Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar
Download 265.89 Kb.
|
PQ-3931 05.09.2018
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq: 1. 2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilsin: oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi. Oldingi tahrirga qarang. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) 3. Quyidagilar tashkil etilsin: Oldingi tahrirga qarang. (3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) v) Vazirlikning markaziy apparati tarkibida vazirning Nazorat-huquqiy xizmati, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishning har qanday shakllariga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish; xalq ta’limi muassasalarida ichki nazoratni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktika qilish. 4. Vazirlik huzurida quyidagilar tuzilsin: a) davlat unitar korxonasi shaklidagi Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi. Belgilab qo‘yilsinki: “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK ishlar va xizmatlarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari u bilan loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzadi, ushbu shartnomalar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart; manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash qiymatidan ajratmalar “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUKning daromad manbalari hisoblanadi; b) yuridik shaxs maqomisiz Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Ko‘maklashish jamg‘armasi). Quyidagilar Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili, shu jumladan 2018-yil sentyabr oyida, 100 milliard so‘m miqdorida ajratiladigan mablag‘lar; muassisi Vazirlik hisoblangan korxonalar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda; umumta’lim muassasalarining mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi; xalq ta’limi muassasalari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi; xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar tomonidan tashkil etilgan xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 5 foizi; xalq ta’limi muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 5 foizi; Oldingi tahrirga qarang. davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq undiriladigan jarimalar summalarining 50 foizi; (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Ko‘maklashish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkiloti) ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan olinadigan daromadlarning bir qismi; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. Belgilab qo‘yilsinki, Ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi: Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash; fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlarni Vazirlikda ishlash uchun jalb etish; Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar balansidagi bino va inshootlarni saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va ta’mirlash, zarur anjomlar, shu jumladan mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish; Vazirlik xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish; Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; Vazirlik xodimlariga mamlakatda va xorijdagi xizmat safarlari xarajatlarini to‘lab berish; Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar; Oldingi tahrirga qarang. (4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) 5. Belgilab qo‘yilsinki: 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari Ko‘maklashish jamg‘armasiga iste’mol narxlarining tegishli yildagi prognoz indeksiga teng koeffitsiyentni qo‘llagan holda ajratiladi; 2018 — 2020-yillarda Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larining kamida 50 foizi xalq ta’limi tizimini va umumta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan oxirigacha foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan qo‘shimcha manbalari umumta’lim muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi; shtat birliklarini qisqartirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va boshqa xarajatlarni optimallashtirish hisobidan bo‘shatilgan mablag‘lardan faqat Vazirlik tomonidan foydalaniladi. Oldingi tahrirga qarang. (5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 07/19/4537/4078-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Vazirlikka, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarga hamda umumta’lim muassasalariga Vazirlik huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi berilsin va ushbu shartnomalar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilsin. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) 7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin: umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish; umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qilish; o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini oshirish, umumta’lim muassasalari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, ularning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamalarini optimallashtirishni hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbga yo‘naltirish, ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini joriy etish; umumta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish; ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; pedagog kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; Mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish; rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish; o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishini tizimli monitoring qilish; umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilarini kasbga o‘qitishni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish; ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish. 8. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni o‘tkazilayotgan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari xodimlari sonini inobatga olmagan holda 2384 nafar, shu jumladan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari soni 140 nafar, shuningdek, ishlab chiqarish xodimlari soni 3552 nafar etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga: Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, boshqa idoraviy bo‘ysunuvdagi tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; Ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning boshqaruv xodimlari shtatiga qo‘shimcha mutaxassis birliklarini kiritish; pedagog kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilash; umumta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-metodik komplekslarini nashr etish va yetkazib berish tartibini belgilash; Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislarini, shuningdek, ularning xalq ta’limi sohasidagi ekspertlarini konsultantlar sifatida jalb etish; malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni ishga qabul qilish; xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish uchun zarur xarajatlar bo‘yicha takliflarni shakllantirish hamda, zarur bo‘lganda, xorijiy qarz, grantlar va boshqa mablag‘larni jalb etish tadbirlarini amalga oshirish; Vazirlikning, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning, shuningdek, umumta’lim muassasalarining ko‘chmas mulki va boshqa mulkini samarali boshqarishni tashkil etish; idoraviy bo‘ysunuvdagi tashkilotlar, shuningdek, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin. 10. