II. Ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish
11.
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish,shu jumladan STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) usulini bosqichma-bosqich joriy etish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-dekabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov)
|
12.
|
Jahonning yetakchi mamlakatlariga(SABA, Osiyo va Amerika) safarlar uyushtirgan holda ta’lim sifatini oshirish va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish va umumlashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2021-yil
1-yanvarga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov),
TIV (A. Kamilov)
|
13.
|
O‘quvchilarning bilimlari darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda:
PISA (15-16 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiatshunoslik savodxonligini baholash) o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dasturda;
TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash) maktab matematik va tabiiy-ilmiy ta’lim sifati xalqaro tadqiqotida;
PIRLS(boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish sifati darajasini baholash) o‘qish va matnni tushunish sifati xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etishini ta’minlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev),
XTV (Sh. Shermatov)
|
14.
|
TALIS ta’lim berish va o‘qitish tizimini xalqaro o‘rganishda (maktablarda o‘qituvchilarning mehnat sharoitlari va ta’lim muhitini baholash) O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini ta’minlash.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Toshkenboyev), XTV (Sh. Shermatov)
|
15.
|
Barcha ta’lim muassasalarida mavjud yong‘in xavfsizligi qoidalari, sanitariya me’yorlari, gigiyena normativlari va qoidalari buzilishini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
tasdiqlash —
2018-yil
1-noyabrga qadar
amalga oshirish — 2018 — 2020-yillar
|
XTV (Sh. Shermatov), Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Toshkenboyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov), IIV (P. Bobojonov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
16.
|
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bo‘shayotgan yotoqxonalari negizida umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun oilaviy yotoqxonalar tashkil etish.
|
Hukumat komissiyasi
qarori
|
2018-yil
1-noyabrga qadar
|
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov),
XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)
|
17.
|
Quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olgan,O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK faoliyatini tashkil etish:
nizom (ustav)lar, tuzilmalar va shtat jadvallarinitasdiqlash;
tegishli asbob-uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va internet bilan ta’minlash, Internet tarmog‘iga ulash;
malakali kadrlar bilan to‘ldirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-noyabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov)
|
18.
|
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi gazeta va jurnallar tahririyatlari faoliyatini, shu jumladan adadi, obunasi va sotilishi hamda kelgusida moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va boshqa masalalarni tanqidiy o‘rganishni tashkil qilish. O‘rganish natijalari bo‘yicha mazkur sohada ishlar ahvolini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.
|
Tahliliy ma’lumot
Vazirlar Mahkamasining
qarori
|
2018-yil
1-noyabrga qadar
2018-yil
1-dekabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov), O‘zbekiston Matbuot
va axborot agentligi (L. Tangriyev)
|
19.
|
A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasida rekruting va xalq ta’limi muassasalari rahbarlari va xodimlarini rivojlantirish markazini tashkil etish.
|
Buyruq
|
2018-yil
1-oktabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov)
|
20.
|
Umumta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida ta’qib etish va zo‘rlik qilishni (bullingning) oldini olish va profilaktika qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-dekabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), IIV (P. Bobojonov),
Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)
|
21.
|
Ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
|
Buyruq
|
2018-yil
1-noyabrga qadar
|
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev),
XTV (Sh. Shermatov)
|
|