Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1039319
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
393 20.06.2017

apreldagi 360-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 
09/19/360/3030-son) 
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma 
nusxalari;
pasportning nusxasi. 
18. Talabalar o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
ushbu Nizomning 
6-bandida 
ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ariza ko‘rib chiqilib, oliy ta’lim 
muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan 
ma’lum qilinadi; 
ushbu Nizomning 
7-bandida 
ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar tegishli vazirlik (idora) 
tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lum qilinadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ushbu Nizomning 
8-bandida 
ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar Davlat komissiyasi 
tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 
09/19/360/3030-son) 
Nizomning 
7-bandida 
ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal 
etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Nizomning 
8-bandida 
ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal 
etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi. 
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 
09/19/360/3030-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
19. Tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining xati asosida oliy ta’lim muassasasi 
rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim 
muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini 
jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son) 
20. So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi 
rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrug‘i asosida uch kun muddatda talabaning 


shaxsiy yig‘ma jildi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi 
yoki ariza bilan o‘qishi ko‘chirilgan talabaga beriladi. 
Shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar va 
mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash) oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan 
va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma talabani o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim 
muassasasiga jo‘natiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan talabaning maqsadli qabul asosida o‘qiyotganligi o‘qib 
turgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tekshiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida 
o‘qiyotganligi aniqlangan taqdirda so‘rovnoma yuborgan oliy ta’lim muassasasiga hamda talabaga 
mazkur talabaning o‘qishi ko‘chirilishi mumkin emasligi to‘g‘risida uch kun muddatda tegishli xat 
yo‘llanadi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling