, turlicha kayfiyatlar hosil etib, uning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi.
Demak, musiqa bilan bajarilgan harakat, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish o‘quvchilarning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega ekan. Musiqa, raqs va o‘yinlar kichik yoshli o‘quvchilarga tez ta’sir etadi. Shuning uchun quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‘yinlar har bir bolaning e’tiborini o‘ziga tortadi. Binobarin, musiqa madaniyati darsi davomida o‘quvchilarning musiqiy ritmik harakatlari faoliyatini amalga oshirishning muhimligi ham ahamiyatli ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Raqs va musiqali harakatlar o‘quvchilarning musiqiy-o‘quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. O‘quvchilarning ritm tuyg‘ulari musiqa bilan bajariladigan turli xil harakatlar- raqs, o‘yin kabi turlicha ifodali harakatlar elementlarini o‘zida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turini yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakat kompleksini yaratib ijro etishga katta ahamiyat berish lozim. Dasturda boshlang‘ich sinf musiqa madaniyati darsida raqs va musiqali harakatlarga alohida o‘rin berilgan. Zero, bu faoliyat o‘quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, xususan, ritm-usul tuyg‘usi hamda asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham zarurdir.

  1. sinfda o‘quvchilar darsning ritmik harakatlarini bajarish, raqs tushish qismida musiqiy tovushlarning baland va pastligini qo‘l harakati (yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish) orqali ifodalashadi. Aytim mashqlari, “Andijon polkasi”, “Chittigul”, “Pianino” kuylari asosida marsh musiqasiga qadam tashlash (F.Nazarovning “Marsh”, “Asp bo‘laman”, “Bahor keladi”) kabi kuylarga raqsga tushishadi. Shuningdek “Ufori”, “Duchava” singari kuylarga mos harakatlarni bajarishadi. To‘rtinchi chorakka kelib, sinf aytimiga dirijyorlik qilib, (“O‘quvchilar va g‘ozlar”) boshqarishni mashq qilishadi.

  2. sinf davomida o‘quvchilar mazkur faoliyat bo‘yicha bir joyda turib, musiqaga mos harakatlarni bajarish, marsh musiqasiga mos qadam tashlash (“Usmoniya”, “Qari navo”, “Marsh”) va qo‘l bilan raqs kuylariga xos ifodali harakatlar bajarish “Oftobjon-o‘rtoqjon” kuyi, musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlari (“Olmani otdim”, “Fabrika”) musiqali o‘yin ifodalarini (“Inoq o‘ynaymiz”) bajarish amalga oshiriladi.

  3. sinfda esa o‘quvchilar musiqalarga mos raqs harakatlarini topib, raqsga tushish (“Olmani otdim”, “Jonon” va boshqa raqsona kuylarga) harakatlari bajariladi.

Darsning ushbu faoliyat turini o‘tkazishda musiqiy cholg‘u asboblaridan unumli foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Xususan milliy raqslarni, masalan, “Chertmak”, “Ufor”, “Andijon polkasi”, “Jonon” va boshqalarni o‘rgatishda xalq cholg‘u asboblaridan foydalanishda birinchidan o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Xalq cholg‘u asboblaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarda tembr o‘quvi yaxshi rivojlanadi, ikkinchidan o‘quvchilar milliy musiqa asboblari bilan tanishib boradilar.
Musiqa madaniyati darsida musiqiy ritmik harakatlarni bajarish faoliyati o‘quvchilar ritmik tuyg‘ularini rivojlantiradi Zotan, raqs va o‘yin ham turlicha ifodali harakatlar elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Har qanday harakat turlicha yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakatlar majmuini yaratib ijro etishga alohida ahamiyat berish lozim hisoblanadi. Marsh ostida o‘quvchilar harakat qilishlarida musiqa sabog‘i bilan birgalikda oyoq tashlab yurishga o‘quvchilarni o‘rgatib borish lozim.




Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling