Oliy ta’lim muassasasida bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagog-o‘qituvchining
Download 25.64 Kb.
|
Oliy ta’lim muassasasida bo‘lajak muhandislarning kreativlik qob-fayllar.org
Annotation
This article presents the role and tasks of the pedagogue-teacher in the development of creativity skills of future engineers. Due to the lack of creative qualities of the teacher, future engineers have interesting, new and wonderful ideas, but they are slow to express them. Nowadays, the ability to think creatively is necessary not only for future engineers, but also for the future of every country. Key words: Future engineer, creativity, creativity, creative abilities, creative individuality, creative teacher, pedagogical cooperation. Jahonda kasbiy yetuk, intellektual salohiyatli hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim muammolari masalalari bo‘yicha butunjahon Forumida qabul qilingan 2030 yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyada “...Barcha uchun butun hayoti davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish...”[1] ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu bo‘lajak muhandislarning kreativligini (ijodkorligini) yanada rivojlantirish orqali uni amaliyotda qo‘llashning yo‘naltirilgan integratsion tizimning pedagogik jarayonlarini kengaytirishni taqozo qiladi. Shu tufayli bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari hamda zamonaviy tashkiliy tuzilmalarning birligi ta’minlanadi. Bugungi kunda jamiyatning ilg‘or rivojlanishini ma’lum darajada sekinlashtiradigan muhim muammo - bu shaxs va o‘qituvchi- bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini faollashtirish muammosidir Ayni paytda, bu muammo nafaqat o‘zbek olimlarini qiziqtiradi. Bugungi kunda bu borada ko‘plab xorijiy tadqiqotchilar faoliyat olib borishmoqda. Bo‘lajak muhandislarning kreativlik salohiyati bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas aloqadordir. Mashhur amerikalik psixolog E.Fromm ijodkorlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Bu hayratga tushish va o‘rganish qobiliyati, nostandart vaziyatlarda yechim topa olish qobiliyati, bu yangi narsani kashf etishga e’tibor qaratishdir. O‘z tajribasini chuqur anglash qobiliyati”[2]. Ijodkorlik tushunchasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish bo‘yicha bo‘lajak muhandislarning faoliyati bo‘lib, ularning mehnatlarini samarasi, yangi, o‘ziga xos, ijtimoiy ahamiyatga ega natijalar hisoblanadi. Ijodkorlik bo‘lajak muhandisning zaruriy va muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida qobiliyatga ega ekanligini nazarda tutadi. Ular bilim, ko‘nikmalar bilan cheklanmaydi, ammo ularning rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Inson faoliyatining xilma-xilligi turli xil qobiliyatlarning mavjudligini oldindan belgilab beradi. G.X.Kadirovaning ta’kidlashicha “kreativlik” va “ijodkorlik” tushunchalarining ma’lum bir o‘xshashligi va yaqinligiga qaramay, ular bir xil emas. Ushbu tushunchalarni ajratish uchun ijodkorlik psixologiyasi tadqiqotchilari ikkita xususiyatdan foydalanishni tavsiya etadilar: jarayonga asoslangan (ijodkorlikni ko‘rsatish uchun) va subyektiv-shartli (kreativlikni ko‘rsatish uchun). Binobarin, ijodkorlik deganda ma’lum bir o‘ziga xos xususiyatga ega va yangisini yaratishga olib keladigan shaxs tomonidan amalga oshiriladigan va ijodkorlik shaxsning ichki potensiali, manbai bo‘lgan jarayon sifatida tushuniladi[3]. Ijodkorlik deganda belgilangan natijaga erishish jarayonida bo‘lajak muhandis o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradigan va o‘zi rivojlanadigan faoliyat tushuniladi. E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: - muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; - farazni tekshirish va o‘zgartirish; - qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; - muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirilib va rivojlantirilib boriladi[4]. Oliy ta’limda kreativ o‘qituvchi bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlari, ijodiy qobiliyatlari va ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qodir shaxs hisoblanadi. Bo‘lajak muhandisda kreativlik qobiliyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar faqatgina ko‘ngilochar xarakterdagi topshiriq, mashq yoki vazifalardan iborat bo‘lib qolishi kerak emas. Balki, bo‘lajak muhandislarga beriladigan barcha topshiriq, mashq va vazifalar mavjud davlat ta’lim standartlarga mos kelishi, bo‘lajak muhandislarga bilim, ko‘nikma va malakalarini to‘laqonli namoyish qila olish imkoniyatini yaratishi zarur. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchilar bo‘lajak muhandislarni asta-sekin mas’uliyatdan ozod qilish orqali mustaqil ta’lim olishga rag‘bat bildiradigan shaxs bo‘lishlariga erisha olishlari lozim. Bo‘lajak muhandislarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning zaruriy sharti avvalombor pedagoglarning kreativlik potensialga egaligiga bog‘liq ekan. Ayniqsa, bo‘lajak muhandisni ijodiy faoliyatining dastlabki sharti va natijasi ham o‘qituvchining kreativ kompitentlikka egaligidir. Bugungi zamonaviy jamiyatda ta’lim faoliyatining ijod va ijodkorlik muammolariga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu shaxsiyatni rivojlantirishda shaxsning o‘zini o‘zi anglashi uchun ijodiy fikrlashni rivojlantirishning obektiv va ijtimoiy faoliyatdagi imkoniyatlari, bo‘lajak muhandislarda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yechim topa olish, samarali harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish zarurati bilan bog‘liq. Bo‘lajak muhandislarning ijodiy faolligini oshirishni yangicha yondashuvlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, uning samarali rivojlanishi uchun qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratilishi bilan bog‘liq. Bo‘lajak muhandislarning shaxsiy moyilliklari va boshqa qobiliyatlarini, xatti-harakatlarning yangi shakllariga, yangi shaxsiy fazilatlarga aylantirish qobiliyatining rivojlanishida namoyon bo‘ladigan qobiliyatga ijodiy individuallik deb ataymiz. U yangi shartlarga muvofiq xatti-harakatlar, mavjud ko‘nikma va qobiliyatlarni ilgari notanish bo‘lgan yangi faoliyatga o‘tkazish bilan rivojlanib boradi. Ijodiy individuallik faoliyati bo‘lajak muhandislar bir-birlaridan farqli ravishda o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishda, shuningdek, ularning o‘z ustida ishlashida va o‘z-o‘zini nazorat qilishida ijodkorlik qobiliyati paydo bo‘ladi. Shu sifat insonga mustaqil, faol ijodiy harakat qilish, o‘z hayotini va boshqa odamlar hayotini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Ma’lumki, bo‘lajak muhandislarning ta’lim-tarbiya jarayonida yetakchi omillardan biri o‘qituvchining pedagogik ta’siri ekanligini e’tiborga olsak, ijodkor, yangicha kasbiy qiyofadagi o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan talab har qachongidan muhim va dolzarbdir. B.X.Raximovning ko‘rsatishicha, Rayhon Beruniyning o‘qituvchi faoliyatiga bergan izohida ham ko‘rish mumkin.Beruniy yoshlarni o‘qitish uchun o‘qituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun o‘qituvchi xushmuomala, rostgo‘y, o‘z fanini va o‘qitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza yurish va turishda namuna bo‘lishi kerakligini talab etadi. Agar,- deydi Beruniy,-tarbiyachining o‘zi o‘rnak bo‘lmasa, aytgan gapiga o‘zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir[5]. Bo‘lajak muhandislar o‘rtasida ijodkorlik va shaxslararo munosabatlarni shakllantirish jarayonini faollashtiradigan yana bir nuqta - bu faollikni rag‘batlantirish va muhokama qilish. To‘g‘ri tashkil etilgan muhokama faol bo‘lajak muhandislar ham, beqaror yoki o‘zini past baholaydigan tortinchoq talabalar uchun ham o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi usullar bo‘lajak muhandislar uchun mos keladi, boshqalari uchun esa mos kelmaydi. A.V.Xutorskiyning fikricha, “o‘qituvchi o‘z talabalarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish yo‘lini tanlashda erkin bo‘lishi kerak. Ijodkorlikning namoyon bo‘lishida har bir talabaning o‘zini o‘zi qadrlashi va hurmatini qo‘llab-quvvatlaydi va yaxshilaydi. Talabalarning ijodiy jarayondagi muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirmaslik mumkin emas, bundan tashqari, ijodiy vazifalarni bajarishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklarga e’tibor qaratmaslik kerak. Shaxsning xatolari jazolash yoki masxara qilish uchun emas, balki u to‘plagan tajriba sifatida ko‘rib chiqilishi kerak ” deb ta’kidlagan[6]. Auditoriyadagi muhit so‘z erkinligini ta’minlashi kerak. Bo‘lajak muhandislar bilishlari kerakki, ularning ijodiy jarayondagi ishtiroki mamnuniyat bilan qabul qilinadi va qadrlanadi. O‘qituvchining yetakchi roli - birgalikda ijod qilishga chaqirish, uni tashkil etish, rivojlanishi uchun sharoit yaratishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak muhandislar va o‘qituvchilarning birgalikdagi ijodini tashkil etish uchun o‘quv jarayonining umumiy evristik yo‘nalishi zarur, bu esa izlanish va ijodiy vazifalar repertuarining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Tanlash imkoniyatini ta’minlash va pedagogik hamkorlikning psixologik muhitini yaratish. Bo‘lajak muhandislardan o‘quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko‘plab yangi noodatiy g‘oyalarga tayanishni ijodiy fikrlash talab etadi. Ya’ni, bo‘lajak muhandis topshiriqni yoki masalani yechishda yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). Shunga asoslanib aytish mumkinki, kreativlik qobiliyati bo‘lajak muhandislarning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi, ya’ni kreativlik shaxsni yaxlit yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Ijodiy topshiriqlar bo‘lajak muhandislarning individual xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak. Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi va bo‘lajak muhandis o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning barcha shakllari namoyon bo‘ladi. Agar birgalikda ijod qilish jamoaviy ijodning bir turi bo‘lsa, u jamoaviy faoliyatning umumiy talablariga javob berishi kerak. Bo‘lajak muhandislarning kreativ salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish samaradorligi qator pedagogik talablar bilan vositalangan. Chunonchi, shakllantirish subyekti (o‘qituvchi) o‘zaro ta’sirni, ta’lim oluvchi haqida shaxsiy g‘amxo‘rlikni ifoda qilish, jamoaviy empatiyani, hamkechinmalik (hamdardlik), o‘zaro moyillikni, ochiqlikni, “aql o‘rgatish”dan, o‘z fikrini ta’dim oluchiga majburlab singdirishdan o‘zini tiyish, psixologik tajribani, ta’lim oluvchiga ishonch, o‘zi va ta’lim oluvchi o‘rtasida optimal psixologik masofani saqlay olish, xayrixohlik, ta’lim oluvchiga o‘zini o‘zi takomillashtirishga ishonch va qat’iyat baxsh eta olish kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim, shuningdek bo‘lajak muhandislarning ijodiy jarayonini bo‘ysundirishni amalga oshirishi kerak. Agar bu bo‘lajak muhandislar ijodiy faol bo‘lmasa, unda kollektivlik yaratilmaydi. V.A.Kan-Kalik o‘z tadqiqotlarida ta’kidlaganidek, agar bu jarayonda quyidagi fikrlar mavjud bo‘lsa, o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi ijodi samarali bo‘ladi: - talabalarning yorqin, qiziqarli va istiqbolli birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi; - o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi psixologik tenglik sharoitida optimal yechimlar variantlarini izlash; -birgalikda ijod qilish jarayonida ilgari surilgan muammoga turlicha yondashuvlarni hurmat qilish; - fikr,ish uslublarining ijodiy almashinuvini tashkil etish; -hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatish; -muammoni muhokama qilishning dialogik jarayoni; -talaba shaxsini ijodda o‘zini namoyon qilish imkoniyatini ta’minlash[7]. Yuqorida aytilganlarning barchasini ijodiy kollegiallik deb atashimiz mumkin. A.J.Rouning fikriga ko‘ra, kreativ qarashlar jamoa bo‘lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi deb ta’kidlagan[8]. O.Musurmonova “Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, talabaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs ta’lim-tarbiya samaradorligini va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi”, – deb ta’kidlaydi o‘zining pedagogik mulohazalarida[9]. Mehribonlik, ishonch, hamdardlik, hurmat muhitida bo‘lajak muhandis o‘zining kreativlik qobiliyatlarini to‘liq ochib berishga intiladi va yanada murakkab ijodiy muammolarni hal qilishga o‘tishga harakat qiladi. O‘qituvchining bo‘lajak muhandisning bilim kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi uni qo‘llab-quvvatlaydi, stressni yengillashtiradi, kreativlik qobiliyatlarini safarbar etishga yordam beradi. Pol Torrens o‘z tadqiqotlarida kreativlikni tafakkur terminlarida ta’riflab, ijodiy tafakkurni “qiyinchiliklar, muammolar, axborotdagi kamchiliklarni his qilish; shu kamchiliklarning gipotezalar tuzilmasi, ularni tekshirish va nihoyat natijalarni umumiylashtirish” sifatida tavsiflaydi[1010]. Ijod muammolarini o‘rganishda ijodiy faoliyatning nozik tomonlariga e’tibor qaratib, ijodkorlik mahorati shaxsning barcha psixologik tuzilmalariga ta’sir qilishi va xulq-atvor nazorati keskin kamayishi mumkin bo‘lgan holatlar bilan bog‘liq; shuning uchun ijodiy jarayonning bosqichlari nafaqat bo‘lajak muhandisning ba’zi harakatlarini, balki butun psixikasining turli holatlari hisoblanadi. Shunday qilib, bo‘lajak muhandis va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot jarayonida birgalikda ijod qilish shaxsan muhim darajada davom etishi kerak, keyin esa o‘qitish shaxslararo xususiyatga ega bo‘ladi. Bu holda o‘quv jarayoni bo‘lajak muhandis va o‘qituvchi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yo‘q qilishga olib keladi, bunda munosabatlarning ikkala subyekti o‘zaro boyib boradi. Tadqiqot faoliyatini rivojlantirish ijodiy salohiyatni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘lajak muhandislarning shaxsiy o‘sishi, o‘zini kashf etishi va rivojlanishi, ijodiy faoliyatning to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishining zaruriy shartidir. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikni tashkil etish bo‘yicha ko‘plab tavsiyalar mavjud bo‘lib, ular o‘qituvchining pedagogik mahoratiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini oshirishi mumkin. So‘zning keng ma’nosida ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik - bu uning ishtirokchilarini bilim va individual ko‘nikmalar bilan tanishtirishning turli shakllari. Trening yordamida hal qilinadigan vazifalar doirasi juda keng va xilma-xil bo‘lsa-da va shunga mos ravishda uning shakllari ham xilma-xil bo‘lsa-da, ularning majmuasini ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: - maxsus ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, masalan, yetakchilik qobiliyati, munozara, ijodiy muammoni, murakkab muammoni hal qilish va hokazo.; - muloqot vaziyatlarini tahlil qilish tajribasini chuqurlashtirishga qaratilgan. Ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik usullarini qo‘llashda asosiy e’tibor faol o‘quv vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, ular orasida o‘yinlar, o‘z nuqtai nazarini ifodalash, boshqalarni tinglash qobiliyati va guruhdagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini joriy etish muhim o‘rin tutadi. Bularning barchasi ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikda ishtirokchilarining kreativ qobiliyatini faollashtirish, tashabbuskorligi namoyon bo‘lishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Bu yerda yechim izlayotganda xato qilish qo‘rqinchli emas, chunki xato salbiy amaliy oqibatlarga olib kelmaydi. Ijodiy faoliyat jarayonida o‘qituvchi yuzaga keladigan bo‘lajak muhandisning his-tuyg‘ulariga e’tiborini qaratadi. Bo‘lajak muhandis voqea hodisalarga o‘zining mustaqil haqiqiy munosabatini bildirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan sharoitda unga hech qanday ijodkorlik haqida gapirishning hojati yo‘q. Pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratishi, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatlarga egaligi uning kreativligini belgilovchi asosiy mezonlardir. Bu mezonlar o‘qituvchilarning o‘zini-o‘zi ijodiy namoyon qila olish layoqatiga egaligi va unga tayyorgarlik darajasini ham ifodalaydi. Pedagog-o‘qituvchining kreativ ijodkorligida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalarni yaratish mujassamlashgan bo‘lib, u o‘zining mustaqil g‘oyalari va takliflari bilan chiqadi va bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Y.A.Klimovning fikriga ko‘ra, pedagoglik kasbi “inson-inson” tipidagi mutaxassisliklar qatoriga kiradi va bunday kasb egasi quyidagi xususiyat va qobiliyatlarni egallagan bo‘lishi kerak: boshqarish, o‘qitish, tarbiyalay olish; boshqa odamni tinglay olish va tushunish; onglilik, keng bilim va saviyaga egalik, nutq madaniyatini egallaganlik; kishilarga nisbatan hushyor, ularning ruhiy olamini ko‘z oldiga keltira oladigan; talabani kelajakda yaxshi odam bo‘lib ulg‘ayishiga ishonuvchi; qayg‘udosh, boshqaning tashvishlariga sherik bo‘la oladigan; kuzatuvchanlik qobiliyatiga ega; xalq, jamiyat ishiga sodiq; o‘zgacha vaziyatlarda ham muammoning yechimini topa oladigan; o‘zini tuta bilish qobiliyati deb hisoblagan[11]. Mamlakatimizda “kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida”[12] olib boriladi. Ayniqsa, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, insoniy qadr–qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Pedagog - o‘qituvchining bilimi, pedagogik mahorati, qizg‘in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini va ma’naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyatdagi global o‘zgarishlar, texnik va texnologik taraqqiyot, dunyoviy fanlardagi o‘zgarishlar va yangiliklar uning sharafli mehnatiga ta’sir qiladi. Buning uchun ijodkorlik talab etiladi. Ijodkorlik esa faqat qizg‘in mehnat tufayli sodir bo‘ladigan faoliyat shaklidir. Yuqorida keltirilgan pedagog-o‘qituvchining pedagogik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi umumbashariy qadriyatlar o‘qituvchining qizg‘in mehnati evaziga shakllanib boradi va o‘qituvchi uchun bugungi kunda ham eng muhim ahamiyatga ega. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, o‘qituvchilik kasbi sohiblariga to‘g‘ri kelmaydigan xususiyatlar: tili chuchuk yoki yaxshi gapira olmaslik, odamovi, mug‘ombir-ichi qora, o‘zi bilan o‘zi ovora, muloqotga kirisholmaydigan, jismoniy nuqsonli, tepsa-tebranmas (tanbal), birovning dardiga befarq, g‘arazgo‘ylik kabilardir.
Download 25.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling