Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1039319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
393 20.06.2017



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR 
O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH 
TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq 
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va 
o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror 
qiladi: 
1. Quyidagilar: 
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi 
to‘g‘risida Nizom 
1-ilovaga
 muvofiq; 
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom 
2-ilovaga
 muvofiq; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan 
chetlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom 
3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin; 
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 
09/19/360/3030-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli 
qaroriga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-
y., 09/19/360/3030-son) 
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul 
qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son 
qarori
(“O‘zbekiston Respublikasi 
QHT”, 2010-yil, 24-25-son, 195-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga 
yuklansin. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling