2023-yil 22-fevral
1/03-22-son
Oliy taʼlim muassasalari
rektorlari va filiallar
direktorlariga
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 9-sentyabrdagi 301-sonli
buyrugʻiga asosan, 2022/2023-oʻquv yilining yigirma uchinchi haftasida
oʻtkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashgʻulotlari materiallari ilovaga
muvofiq yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur hafta davomida oʻtkaziladigan “Axborot va
murabbiylik soati” mashgʻulotlarini “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi”
mavzusida yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlashingiz soʻraladi.
“Axborot va murabbiylik soati” 3 bosqichdan iborat boʻladi.
1-bosqich (20 daqiqa). Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar
bilan qisqacha tanishish. Mazkur masala boʻyicha matn har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan
dars oʻtiladigan kundan bir kun avval tayyorlanadi.
2-bosqich (20 daqiqa). Axborot soati mavzusini yoritish. Bu bosqich ilovada berilgan
mavzu matni asosida oʻtkaziladi.
3-bosqich (20 daqiqa). Badiiy adabiyotlar bilan tanishish bosqichi. Mazkur bosqichda
albatta shu oy uchun moʻljallangan kitob haqida qisqacha maʼlumot berilishi lozim.
Dars oʻtish haftasidagi vaziyatga qarab mavzular oliy taʼlim muassasalari tomonidan
oʻzgartirilishi yoki boyitilishi mumkin.
Ilova: ___ bet.
Markaz direktori
F.Farhodov
Ijrochi:M.Turobov
Tel.: (71) 246-95-43
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA МАХSUS ТАʼLIM
VAZIRLIGI HUZURIDAGI
“MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT”
MARKAZI
“SPIRITUALITY AND
EDUCATIONAL” CENTRE UNDER THE
HIGH AND SECONDARY MINISTRY OF
EDUCATION THE
Do'stlaringiz bilan baham: |