Oliy ta’limda to‘rt yil o‘qitish kerak


Download 16.45 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi16.45 Kb.
#1698958
Bog'liq
YANGILIKLAR


Universitetda 4 yil o'qish shartmi?
O‘zi "Oliy ta’limda to‘rt yil o‘qitish kerak" degan tushuncha sovet davridan qolgan sarqit deb bilaman, chunki hozirgi internet asrida bir insonga ma’lumot berish uchun uni bir joyda to‘rt yil ushlab turish g‘irt ahmoqlik deb bilaman.
Oliy ta’lim maksimal tarzda bilim olishga qulay bo‘lishi kerak, tibbiyot sohasidan boshqa har qanday sohada mutaxassislikka oid informatsiyani uch yilda to‘liq yetkazib berish mumkin.
✔️ Buni tushunib yetish uchun juda katta aql ham kerak emas o‘zi, faqat shu oliy ta’limga progressiv fikrlaydigan, zamonga mos tarzda javob qaytara oladigan rahbarlar kerak.
Siz qanday fikrdasiz? Sizning yo'nalishingizda bakalavr darajasi uchun 3 yil yetarli bo'ladimi?
000000000000000000000000000000
medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi
2024/2025-o‘quv yilidan barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
1️⃣-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;
2️⃣-bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi

✔️ Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.


Rasman: endi tibbiyot OTMlarida talabalardan robot-simulyatorlar imtihon oladi
2023/2024-o‘quv yilidan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi
Shuningdek, keyingi yildan boshlab tibbiyot OTMlarini tugayotgan talabalar shifokor bo'lib ishlash uchun ham imtihon topshiradi.
0000000000000000000000000000000000000000000000000
Qaysi fanlardan qachon milliy sertifikat imtihoni bo‘ladi?
✅ O‘zbek tili va adabiyoti — 29-oktyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 16-oktyabrgacha);
✅ Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);
✅ Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);
✅ Biologiya — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);
✅ Tarix — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari)
✅ Fizika — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari);
✅ Matematika — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);
✅ Geografiya — 2024-yil yanvar oyida;
✅ Kimyo — 2024-yil yanvar oyida imtihon bo‘ladi.
000000000000000000000000000
Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi
📄 Bunga oid hukumat qarori qabul qilindi (
Qarorga koʻra, shu yildan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.
Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.
Download 16.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling