Biz bahorda chiqamiz
Dalalarga, bog‘larga. Gul lolalar ochilgan,
Ko‘m ko‘k maysazorlarga.
Dalalarda ochildi Gunafshalar, lolalar. Bizga uchib kelishdi Mayna, bulbul, sa’valar. Bir tomonda lolalar, Quvnab terar o‘quvchilar. Bir tomondan qushchalar Bizni qutlab sayrashar.
Hoy gul emgan kapalak, Qanotlaring ipakdak.
Seni ko‘rdim bog‘imda, Meni qilding jonsarak.
Uchrataman har kuni Seni go‘zal bog‘imda, So‘rib gullar bargini O‘tirasan olchamda.
Borib ushlay deganda Shoshib qolib uchasan. Sira tutqich bermasdan
Mendan aslo qoshmagin, Do‘st bilaman o‘zimga. Yengil-yengil uchishing, Oh, yoqadi ko‘zimga.
Guldan-gulga ko‘chasan.
Voy, voy, voy, voy, Baxtli erkatoy.
Ertalab turib, Ichmas ekan choy.
Voy, voy, voy, voy, Baxtli erkatoy.
To‘g‘ri yo‘l qolib, Kechar ekan loy.
Voy, voy, voy, voy, Baxtli erkatoy.
Darsin qoldirib, Keyin ishi voy. Voy, voy, voy.
Chaman-chaman bog‘larning, Bizlar jambil rayhoni. Bizning quvnoq qo‘shiqlar, Jaranglatar har yonni.
Salom senga, ko‘k archa, Qishin-yozin yashnaysan. Yaproqlaring ninacha, Yasangansan, go‘zalsan.
Atrofingni aylanib, Qo‘shiq aytib quvnaymiz, Har birimiz qo‘l berib, Yangi yilni qutlaymiz.
Do‘stimiz ko‘p, Otimiz cho‘p. Lof qillmaymiz, Chopqillaymiz.
Naqarot: Kichkintoymiz, Gijingtoymiz, He-he-hey!
Hazillashib, Hazillashib. Quvnashamiz, Quvlashamiz.
Naqarot: Kichkintoymiz, Gijingtoymiz, He-he-hey!
Bizlar har kun, O‘sib dur kun. Hech qo‘rqmaymiz, Kuch to‘playmiz.
Naqarot: Kichkintoymiz, Gijingtoymiz, He-he-hey!
Do, re, mi, fa, sol, lya, si, 2. Bir, ikki, uch, o‘ng oyoq, Maktab pianinosi. Ohangga soling quloq
Klavishi oq-qora, Yangroq kuyga jo‘r bo‘lib, Havasing kelar qara. Qo‘shiq aytamiz quvnoq.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Do'stlaringiz bilan baham: |