Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Musiqa darsida bilim va malakalarining mustahkamligi


Download 1.59 Mb.
bet19/31
Sana21.10.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1714397
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
Kurs ishi titul 2023 yangi

Musiqa darsida bilim va malakalarining mustahkamligi,


  • Musiqa ta’lim va tarbiyasida ilmiylik, sistemalash va davomiylik,
  • Darsda o‘quvchilarning ongliligi va faolliligi,


  • Musiqa darsida ko‘rgazmalilik.

    O‘quv materiallarining o‘quvchilar bilim - malakalariga va yosh xususiyatlariga mosligi, rejasini tuzish jarayonida qo‘llanadi. Ta’lim mazmunini o‘quvchilarni haqqoniy ilmiy dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Buning uchun o‘quv mazmuniga faqat ilmiy asoslangan, tajribada tasdiqlangan, o‘quv musiqa fani va musiqa fanining mazmuni orasidagi qonuniy aloqalarga asoslangan ilmiylik prinsipini qo‘llash darkor. Nazariy bilimlarning amaldagi qo‘llanilishi va u bilimlarning amaliy bilimlar bilan bog‘liqligi har bir o‘qituvchining axborotida sezilib turishi kerak. Musiqa fani bo‘yicha yangiliklari doimo izohlanib borilishi darkor. Bevosita dars davomida ilmiylik prinsipi faqat ilmiy axborotni berish bilan chegaralanmaydi. Axborot, ilmiy manbalarning qayerdan kelib chiqqanligi sabab, natijalarning tahliliy, tarixiylik prinsipini qo‘llash ham ilmiylik prinsipini ta’minlaydi. Dars jarayonida o‘quv materiallarining o‘quvchilarni bilim tajribasiga mosligi, o‘quvchilar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘gri o‘rgatish, asarlarni o‘quvchilarning fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsning ilmiylik prinsiplarini tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar tafakkuriga xos va ko‘proq o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan tanish qo‘shiqlar, kuy va p’esalar o‘rgatiladi. O‘rta sinflarda esa o‘quvchilar hayotiy tajribalari boyigan, aniq fanlarni o‘rganish jarayonida ilmiy dunyoqarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Shunga muvoflq o‘rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib borishi tizimlilik prinsipi deyiladi.
    Musiqa darsi xorda kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Shu xildagi asosiy faoliyat turlarini darsning mantiqiy yaxlitligidan ajratmagan holda e’tibor beriladi. Bu esa darsdagi barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida uzluksiz amalga oshirib, darsning har bir faoliyatini o‘z navbatida borishi davomiylik prinsipi deyilad

    Ta’limda, ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish o‘quv-tarbiya jarayonining asosini tashkil etadi. Ta’lim va tarbiyada ko‘rgazmalilikdan foydajanish haqida Al Forobiy ko‘pgina ibratli so‘zlarni aytib qoldirgan. Forobiyning fikriga qaraganda o‘quvchilarni, shogirdlarni uch toifaga bo‘lish mumkin:


    Birinchi toifasi – o‘quv materialini o‘zlari mustaqil o‘rgana olishadi. Uchinchi toifadagilarni majburlab, zo‘rlab o‘qitish kerak, deydi. Va nihoyat ikkinchi toifa talabalarga ta’lim berishda ko‘rgazmalilikdan foydalanib o‘quv mehnatini jadallashtirish va bir muncha osonlashtirish imkoniyati tug‘iladi. Ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilinganida eshitish organlari bilan bir qatorda ko‘rish organlaridan ham foydalaniladi.
    Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi-o‘ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u qo‘li bilan emas balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham ohang ko‘rgazma sifatida chalib ko‘rsatiladi. O‘qituvchining o‘zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham, musiqa darsida ko‘rgazma sifatida muhim rol o‘ynaydi. Mazkur printsiplar asosan, o‘quv materiallarini qo‘llash musiqa darsini mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo‘llanadi.
    Xulosa, qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik prinsiplari, musiqa madaniyati darsida muhim ahamiyatga ega bo‘lib musiqani hayot bilan bog‘lashda katta ahamiyat kasb etadi.



    Download 1.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling