T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddatlari
|
Mas’ul
ijrochilar
|
I. Xalq ta’limi sohasida qonunchilikni takomillashtirish
|
1.
|
O‘zbekiston Respublikasining “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:
o‘qituvchining maqomi, pedagogik faoliyat tamoyillari;
o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
o‘qituvchining qadr-qimmatini himoya qilish kafolatlari, shu jumladan ularning kasb faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilinishini taqiqlash, bunda aybdor shaxslarning javo�garligini kuchaytirish;
ijtimoiy ta’minot va yakka tartibda pedagogik faoliyatni yuritish huquqini mustahkamlash;
o‘zining kasbiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘qituvchilarga assotsiatsiya va boshqa tashkilotlarga birlashish huquqini belgilash;
|
Qonun
|
2019-yil
1-fevralga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
vazirlik va idoralar
|
2.
|
Umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirayotgan (keyingi o‘rinlarda — nodavlat ta’lim muassasasi) yuridik shaxslarning bitiruvchilariga davlat tomonidan belgilangan namunada ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni (guvohnoma, shahodatnoma) berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2018-yil
10-oktabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov), Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Toshkenboyev), O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi
(F. Vaxabova)
|
3.
|
Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shu jumladan mazkur tashkilotlar to‘g‘risida namunaviy ustav (nizomni) tasdiqlash.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
Ta’lim sifatininazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev),
XTV (Sh. Shermatov).
|
4.
|
O‘quvchilarning yillik kontingentidan o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarning iqtidorli va qobiliyatli bolalarini nodavlat ta’lim muassasalariga bepul (grant) asosida o‘qishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Qo‘shmaqaror
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov),
O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi(F. Vaxabova)
|
5.
|
O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi huzurida nodavlat ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini ochish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
O‘zbekiston ��odavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi(F. Vaxabova)
|
6.
|
Farzandlari nodavlat ta’lim muassasalarida bepul (grant) asosida ta’lim olayotgani uchun jismoniy shaxslarning moddiy manfaatdorligi ko‘rinishidagi daromadlari soliqqa tortilmasligi tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.
|
O‘zgartirishlarni qonunchilikka kiritish
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
DSQ (B. Musayev), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)
|
7.
|
Qayta chop etish muddatlarini uzaytirish, ikki yillik moslashuvni jor�y etish hamda darsliklarni tanlov asosida tanlab olish tartibini bekor qilishni o‘z ichiga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) muassasalari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni chop etish tartibini takomillashtirish.
|
Buyruq
|
2018-yil
1-dekabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov)
|
8.
|
Umumiy ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasining
qarori
|
2019-yil
1-yanvarga qadar
|
Adliya vazirligi (R. Davletov),
XTV (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
|
9.
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasining aktiv va passivlarini Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi va Respublika kitob jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2018-yil
1-noyabrga qadar
|
XTV (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi(A. Haydarov)
|
10.
|
Umumta’lim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etishning yangi tartibini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi umumiy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasining
qarori
|
2018-yil
1-noyabrga qadar
|
XTV
(Sh. Shermatov)
|
|