Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


O‘ZBEKISTON PREZIDENTI MINTAQAVIY SHERIKLIK KUN


Download 437.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana24.02.2023
Hajmi437.71 Kb.
#1227453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
LO41438372

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI MINTAQAVIY SHERIKLIK KUN
TARTIBINI ILGARI SURISHDA BMT TUZILMALARI BILAN SAMARALI
HAMKORLIKNI QAYD ETDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy
Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari
lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda konstruktiv muloqot va ko‘p qirrali
hamkorlikni rivojlantirish masalalarida BMTning Mintaqaviy markazi va boshqa
tuzilmalari bilan samarali hamkorlik qilinayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd
etdi.
Keyingi bir necha yilda mamlakatimiz tashabbusi bilan va butun xalqaro
hamjamiyat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan
holda
Bosh
assambleyaning
mintaqadagi sheriklikning eng dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan to‘rtta rezolyutsiyasi
qabul qilindi.


Markazning bevosita ishtirokida O‘zbekistonda bir qator yirik xalqaro forum va
uchrashuvlar birgalikda tashkil etildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo yetakchi
ayollarining muloqoti va Yoshlar uchun preventiv diplomatiya akademiyasi
platformalari ishga tushirildi.
Natalya German O‘zbekiston Prezidentiga mintaqada do‘stlik, yaxshi
qo‘shnichilik
va
ishonch
muhitini
mustahkamlash,
amaliy
hamkorlikni
kengaytirishga xizmat qilgan muhim tashabbuslari uchun chuqur minnatdorlik
bildirdi.
BMTning yuqori darajali vakili o‘zining yangi - Birlashgan Millatlar Xavfsizlik
kengashining Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi Ijroiya tuzilmasi rahbari
lavozimida O‘zbekiston bilan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash
borasidagi yaqin hamkorlik bundan buyon ham davom etishiga ko‘maklashishini
ta’kidladi.

Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling