V. Umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash
37.
|
Quyidagilar orqali “Zamonaviy maktab” davlat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:
ishlab chiqilgan na�unaviy loyihalar asosida ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil turlaridan foydalangan holdazamonaviy maktablar qurish;
maktablarni yangi ergonomik mebel, zamonaviy o‘quv va laborator asbob-uskunalar, o‘quv va o‘quv-metodik materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, shu jumladan o‘quv xonalarni videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Qurilish vazirligi
(A. To‘xtayev), Moliya vazirligi
(A. Haydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)
|
38.
|
2020 — 2022-yillarda umumta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli Dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish:
xalq ta’limi tizimini rekonstruksiya qilish, kapital vajoriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, yo‘llarni munosib holatda saqlash;
xalq ta’limi muassasalari tizimini elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil etish;
xalq ta’limi tizimi muassasalarini yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
Vazirlar Mahkamasining
qarori
|
2019-yil
1-martga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Qurilish vazirligi
(A. To‘xtayev), Moliya vazirligi
(A. Haydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi
|
39.
|
Uzoq hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari filiallarini xatlovdan o‘tkazish, natijasi bo‘yicha umumta’lim muassasalari filiallari o‘quvchilarini asosiy binolariga olib kelish (autsorsing asosida yoki maxsus avtobus sotib olish yo‘li bilan) yoki ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-martga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov), “O‘zavtosanoat” AJ
(Sh. Umurzakov)
|
40.
|
Eksperiment tariqasida aralash moliyalashtirish mexanizmlarini qo‘llash orqali, alohida umumta’lim muassasalarini isitish va yoritish tizimlarini kompleks ta’mirlash.
|
Vazirlar Mahkamasining
qarori
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
(M. Saliyev), “NEK” AJ (D. Muratov), XTV
(Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(A. Haydarov)
|
41.
|
Umumta’lim muassasaning mikro hududiga kiritilmagan o‘quv muassasalarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish yoki o‘qishni ko‘chirishda qo‘shimcha to‘lov joriy qilish orqali umumta’lim muassasalarining budjetdan tashqari manbalarini moliyalashtirishni kengaytirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-martga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov)
|
42.
|
“Barkamol avlod” bolalar markazlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda:
2019 — 2025-yillarda markazlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, zarur asboblar va anjomlar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlash;
tizimli asosda o‘quvchilar uchun sayyohlik turlarni tashkil etish maqsadida har bir hududda 100 — 150 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalarini” tashkil qilish;
“Barkamol avlod” bolalar markazlari “to‘garaklari” metodistlari va rahbarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishn itashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-iyulga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
|