Oliy ta’lim vazirligi uchun takliflar


Download 16.17 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1096016
Bog'liq
takliflar111


Oliy ta’lim vazirligi uchun takliflar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limdagi klassifikatordagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari sonini qisqartirish hamda rivojlangan xorijiy OTMlar klassifikatorlariga moslashtirish.

  2. Klassifikatorda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha Respublikada yagona tayanch OTM belgilash (Masalan, 60612100- Kiberxavfsizlik injiniringi ta’lim yo‘nalishi uchun TATU tayanch bo‘lsin).

  3. OTM professor-o‘qituvchilarining 3 yilda 1 marta soha korxonasida belgilangan muddatda (kamida 3 oy tavsiya etiladi) malaka oshirishlarini belgilab qo‘yish, bunda hozirgi mavjud malaka oshirish markazlarida o‘qitilayotgan oliy ta’lim muassasalari o‘quv me’yoriy hujjatlari, axborot texnologiyalari, xorijiy OTM tajribalari va boshqa pedagogik texnologiyalarni kurs sifatida o‘qitish tizimini joriy qilish.

  4. Vazirlik tasarrufida saralangan o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari mujassamlashgan aqlli platfoma yaratish (Springer tizimi misoli sifatida).

  5. Talabalar umumiy fanlarni o‘qiganidan so‘ng, qiziqishlariga qarab ta’lim yo‘nalishlarini tanlab fanlar ketma-ketligi bo‘yicha majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtiradilar. Talaba ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirishi bitta ariza bilan (elektron), boshqa fanlar ketma-ketligi bo‘yicha tahsil olishi bilan amalga oshiriladi. Talabalar uchun KURS tushunchasi bo‘lmaydi, fanlar hamda professor-o‘qituvchi kesimida guruh shakllantiriladi.

  6. Talabalar tanlamagan ta’lim yo‘nalishlari, fanlar, professor-o‘qituvchilar o‘z-o‘zidan yangilab boriladi. Talaba – buyurtmachi va Universitet zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy fanlar, va mos ravishda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirib berishi kerak bo‘ladi.


DTM uchun takliflar:

  1. Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonida maktab davridagi fanlari bo‘yicha olingan baholarni kirish imtihonlarida hisobga olish va taʼlim muassasasi milliy reytingiga qarab tavsiya qilish va kirish imtihonlarini tashkil qilishni oliy taʼlim muassasasining vakolatiga o‘tkazish.

  2. Chet tilini bilish darajasini aniqlashda koʼp darajali (А1, А2, B1, B2, C1) imtihon topshirish tizimini joriy qilish. Hozirgi tizim bo‘yicha faqat (B1, B2, C1) sertifikatlari beriladi.

  3. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab magistratura va doktoranturaga talabgorlarning tanlovda ishtirok etishlari uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etilsin, ammo sertifikat ballari inobatga olinmagan holda kirish ballari mutaxassislik fanlaridan olingan imtixon natijalari bo‘yicha aniqlansin.

  4. Qabul rus, o‘zbek, ingliz tillarida fakultetlar uchun mos ravishda 4ta yo‘nalishga qabul qilinadi. Bir xil savollar 3 tilda tayyorlanib, talaba tanlagan ta’lim tili bo‘yicha imtixon vaqtida beriladi. Imtixonni imkon qadar yozma shaklga o‘tkazib, 2 marta imtixon olinadi. Talabalar qaysi tilda topshirganidan qat’iy nazar yig‘ilgan ballarga nisbatan saralanadi (ya’ni talabalarni qabul chegarasi 3 til uchun bitta, kvota umumiy bo‘ladi). Ingliz tilini qo‘shilgani bilan xalqaro talabalarning ham universitetga topshirish imkoni yaratiladi. Ta’lim tili topshirgan talabalarning kontingentiga qarab shakllantiriladi.

Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling