Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.59 Mb.
|
Kurs ishi titul 2023 yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- – bosqichda
– bosqichda:O‘qituvchi “To‘g‘ri javob” ustunida berilgan raqamlar bilan “Yakka baho” ustunida berilgan raqamlarni (yoki aksincha) solishtirishni va agar bu raqamlar mos kelsa, “Yakka xato” ustuniga “+” belgisini qo‘yishni, mos kelmasa “-” belgisini qo‘yishni so‘raydi. “Yakka xato” ustunidagi “+” belgilari sonini yuqoridan pastga qarab sanab chiqib, umumiy sonini yozib qo‘yish kerakligini uqtiradi. – bosqichda:O‘qituvchi xuddi shu tartibda “To‘g‘ri javob” va “Guruh bahosi” ustunlaridagi raqamlarni solishtirib chiqib, “Guruh xatosi” ustunini “Yakka xato” ustuni kabi to‘ldirishni so‘raydi. So‘ngra yuqoridan pastga qarab “+” belgilari soni sanab chiqiladi va umumiy son yozib qo‘yiladi. – bosqichda:O‘qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi. “Yakka xato” bo‘limi va “Guruh xatosi” bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi: O‘quvchilarning (guruhning) javoblari o‘qituvchi tomonidan berilgan “to‘g‘ri javob”ning 1-25 % ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa “1” ball, 26-50 % ga to‘g‘ri kelsa “2” ball, 51-75 % ga kelgan bo‘lsa “3” ball, 76-99 % ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa “4” ball, 100% ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa “5” ball, deb baholash mumkin. – bosqichda:- O‘qituvchi darsini yakunlaydi. Guruhlarning ba’zilariga, ularning faoliyatlariga o‘z fikrini bildiradi. Unda o‘qituvchi ularni nimalarga o‘rgatganini, ularning shu dars orqali nimalarni bilib olganliklari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi. Bu texnologiyani o‘tkazish jarayonida o‘qituvchi kompyuter, ekran va videoproektordan foydalansa, ya’ni tarqatma material shaklini ular vositasida namoyish qilib, bosqichlar ketma- ketligini tushuntirib borsa, o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni bajarishlari oson kechadi. “Blis – o‘yin” texnologiyasi. Trening haqida tushuncha. Ushbu texnologiya o‘quvchi – talabalarni harakatlar ketma – ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p xilma–xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o‘quvchi – talabalar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling