Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Download 265.89 Kb.
bet2/7
Sana18.01.2023
Hajmi265.89 Kb.
#1098296
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-3931 05.09.2018

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Til va adabiyot ta’limi”, “Prepodavaniye yazika i literaturi”, “Language and literature teaching” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Ma’rifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyati, “Xalq ta’limi” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati, “Klass” gazetasi tahririyati, “G‘uncha” jurnali tahririyati, “Gulxan” jurnali tahririyati

A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika ta’lim markazi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o‘lkashunoslik markazi, Respublika yoshlar o‘quv markazi, Respublika bolalar kutubxonasi, Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi, Budjetdan tashqari respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari

Aniq fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, Filologiya fanlari chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, Xorijiy tillar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, Turdosh mehnat ta’limi davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, Tabiiy fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlari chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati

“O‘quv ta’lim-ta’minot” Davlat unitar korxonasi, “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” Davlat unitar korxonasi

A.P. Xlebushkina nomidagi 22-son “Mehribonlik” uyi,
“Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya — sport jamiyati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi

Viloyat tasarrufidagi o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, axborot-resurs markazlari

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari

Viloyat tasarrufidagi axborot-resurs markazlari

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari

Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI

LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Xodimlarning cheklangan soni — 140 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qaroriga
3-ILOVA
2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul
ijrochilar


I. Xalq ta’limi sohasida qonunchilikni takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:
o‘qituvchining maqomi, pedagogik faoliyat tamoyillari;
o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
o‘qituvchining qadr-qimmatini himoya qilish kafolatlari, shu jumladan ularning kasb faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilinishini taqiqlash, bunda aybdor shaxslarning javo�garligini kuchaytirish;
ijtimoiy ta’minot va yakka tartibda pedagogik faoliyatni yuritish huquqini mustahkamlash;
o‘zining kasbiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘qituvchilarga assotsiatsiya va boshqa tashkilotlarga birlashish huquqini belgilash;

Qonun

2019-yil
1-fevralga qadar

XTV (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
vazirlik va idoralar

2.

Umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirayotgan (keyingi o‘rinlarda — nodavlat ta’lim muassasasi) yuridik shaxslarning bitiruvchilariga davlat tomonidan belgilangan namunada ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni (guvohnoma, shahodatnoma) berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
10-oktabrga qadar

XTV (Sh. Shermatov), Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Toshkenboyev), O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi
(F. Vaxabova)

3.

Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shu jumladan mazkur tashkilotlar to‘g‘risida namunaviy ustav (nizomni) tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil
1-yanvarga qadar

Ta’lim sifatininazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev),
XTV (Sh. Shermatov).

4.

O‘quvchilarning yillik kontingentidan o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarning iqtidorli va qobiliyatli bolalarini nodavlat ta’lim muassasalariga bepul (grant) asosida o‘qishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shmaqaror

2019-yil
1-yanvarga qadar

XTV (Sh. Shermatov),
O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi(F. Vaxabova)

5.

O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi huzurida nodavlat ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini ochish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-yanvarga qadar

O‘zbekiston ��odavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi(F. Vaxabova)

6.

Farzandlari nodavlat ta’lim muassasalarida bepul (grant) asosida ta’lim olayotgani uchun jismoniy shaxslarning moddiy manfaatdorligi ko‘rinishidagi daromadlari soliqqa tortilmasligi tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.

O‘zgartirishlarni qonunchilikka kiritish

2019-yil
1-yanvarga qadar

Moliya vazirligi (A. Haydarov),
DSQ (B. Musayev), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)

7.

Qayta chop etish muddatlarini uzaytirish, ikki yillik moslashuvni jor�y etish hamda darsliklarni tanlov asosida tanlab olish tartibini bekor qilishni o‘z ichiga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) muassasalari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni chop etish tartibini takomillashtirish.

Buyruq

2018-yil
1-dekabrga qadar

XTV (Sh. Shermatov)

8.

Umumiy ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining
qarori

2019-yil
1-yanvarga qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov),
XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

9.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasining aktiv va passivlarini Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi va Respublika kitob jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-noyabrga qadar

XTV (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi(A. Haydarov)

10.

Umumta’lim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etishning yangi tartibini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi umumiy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining
qarori

2018-yil
1-noyabrga qadar

XTV
(Sh. Shermatov)


Download 265.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling