Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar


III. Xalq ta’limi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish


Download 265.89 Kb.
bet4/7
Sana18.01.2023
Hajmi265.89 Kb.
#1098296
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-3931 05.09.2018

III. Xalq ta’limi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

22.

Interaktiv ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ta’lim portalini tashkil etish:
ta’lim muassasalari elektron ma’lumotlar bazasini;
o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimini (elektron jurnal, kundaligi va tabel) yaratish;
boshqa elektron xizmatlar ko‘rsatish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2018 — 2021-yillarda

XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

23.

Bank va boshqa tizimlar bilan integratsiya qilish imkoniyati bo‘lgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining identifikatsion kartalarini (ID-karta, NFS belgi va boshqalar) joriy etish.

Texnik loyiha

2020-yil
1-yanvarga qadar

XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Umumta’lim muassasalariga homiylik yordami ko‘rsatish va ko‘maklashish bo‘yicha elektron tizim yaratish.
Umumta’lim muassasalariga homiylik yordami ko‘rsatayotgan shaxslarga soliq va boshqa preferensiyal�rni taqdim etish bo‘yicha takliflar kiritish.

Texnik loyiha

Analitik ma’lumot



2018-yil
1-oktabrga qadar
2018-yil
1-noyabrga qadar

XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
DSQ (B. Musayev)

25.

Umumta’lim muassasalari �quvchilariga jismoniy shaxslarning personal identifikatsion raqamini berish bo‘yicha (PIN JSh) chora-tadbirlar ko‘rish.

Tashkiliy-texnik
chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil
1-yanvarga qadar

DPM (N. Turaxodjayev), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
XTV (Sh. Shermatov)

26.

Xalq ta’limi muassasalarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash (tomonlar kelishuviga asosan,yildan-yilga tezlikni oshirishni hisobga olgan holda, tezlikni kamida 10 Mb/sdan kam bo‘lmasligini ta’minlash):
2018-yil iyun oyi oxiriga qadar — respublikava viloyat darajasida;
2019-yil oxiriga qadar — tuman darajasida;
2021-yil oxiriga qadar barcha umumta’lim muassasalarini qamrab olish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2018 — 2021-yillarda

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov), XTV (Sh. Shermatov)

27.

Xalq ta’limi tizimi budjet loyihasini shakllantirish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.
Xalq ta’limini moliyalashtirishkompleks tizimini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan moliyaviy mablag‘larni rejalashtirish, budjetlashtirish, taqsimlash va nazorat qilish.
Jahon banki va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan institutsional rivojlanish loyihasini moliyalashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligini tajriba idorasi sifatida belgilash.

Tashkiliy-texnik
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyunga qadar

XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

28.

2018-yil 1-noyabrdan boshlab eksperiment tartibida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida umumta’lim, shu jumladan nodavlat ta’lim muassasalarini jon boshiga vaucher moliyalashtirish tizimini (“pul o‘quvchidan keyin boradi” tamoyili) joriy etish.

Buyruq

2018-yil
1-noyabrga qadar

XTV (Sh. Shermatov)

29.

Respublikada mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini shakllantirishning amaldagi tartibini tanqidiy tahlil qilish va xalqaro ilg‘or tajribani o‘rganish asosida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, shu jumladan umumiy o‘rta ta’limning jon boshiga vaucher moliyalashtirilishining yangi tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-avgustga qadar

XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

30.

Moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, 2019-2020-yillarda xalq ta’limini boshqarishni avtomatlashtirish va umumta’lim muassasalari axborot tizimlarini kompyuterlashtirilishini yanada joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining
qarori

2019-yil
1-fevralga qadar

XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

31.

Jismoniy va yuridik shaxslarga konsultatsiya berish va murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “ishonch telefoni” negizida “jonli muloqot” ni yo‘lga quyish uchun Call-markaz tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
1-dekabrga qadar

XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi(A. Haydarov)

32.

Umumta’lim muassasalarini tarkibida kul hosil qilish miqdori 17 foizdan oshmagan va kamida 50 mm fraksiyali ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

har yili
1-sentabrga qadar

“O‘zbekko‘mir” AJ
(A. Odilov)


Download 265.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling