Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


San`atshunoslik fakulteti Musiqa ta`limi yo`nalishi


Download 1.59 Mb.
bet29/31
Sana21.10.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1714397
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Kurs ishi titul 2023 yangi

San`atshunoslik fakulteti Musiqa ta`limi yo`nalishi
(sirtqi) MUT 18/2- guruh talabasi Obidova Sarvinozning
Musiqa elementlari nazariyasi fanidan
Shubert ijodida sonata shakli ” mavzusida yozgan kurs ishiga
T A Q R I Z
Hozirgi vaqtda musiqa ta`limi shaxsning ma`naviyatini shakllantirishning muhim yo`nalishilari tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu nafaqat kelejakda san`atni ongli ravishda idrok etishga hissa qo`shadi, balki umuminsoniy qadriyatlarni tushunib yetishda, yosh avlodni gumanitar madaniyat olamiga olib kirish imkonini beradi. Maktab o'quvchilarini musiqiy ta`lim va tarbiyasining asosiy vazifalari - o'quvchilarni musiqa san`ati bilan tanishishlari uchun sharoit yaratishdir. Musiqani barcha xilma-xilligi bilan idrok etish qobiliyatini rivojlantirish; yuqori darajadagi hissiy sezgirlikni shakllantirish va buning natijasida ijodiy va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi jaxonning mashhur bastakorlari asarlari bilan tanishish va musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya,musiqa asarlari tahlili) fanida o`zlashtirilgan bilim va malakalari yordamida asarni musiqiy- badiiy tahlil qilishdir.
Kurs ishi loyihasi 39 sahifadan iborat bo`lib, tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olgan: titul varog’i, reja, kirish qismi, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar va mundarija.
Talaba kurs ishi mazmunini kurs ishi maqsad va vazifalarini ochib berishga qaratgan va buni uddasidan chiqqan. Kurs ishi kirish qismida mavzuni dolzarbligi, kurs ishi maqsadi, predmeti va ob`ektui belgilanib olingan. Asosiy qism ikki bobdan iborat bo`lib, I- bob mavzuni nazariy jihatlari, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tahlili amalga oshirilgan. II- bob musiqa asarini bevosita tahlilini ochib beradi. Kurs ishi mazmuni xulosa va takliflar bo`limi bilan yakunlanadi. Unda talaba mavzu yuzasidan aniq xulosa keltirgan va o`z nuqtai nazari bilan mavzuga munosabat bildirgan, hamda bir-nechta takliflar berib ketgan.
Shubert hayoti, uning ijodiy yo`li haqida atroflicha berilgan ma`lumotlar kurs ishini izchil va tizimli yoritilishini ta`minlagan. Shu bilan birga kurs ishida sonata shakli qonuniyatlari ochib berilgan. Va Shuberning ijodidagi sonataning hususiyati va o`ziga hosliklaru ta`riflab berilgan.
Ishning yakunida berilgan takliflardan umumta`lim maktablari musiqa madaniyati darslari xorijiy musiqa bo`limida foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Kurs ishni yozishda 14 ta fanga oid adabiyot va 4 ta internet manbalardan foydalanilgan. Ishga oid nota matni, balet saxna ko`rinishlari va yana bir qancha illyustratsiyalar Ilova bo`limidan joy olgan, kurs ishi mazmuni ketma-ketligida joylashtirilgan.
Kurs ishi loyixasini yozish davomida juz`iy xatoliklarga yo`l qo`yilgan, bundan tashqari foydalanilgan adabiyotlar ko`rsatilgan bo`lsada, foydalanilgan manbaning sahifasiga aniqlik kiritilmagan.
Kurs ishi mazmunan talabga javob beradi degan xulosa bilan ish himoyaga tavsiya etiladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling