Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Xor ijrochiligida tovush hosil qilish


Download 1.59 Mb.
bet15/31
Sana21.10.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1714397
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Kurs ishi titul 2023 yangi

Xor ijrochiligida tovush hosil qilish


Xor ijrochiligida tovush yo‘nalishining legato, nonlegato, staccato turlari ishlatiladi. Legato tovushlarining bir-biri bilan uzluksiz bog‘langan harakati bo‘lib, har bir tovush keyingisiga osoyishta va aniq harakatda o‘tishi kerak. Berilgan asarlarni Legato qilib ijro etishga misol tariqasida rus xalq lirik qo‘shiqlarini eslatish mumkin. Portamento (portamento) turdagi tovush yo‘nalishida tovushlar bir-biriga sirgalib o‘tadi. Bu kamchilik tajribasiz ijrochilarga xos bo‘lib xorda ishlatish mumkin emas. Chunki u tovush intonatsiyasida noaniqliklarga olib keladi. Stakkato (stakkato) - tovushlarni vaqt oralab alohida-alohida ijro etish. Stakkato tovushlari oralig‘ida nafas olinmaydi. Stakkato tovushlari yo‘nalishida xonanda ovozi yengil, erkin va qisqa eshitiladi.
Non legato - tovushlarni aniq va bir-biridan ajralgan holda ijro etish turi bo‘lib tovushlar orasida nafasni ushlash orqali hosil qilinadi. Tovush yo‘nalishining bu turi slakkato va legato turlarining oralig‘idagi o‘rinni egallagan bo‘lib, ularning har biriga o‘xshash tomonlari bor.

Bolalar xor jamoasi.


Xor ijrochiligida nutq talaffuzi
Xor ijrochiligida xonandalarni to‘g‘ri diktsiya (lotincha “diction” - nutq talaffuzi), ya’ni adabiy tekstni aniq va ravon talaffuz qilish talab qilinadi. Tovush o‘rnining to‘g‘riligi va nafas faolligi diktsiyaga bog‘liq. Tantanavor, qahramonlik, dramatik xarakterdagi asarlarlar esa mayin talaffuzga mos keladi. Yomon diktsiya xor quyi ifodaviyligi va mazmunini susaytiradi. Xor diktsiyasi nutq organlarining ishlash qobiliyatiga, ya’ni til, lablar, yumshoq tanglay, pastki jag‘dan iborat artikulyatsiya apparatining ishlash qobiliyatiga bog‘liq. Faol harakatchan artikulyatsiya vokal texnikasining asosiy elementlari hisoblanadi. Artikulyatsiya apparati sog‘lom, to‘g‘ri joylashgan va o‘z vazifasini to‘g‘ri bajara oladigan bo‘lishi kerak. Artikulyatsiya apparatining kamchiliklari maxsus mashqlar orqali bartaraf qilinishi mumkin. Bunday kamchiliklarga ayrim harflarni almashtirib noto‘g‘ri talaffuz qilish kiradi. Bu kamchiliklar artikulyatsiya apparatining (ayniqsa o‘quvchilarda) sust harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Vokal nutqi ifodali va jonli bo‘lishi muhim. Ayrim unli tovushlar xonanda ovozi sadosi cho‘ziqligi, kuchi hamda rang-barangligini ta’minlasa, undosh tovushlar esa asarning badiiy matni mazmunini tushunarli va emotsional qilib ifodalashga imkon beradi.
Asarni xor bilan tayyorlash jarayonida musiqa bilan bir vaqtda so‘z matni ustida ham ish yuritish kerak. Asar mazmunini chuqur anglash, asosiy g‘oyasini yuzaga chiqarish hamda ularni aniq va ravon diktsiya orqali tinglovchilarga ifodali qilib yetkazish bilan bog‘liq bo‘lib, asarni xor bo‘lib badiiy ijro etishning zaruriy shartlaridan biridir.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling