Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.59 Mb.
bet25/31
Sana21.10.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1714397
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Kurs ishi titul 2023 yangi

Ta’limninig ko‘rgazmali metodlarini shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: ilyustratsiya va namoyish qilish metodlari. Illyustrasiya metodi, o‘quvchilarga ilyustratsiya qo‘llanmalar-plakat, xarita, doskadagi rasm, olimlarning fotosuratlari va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutiladi. Namoyish qilish metodi odatda asboblar, tajribalar, texnik qo‘rilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish metodiga shuningdek, kinofilm va diafilmlar ko‘rsatishni ham kiritish mumkin. Ko‘rgazmali vositalarning illyustrativ va namoyish qilish bo‘linmalari o‘qitish amaliyotida tarixiy shakllangan.
Ta’limning amaliy metodlari o‘quv faoliyatining xilma-xil turlarining keng doirasini qamrab oladi: amaliy melodlaridan foydalanishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: vazifani qo‘yish, uni bajarilishni rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, jadval, rag‘batlantirish, tartibga solish va nazorat qilish amaliy ish natijasini tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga to‘liq erishish uchun ta’limga tuzatishlar kiritib borish.
“Sinkveyn” metodi - Sinkveyn – fransuzcha -“cinquains”, inlizcha - “cinquain” soʻzlaridan olingan boʻlib “5 qator” ma’nosini bildiradi. Sinkveyn - ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish)ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r boʻlib, unda oʻrganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) toʻgʻrisidagi axborot yigʻilgan holda, oʻquvchi soʻzi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish - murakkab gʻoya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina soʻzlar bilan ifodalash uchun muhim boʻlgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Quyida biz “Notalar” mavzusi misolida musiqa nazariyasi darsida “Sinkveyn” texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha o‘z tavsiyalarimizni bayon qilmoqchimiz (har bir o‘qituvchi o‘tayotgan yoki o‘tgan mavzusi asosida o‘yin shaklidan foydalanib, o‘yin mazmunini ishlab chiqishi mumkin).
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:

  • o‘qituvchi ushbu dars bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida o‘quvchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, o‘quvchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi.

  1. Download 1.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling