IV. Xalq ta’limi sohasida pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish
33.
|
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy pedagogik ta’lim muassasalarida “Xalq ta’limi sohasida menejment” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
|
2019-yil
1-martga qadar
|
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
XTV (Sh. Shermatov)
|
34.
|
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi taqdimnomasiga asosan pedagogik kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan uzoq va tog‘li tumanlardan abituriyentlarni oliy pedagogik ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish kvotalari sonini ko‘paytirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
|
2019-yil
1-aprelga qadar
|
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov)
|
35.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga rus tili va adabiyoti sohasida pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Rossiyaning oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish bo‘yicha takliflar kiritish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
TIV (A. Kamilov)
|
36.
|
Umumta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitishni kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish, ushbu ishlarni quyidagilar orali amalga oshirish:
rus, ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarda ta’lim beradiganmaktablar ochish;
xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, chet tillarda zamon talablariga javob beradigan o‘quv adabiyotlarni chop etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2018 — 2020-yillar davomida
|
XTV (Sh. Shermatov), MTV (A. Shin),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi
|
|