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq ta’limi tizimida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin: Oldingi tahrirga qarang. nodavlat umumta’lim tashkilotlari binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish; (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son) mavjud umumta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumta’lim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini beg‘araz berish; yuklanganlik koeffitsiyenti past bo‘lgan yoxud rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab etadigan mavjud umumta’lim muassasalarini ijaraga berish; Oldingi tahrirga qarang. (10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Oldingi tahrirga qarang. (10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son) xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat umumta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash. Belgilab qo‘yilsinki: xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin; Oldingi tahrirga qarang. davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida tuziladi. Mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov o‘tkazilmaydi; (10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Oldingi tahrirga qarang. xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni davlat tomonidan sherik sifatida Vazirlik tuzadi va xususiy sherik tomonidan kelishuv shartlarining bajarilishini monitoring qiladi; (10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Oldingi tahrirga qarang. umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko‘chmas mulkini O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno. (10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son) 11. Belgilansinki, xususiy sherik zimmasiga davlat-xususiy sheriklik shaklidan kelib chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanishi mumkin: ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalardan muayyan miqdordagi o‘quvchilarni imtiyozli ravishda o‘qitish; o‘ziga o‘tkazilayotgan umumta’lim muassasalarining mavjud o‘quvchilar kontingentini sifatli o‘qitishni ta’minlash; xususiy sherikka biriktirilgan umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish; bolalarni bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborish; o‘quvchilarni zamonaviy darsliklar, maktab formasi, anjomlar va boshqa maktab buyumlari bilan ta’minlash; Oldingi tahrirga qarang. davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlar. (11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Oldingi tahrirga qarang. 12. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning amal qilish muddatlari quyidagicha belgilansin: (12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) Oldingi tahrirga qarang. nodavlat umumta’lim muassasalari binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari bepul asosda ijaraga berilganda — kamida 30 yil; (12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son) mavjud umumta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumta’lim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari beg‘araz berilganda — kamida 20 yil; yuklanganlik koeffitsiyenti past bo‘lgan yoxud rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab etadigan mavjud umumta’lim muassasalari ijaraga berilganda — kamida 30 yil; Oldingi tahrirga qarang. (12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan umumta’lim muassasalarining binolari “nol” xarid qiymatida sotilganda — kamida 30 yil; umumta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan binolari (yoki ularning bir qismi) xususiy sheriklarga maqsadli foydalanish uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi bilan ijaraga berilganda — 30 yilgacha; xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari moddiy ta’minlanganda — kamida 10 yil. Tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlarida berilgan obyektlarda faoliyat boshlagan nodavlat umumta’lim tashkilotining kelishuvning amal qilish muddati davomida o‘z faoliyatini qayta ixtisoslashtirishi taqiqlanadi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat umumta’lim muassasalarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar 2025-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno); Vazirlik o‘qituvchilarning o‘z kasb faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. Oldingi tahrirga qarang. 14. Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son) 15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalariga muvofiq respublikaga xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 16. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida umumta’lim muassasalari rahbarlarini xalq ta’limi sohasida menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirish kurslari (keyingi o‘rinlarda — kurslar) tashkil etilsin. (16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PF-4963-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son) Vazirlik: bir oy muddatda kurslarni tashkil etish tartibini tasdiqlasin; umumta’lim muassasalari rahbarlari xalq ta’limi tizimi rahbar kadrlari malakasini oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich kurslarda o‘qitilishini ta’minlasin. 17. Vazirlik va Qurilish vazirligi 2019-yil 1-martga qadar muddatda xalq ta’limi muassasalari bino va inshootlarining holatini yalpi xatlovdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazsin hamda natijalari bo‘yicha ushbu muassasalarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, mebel, inventar va boshqa texnika vositalari bilan jihozlashning 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Belgilansinki, umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shakllantiriladi hamda navbatdagi yilgi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladi. 18. 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 19. Vazirlik: a) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda o‘qituvchi kasbining nufuzi va ijtimoiy maqomini oshirish bo‘yicha ma’rifiy dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma‘rifat” telekanalini ta’lim tizimining bosh axborot sherigi etib belgilash; jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar erishayotgan yutuqlarni ommalashtirish, ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarni yoritish, maxsus televizion ta’lim dasturlarini uzatish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirlik va idoralar, shuningdek, ta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar rahbarlarining televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan chiqishlarini tashkil etish; b) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda umumta’lim muassasalari mulkini puxta xatlovdan o‘tkazsin va natijalari bo‘yicha ulardan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin; v) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2019-yil 1-sentabrdan boshlab direktorlar menejerlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga doir majburiy talabni o‘z ichiga olgan direktorlarni sertifikatlashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni, shuningdek, direktor o‘rinbosarlarining mas’uliyatini oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan malaka talablarini qayta ko‘rib chiqsin. 20. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga ushbu qarorga muvofiq tashkil etilayotgan muassasalar va tashkilotlar faoliyati samarali va to‘laqonli tashkil etilishi, ular ishida yuzaga keladigan muammolar o‘z vaqtida hal etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan, shu jumladan Vazirlikning tegishli jamg‘armalariga o‘tkazilishi shart bo‘lgan zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ajratilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga xalq ta’limi tizimi muassasalarining real ehtiyojlari 2019-yil va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga to‘liq kiritilishi, xalq ta’limini, shu jumladan muvaffaqiyatli xalqaro maktab tarmoqlarini rivojlantirish uchun xalqaro grantlar va xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 21. Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni 2018-yilda ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda Vazirlik to‘g‘risidagi nizomni, shu jumladan uning rahbarlari, xodimlari va bo‘linmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini tasdiqlasin; 2018-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida uzluksiz ta’limni ta’minlash sohasida idoralararo hamkorlikning samarali va barqaror mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin. Oldingi tahrirga qarang. 23. Vazirlikning markaziy apparati va “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 2a-uyda joylashtirilsin. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son) 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Respublika ta’lim markazi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis respublika markazi xodimlariga Vazirlikning tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etilsin. 25. Vazirlik Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvahitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 5-sentabr, PQ-3931-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining TAShKILIY TUZILMASI Oldingi tahrirga qarang.
Download 265.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling