Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.59 Mb.
|
Kurs ishi titul 2023 yangi
Tovush hosil qilishYuqorida aytilganidek, tovush nafas va ovoz apparatlarining harakati natijasida hosil bo‘ladi. Tovush havoning yopiq holatdagi ovoz teshigi orqali o‘tganda ovoz pardalari tebranishi vaqtida yuzaga keladi. Tovushning paydo bo‘lish vaqti tovush hujumi deyiladi. Ovoz pardalarining jipsligiga, nafas chiqarishning kuchi hamda xarakteriga qarab tovush hujumi qattiq, mayin va nafas olishdan keyingi hujum bo‘lishi mumkin. Tovushning yumshoq hujumida ovoz pardalari nafas chiqarish boshlanishi bilan ochiladi. Chiqayotgan havoning ovoz pardalariga yengil tegib o‘tishi natijasida juda yumshoq, ya’ni egiluvchan tovush hosil bo‘ladi. Tovushning qattiq hujumi nafas chiqarish oldidan ovoz pardalarining zich yopilishi natijasida hosil bo‘ladi. Nafas olishdan keyingi hujumda esa ovoz pardalari nafas chiqa boshlagandan keyin birikadi va natijada tovushdan oldin nafas chiqarishda unsiz “x” eshitiladi. Qo‘shimcha tovushlar hisobiga tovush o‘zining sofligini yo‘qotadi. Ovoz pardalari esa bo‘shashib qoladi. Qo‘shiq kuylayotgan o‘quvchilar amalda tovush hujumining hamma tiplarini bilishi kerak. Lekin eng ma’quli yumshoq tovush hujumi hisoblanadi. Bu tipdagi tovush hujumi o‘quvchini erkin, o‘zini zo‘rlamasdan kuylashga va ovoz apparatini uzoq muddatga sog‘lom tutishiga imkon beradi. O‘rni kelgan vaqtda har bir tipdagi tovush hujumini ishlatish mumkin. Misol uchun, kuy orqali nafrat, qo‘rquv, jahl, iztirob kabi tuyg‘ularini ifodalashda katta hujumli tovushdan, kuchsizlik, darmonsizlik, qo‘rqoqlik va boshqa shunga o‘xshash tuyg‘ularni ifodalashda esa nafas olishdan keyingi hujumli tovushdan foydalaniladi. Qo‘shiq kuylaganda o‘quvchining ovozi yuzaga kelishidan boshlab hujum tipidan qat’iy nazar o‘zining aniq balandligiga, kuchiga, tembriga, aniq unli shakliga ega bo‘lishi kerak. Bu shartlar tovush hosil qilishning asosiy qoidasi bo‘lib, xor ijrochiligida alohida ahamiyatga ega. Xalq xonandalari odatda ochiq (ko‘krakdan) tovush hosil qilish usulini qo‘llaydilar. Bunda tovush aniq chegaraga ega bo‘lmasa-da ijrochiligi uchun bir xil uslub tanlanishi kerak. Agar akademik ijrodagi xorning bir qismi ochiq tovush bilan kuylasa ansambl buzilishi mumkin. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling