Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug‘ bo‘lgan


Download 437.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana24.02.2023
Hajmi437.71 Kb.
#1227453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
LO41438372

Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug‘ bo‘lgan
diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natijalardir. Biz
bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga
qo‘ygan katta-katta marralarga albatta erishamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mehmonlar!
Hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni
boshidan kechirmoqda. Yer yuzida iqlimning keskin o‘zgarishi, suv va boshqa tabiiy
resurslar kamayishi bilan bog‘liq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.
Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va
mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.
Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayapti.
Qoraqalpog‘istonda shu yil yoz oyida sodir bo‘lgan noxush voqealar butun el-
yurtimizni qattiq qayg‘uga soldi. Xudoga shukur, ko‘p millatli xalqimizning oqilligi
va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.
Biz uchun “Qoraqalpog‘istonning yutug‘i – butun O‘zbekistonning yutug‘i,
Qoraqalpog‘istonning tashvishi – butun O‘zbekistonning tashvishi” degan g‘oya


hamisha amaliy harakat dasturi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib
qoladi.
Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi
O‘zbekistonda
har
tomonlama
rivojlangan,
obod
va
farovon
Yangi
Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir.
Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir bo‘lib ketgan xalqlarimiz do‘stligiga hech
qanday kuch ta’sir ko‘rsata olmaydi. Chunki bizning o‘tmishimiz bir, bugunimiz ham,
kelajagimiz ham bir.
Biz jonajon Vatanimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashga
har tomonlama qodirmiz. Tinch va osoyishta hayotimizni asrab, mustaqilligimizni

Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling