Muammoni qo‘yish
“Aqliy hujum” ishtirokchilari
“Aqliy hujum” usuli
Dars mobaynida o‘qituvchi mavzuning xarakteri va shakllantirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shundan keyingina mashgulotni boshlashi kerak. Masalan, keyingi paytlarda keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan munozara yuritishning “breynshtorming” shaklini olib qaraydigan bo‘lsak, bunda bahslashuvchilar ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar.
Shuni e’tirof etish joizki “breinstorming” (inglizcha “Aqliy hujum”) uslubi amerikalik olim A.Osborn tomonidan 1930 yilda taklif etilgan bo‘lib, unda loyihalarni rejalashtirish va uning natijalarni oldindan bashorat qilish ko‘zda tutilgan edi.
“Breynshtorming” uslubining psixologik mohiyati shundaki, munozaraga kirilganda baxslashuvchilarga miyaga qanday fikr kelsa, uni tanqidsiz, erkin aytish imkoniyati beriladi. Oxirida esa baxslashuvchilar ma’lum ratsional “mag‘z”ni ajratib olishadi.
"Insert"strategiyasi metodi - Ushbu strategiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha talabalarning muayyan tushunchalarga ega ekanliklarini aniqlash va ularda mavzuga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shaklantirishga xizmat qiladi.
Ishni bajarish tartibi:
kichik guruhlar tuzilib, ular nomlanadi;
har bir guruhdan o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid yozma fikr bildirish so‘raladi;
o‘quvchilar fikr va mulohazalarini qog‘ozga yozib borishadi;
o‘qituvchi matnning mazmuni ifodalangan taqdimotni namoyish etadi;
o‘quvchilar bu matn va o‘zlari bildirgan fikrni qanchalik o‘xshashligi va farqini maxsus belgilar bilan qayd etadilar;
har bir kichik guruh a’zolari ushbu topshiriq bo‘yicha ma’lumot berishadi.
Metodni qo‘llashda o‘quvchilar quyidagi jadvallar bo‘yicha faoliyatni tashkil etadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |